LAMUZ ilovasi orqali sevimli musiqangizni hech qanday cheklovlarsiz tinglang!

MuzON xizmati yoqilganda, Lamuz mobil ilovasi doirasidagi trafik narxlanmaydi va mavjud megabaytlarni sarflamaydi!

Xizmat narxi: 25 000 so‘m

Amal qilish muddati: 30 kun.

Xizmat birinchi marta faollashtirilganda undan foydalanish uchun qo‘shimcha 30 kun taqdim etiladi!

Qanday qilib ulash kerak:

  1. LAMUZ ilovasini Android yoki iOS qurilmasiga ko‘chirib, o‘rnating.
  2. Lamuz ilovasidan ro‘yxatdan o‘ting.
  3. To‘plamlarni xarid qilish bo‘limida “UMS MuzON” ni tanlang.
  4. Ilovada raqamingizni kiritib, uni xizmatga bog‘lang.
  5. Raqamingizga SMS orqali kelgan tekshiruv kodini kiriting.
  6. Tasdiqlagandan so‘ng obunani xarid qiling.
  7. Obuna muvaffaqiyatli rasmiylashtirilgandan keyin abonent ilovadan 30 kun davomida to‘laligicha foydalanishiga imkon ochiladi va bu haqida SMS-xabarnoma keladi.
  8. Xizmatdan qaytadan foydalanish uchun (30 kundan keyin) obunani yana rasmiylashtirish kerak.

Shartlar:

  •  “MuzON” xizmatidan foydalanish uchun “Mobil internet” xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak.
  • Xizmat yoqilishi uchun abonent balansida xizmatning abonent to‘loviga yetarlicha mablag‘ bo‘lishi kerak. 
  • Xizmat abonent holatidan qat’iy nazar 30 kun davomida amal qiladi.
  • Xizmatdan faqat bandlanmagan holatda foydalanish mumkin.
  • Obuna faol bo‘lgan paytda yana obuna rasmiylashtirilsa, uning muddati 30 kunga uzayadi.
  • Obuna qaysi profildan yoqilgan bo‘lsa, o‘sha profil uchun amal qiladi.
  • Obuna faol bo‘lganida Lamuz mobil ilovasi doirasidagina trafik narxlanmaydi.