«Aloqadaman»

Chop etish versiyasi

UMS ning barcha abonentlari hatto manfiy balansda bo‘lganda ham “Aloqadaman” deya oladilar!

Agar balansingizni to‘ldirishga ulgurmagan bo‘lsangiz, kimdir sizga qo‘ng‘iroq qilolmasligi yoki SMS larni ololmasligingizdan havotirlanmang!

Hatto balansingiz nolga teng yoki manfiy bo‘lganda ham, kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va SMS-xabarlarni olish imkoniga egasiz.

Buning uchun xizmatni yoqish yoki boshqa harakat bajarishingiz shart emas. O‘zbekiston Respublikasi hududida “UMS” MChJ tarmog‘i amal qiladigan joyda bo‘lsangiz, xizmat avtomatik ravishda ishga tushadi.

12.04.2018dan “Aloqadaman” xizmatining amal qilish muddati – balansingiz nolga teng yoki manfiy bo'lgan vaqtdan boshlab 30 kun*.

“Aloqadaman” xizmatining amal qilish muddati yakunlansa, abonent bilan shartnoma bekor qilinmaydi. Shartnomani bekor qilish tartibi va muddatlari aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida belgilangan.

Abonent raqami bandlangan holatda ham u O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan yagona raqamlar orqali shoshilinch yordam xizmatlariga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Telefoningiz yoniq holatda bo‘lsa, yaqinlaringiz albatta qo‘ng‘iroq qilib tusha olishadi!

*Agar raqam 2 oy davomida bandlangan holatda (balansi manfiy) bo‘lsa, kompaniya abonent bilan shartnomani bekor qilish huquqiga ega, bunda xizmatlarni ko‘rsatish to‘htatiladi, yechib olingan abonent to‘lovi qaytarilmaydi.