Va’da qilingan to‘lov

Chop etish versiyasi

Ushbu xizmat kelgusida to‘lanadigan mablag‘ hisobidan aloqa xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish uchun o‘z hisobvarag‘ingizga 3 kun muddatga 3 sh.b tushirish imkonini beradi.

Ushbu xizmat hatto bloklangan holatda (oldindan to'lovi yoq), -2 sh.b (minus ikki) dan ortiq balansida abonentlarga amal qiladi.

Xizmatni faollashtirish narxi 0,5 sh.b

Xizmatni faollashtirish uchun mobil telefondan *111*32# USSD buyrug‘ini yuborish zarur. So‘ng «Siz «Va’da qilingan to‘lov"ni so‘radingiz. Siz bu xizmatdan foydalanganingizda qarzni qaytarish majburiyatini olasiz. Ulash uchun 1 raqamini kiriting» degan SMS-xabar olasiz.

Holatni tekshirish uchun *111*320# USSD buyrug‘ini terish zarur.

Javob variantlari:

«Va’da qilingan to‘lov» uchun qarzingiz yo‘q.

«Va’da qilingan to‘lov» xizmati faol holatda. Faollashtiruvdan so‘ng 3 kun o‘tgach, sizning hisobvarag‘ingizdan avtomatik tarzda 3,5 sh.b chiqarib olinadi.

«Va’da qilingan to‘lov» xizmatining amal qilish muddati tugagach, hisobvaraqdan 3,5 sh.b (berilgan 3 sh.b va faollashtirish uchun 0,5 sh.b) yechib olinadi. Bunda balans shu summaga kamayadi.

-2 sh.b (minus ikki) balansida va/yoki kamroq, xizmat mavjud emas.