1 sh.b. = 4210,35 so'm
Talablarga
mos aloqa operatori

«Аllplay» mobil televideniyesi

Sevimli ko‘rsatuv, film va seriallaringizni Allplay ilovasi orqali Internet-trafik sarflamasdan tomosha qiling!

Allplay — bu mobil qurilmalar uchun ilova bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi resurslarni oladi:

Online TV – 60 dan ziyod kanalni o‘z ichiga oluvchi raqamli televideniye!

Player.uz – film va seriallar yirik bazasini o‘z ichiga olgan video portal!

Allmovies.uz – HD sifatidagi (horijiy) serial va filmlarni ko‘rish imkoniyatini beruvchi video portal!

UMS ning “Mobil TV” xizmatini faollashtirgandan keyin Allplay ilovasi orqali sarflanayotgan trafik narxlanmaydi va mavjud Internet-to‘plamlarga ta’sir qilmaydi!

            

Xizmat narxi: 20 sh.b. (84207 so'm)

Xizmat 30 kun amal qiladi.

Xizmatni ulash uchun:

Аllplay portalida ro‘yxatdan o‘tish/portaldagi mavjud profilingizga kirishingiz kerak.

1) Menyudan “UMS: mobil TV” opsiyasini tanlang;

2) Raqamingizni Allplay ilovasidagi akkauntga kiriting;

3) Raqamingizga Allplay dan tekshiruv kodi keladi;

4) Ushbu kodni ilovaga kiritkaningizdan keyin obuna bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi.

5) Xizmatni faollashtiring (hisobingizdan 20 sh.b. (84207 so'm) yechiladi) va 30 kun davomida Allplay resurslaridan foydalanishingiz mumkin.

6) Xizmatdan qayta foydalanish uchun (30 kundan keyin) obunani yana faollashtirish kerak bo‘ladi.

7) Buning uchun menyudan “UMS: mobil TV” opsiyasiga kirib, obunani qayta xarid qilish lozim.

Allplay ilovasini quyidagi havolalar orqali ko‘chirib olish mumkin:

iOS uchun:  (ссылка)

Android uchun: (ссылка)

Shartlar:

  • “Mobil TV” xizmati ishlashi uchun “Mobil Internet” xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak.
  • Abonent balansida yetarlicha mablag’ (kamida 20 sh.b. (84207 so'm)) bo‘lgandagina xizmatni faollashtirish mumkin.
  • Obuna 30 kun davomida, abonent bandlangan/bandlanmaganligidan qat’iy nazar amal qiladi.
  • Xizmatdan faqat baldlanmagan holatda foydalanish mumkin.
  • Xizmat obunani faollashtirgan raqam va devays (telefon yoki planshet) uchungina amal qiladi.
  • Xizmat faqat mobil ilova uchun amal qiladi, portallarning web-ko‘rinishidan (allplay.uz, player.uz. allmovies.uz) foydalanish Internet-trafikni sarflaydi.