«Prizomaniya» SMS-Viktorinasi

Chop etish versiyasi

Hurmatli abonentlar! «Prizomaniya» SMS-Viktorinasida qatnashishga shoshiling! Savollarga javob bering va smartfonlar yutib oling!

Viktorina o‘tkaziladigan vaqt: 2015 yil 26 oktabrdan 2015 yil 1 noyabr kuni oxirigacha.

Sovrinlar:

1) 1-o‘rin uchun – SAMSUNG GALAXY A7;

2) 2-o‘rin uchun – SAMSUNG GALAXY GRAND PRIME;

3) 3-o‘rin uchun – SAMSUNG GALAXY CORE 2.

Ishtirokchi bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Aksiyada qatnashish uchun Siz 1700 qisqa raqamiga «priz» so‘zini SMS tarzida yuborishingiz zarur. Unga javoban olingan SMS-xabarda birinchi savol bo‘ladi.

Ballarni hisoblash:

Har bitta to‘g‘ri javob uchun 1 ball, noto‘g‘ri javob uchun 0 ball beriladi.

G‘oliblarni aniqlash:

G‘oliblarni aniqlash chog‘ida eng qisqa vaqt mobaynida berilgan eng ko‘p to‘g‘ri javoblar soni (to‘plangan ballar) hisobga olinadi.

Qo‘shimcha buyruqlar:

info

Viktorina haqida, muddatlar, sovrinlar, narxlar hamda qatnashishdan qanday voz kechish to‘g‘risida axborot olish.

r

O‘z reytingini bilish. Abonent to‘plagan ballari, sarflagan vaqti va umumiy hisobda o‘zi egallagan o‘rni haqida ma’lumot olishi mumkin.

stop

Viktorinada qatnashishni rad etish.

Qo‘shimcha buyruqlardan foydalanish uchun 3700 raqamiga SMS yuborish zarur.

1700 raqamiga jo‘natiladigan har bir SMS narxi – 0,20 USD.


«Prizomaniya» SMS-Viktorinasi aksiyasida qatnashish qoidalari

1. Umumiy qoidalar

1.1. «Prizomaniya» SMS-Viktorinasi o‘tkaziladigan davr:

2015 yil 26 oktabr – 2015 yil 01 noyabr (tanlov soat 23:59:59da to‘xtatiladi).

Viktorina tashkilotchisi – «Play Mobile» MChJ.

1.2. O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanuvchi, 18 yoshga to‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan har qanday jismoniy va yuridik shaxslar Viktorinada qatnashishi mumkin.

Xorijiy davlatlarning fuqarolari Viktorinada qatnasha olmaydilar.

Tashkilotchining xodimlari va ularning oila a’zolari Viktorinada qatnashishi taqiqlanadi. Bu qoidani buzgan barcha Ishtirokchilar har qanday bosqichda Viktorina Ishtirokchilari safidan chiqarib yuboriladi.

1.3. Mobil telefondan 1700 raqamiga «Priz» so‘zini yuborib, Viktorinada qatnashish mumkin. Viktorinaning 1700 servis raqamiga yuboriladigan har bir chiquvchi SMS narxi QQSni hisobga olganda 0,20 sh.bni tashkil etadi. Abonentlar bu raqamga yuborgan har bir SMS uchun haq olinadi. Kiruvchi xabarlar bepul.

1.4. Ishtirokchi 3700 qisqa raqamiga «stop» so‘zini SMS-xabar ko‘rinishida yuborish orqali Viktorinada qatnashishdan voz kechishi mumkin. Shuningdek, agar Ishtirokchi 2 kecha-kunduz davomida savolga javob bermasa ham, u avtomatik tarzda Viktorina Ishtirokchilari safidan chiqadi.

2. O‘tkazish qoidalari

2.1. Viktorinada qatnashish uchun Ishtirokchi 1700 qisqa raqamiga “Priz” so‘zini yuborishi kerak. Bunga javoban “«Prizomaniya» Viktorinasi!” so‘zlari yozilgan qutlov SMS-xabari hamda birinchi savol keladi. Shundan keyin Ishtirokchi, toki u Viktorinani rad etgunicha, bu xizmatga ulangan hisoblanadi.

2.2. Ishtirokchi 3700 qisqa raqamiga «stop» so‘zini yuborish orqali Viktorinada qatnashishni rad etishi (to‘xtatishi) mumkin. Shuningdek, agar Ishtirokchi 2 kecha-kunduz mobaynida savolga javob bermasa, u avtomatik tarzda SMS-Viktorina xizmatidan o‘chiriladi.

2.3. Viktorinada ro‘yxatdan o‘tgach, Ishtirokchiga savol bilan birga ikkita javob varianti beriladi. U mazkur savollarning qay biri to‘g‘ri deb hisoblasa, shu javobning raqamini jo‘natishi kerak. Savollar umumiy bilimdonlikka taalluqli.

3. Ballarni hisoblash

3.1. Har bitta to‘g‘ri javob uchun 1 ball, noto‘g‘ri javob uchun 0 ball beriladi.

3.2. Viktorinada vaqt hisobi yuritiladi. Barcha savollarga javob berish uchun ketgan vaqt birinchi savol olingan lahzadan boshlab hisoblanadi.

3.3. G‘oliblar to‘g‘risidagi axborot 2015 yil 2 noyabrdan boshlab www.viktorina.uz saytida joylashtiriladi.

4. G‘oliblarni aniqlash

4.1. G‘oliblarni aniqlash chog‘ida eng qisqa vaqt mobaynida berilgan eng ko‘p to‘g‘ri javoblar soni (to‘plangan ballar) hisobga olinadi.

«Prizomaniya» SMS-Viktorinasida sovrinli o‘rinlar 3ta!

4.2. Agar ikki yoki undan ortiq ishtirokchi to‘plagan ballar va sarflagan vaqt bir xil bo‘lsa, Ishtirokchilar o‘zaro teng hisoblanadi va tegishlicha, sovrinlar ham ular egallagan sovrinli o‘rinlarga muvofiq bir xil bo‘ladi.

5. Sovrinlar dasturi

5.1. Smartfonlar:

1-o‘rin uchun – SAMSUNG GALAXY A7

2-o‘rin uchun – SAMSUNG GALAXY GRAND PRIME

3-o‘rin uchun – SAMSUNG GALAXY CORE 2

6. Sovrinlarni topshirish tartibi

6.1. Viktorina Muddati tugaganidan keyin 5 ish kuni mobaynida «Play Mobile» kompaniyasining vakili G‘oliblar bilan bog‘lanib, u sovrin yutgani haqida xabar beradi hamda G‘olibning pasport ma’lumotlarini va aloqa bog‘lash uchun kerakli axborotni oladi. Tashkilotchi G‘oliblarga Viktorinada qatnashgan telefon raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qiladi.

6.2. Mabodo «Play Mobile» kompaniyasining vakillari G‘olibga qo‘ng‘iroq qilganlarida abonentning telefoni o‘chirilgan yoki xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa, G‘olibning telefoniga SMS-xabar yuboriladi.

Bu SMS-xabarda Tashkilotchi G‘olib nechanchi o‘rinni egallagani, sovrin nomi va Tashkilotchining telefon raqamini ko‘rsatadi.

6.3. Mulkiy nizolarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Sovrinlar O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan, O‘zbekiston fuqarosining pasportini taqdim etgan va Viktorinada qatnashgan telefon raqami bor G‘oliblarga topshiriladi.

6.4. Agar Viktorina Muddati tugaganidan keyin 30 ish kuni mobaynida G‘olib bilan telefon orqali bog‘lanishning imkoni bo‘lmasa (abonent raqami o‘chirilgani yoki xizmat doirasidan tashqarida bo‘lgani sababli) Tashkilotchi Sovrinni G‘olibga topshirishni rad etishga haqli:

6.5. Sovrinlar o‘rniga ularning puli berilmaydi, qaytarib olinmaydi va almashtirilmaydi.

6.6. G‘oliblar Viktorinada qatnashib, sovrin ko‘rinishida daromad olganliklari munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga majburlar. O‘zR Soliq Kodeksining 189-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining mulkiy daromadlari, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa, deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga kiradi. G‘olib Sovrinni olganidan keyin daromad to‘g‘risida deklaratsiya topshirib, budjet bilan mustaqil ravishda hisob-kitob qilishi kerak.

6.7. Viktorina Ishtirokchilari unda qatnashar ekanlar, ularning ism va familiyalaridan reklama maqsadida foydalanilishiga, buning uchun ulardan alohida rozilik olinmasligiga va ularga buning uchun biron-bir tarzda haq to‘lanmasligiga rozilik bildiradilar.

6.8. Viktorinada qatnashish uning Ishtirokchilari Viktorina o‘tkazishning yuqorida bayon etilgan Qoidalariga to‘liq rozi ekanliklarini bildiradi.

6.9. G‘olib haqiqatan ham SIM-karta egasi ekanligini tasdiqlash uchun uyali aloqa operatori bilan tuzilgan shartnomani ko‘rsatishi kerak.

6.10. Sovrinlar «Play Mobile» kompaniyasining vakillari tomonidan 2015 yil 2 noyabrdan boshlab quyidagi manzilda topshiriladi: Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Mahmud Torobiy ko‘chasi, 27-uy (“Grand Orzu” mehmonxonasi). Ma’lumot olish uchun telefon: +99871 281-55-28.

7. Ishtirokchining huquq va majburiyatlari

7.1. Viktorina Ishtirokchisi:

  • ushbu Qoidalarni bilishi va ularga rioya etishi shart;
  • Viktorinada qatnashishni rad etish yoki qo‘shilmaslik huquqiga ega;
  • Viktorinada qatnashish bilan bog‘liq o‘z huquqlarini uchinchi shaxsga (shaxslarga) berish va/yoki boshqa biron tarzda topshirishga haqli emas.

8. Tashkilotchichining huquq va majburiyatlari

8.1. Viktorina Tashkilotchisi:

  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga rioya etishga majbur;
  • Sovrinlarni Viktorina shartlariga muvofiq berishi shart.