Bevosita jo‘natish

Chop etish versiyasi

Do‘stingiz yoki yaqin kishingizning hisobvarag‘ini to‘ldirmoqchi bo‘lsangiz, endi “Bevosita jo‘natish” xizmati yordamida o‘z hisobvarag‘ingizdagi mablag‘ni UMSning boshqa abonenti bilan baham ko‘rishingiz mumkin!

USSD–buyruqlarni terish tartibi

Pul jo‘natish uchun:

*112*xalqaro formatdagi abonent raqami*jo‘natma summasi#qo‘ng‘iroq.

Masalan, Toshkent shahridagi 1030909 raqamli abonentga 5 sh.b jo‘natmoqchisiz:

*112*998971030909*5#qo‘ng‘iroq.

Hisobvarag‘ingizga pul tushirishni (boshqa abonentning hisobvarag‘idan) iltimos qilish uchun:

*116*xalqaro formatdagi abonent raqami*jo‘natma summasi#qo‘ng‘iroq.

Adresat quyidagi SMS-xabarni oladi: «Abonent <telefon raqami> Sizdan uning hisobiga pul tushirishingizni so‘rayapti».

Eslatmalar:

  • bu xizmat faqat jismoniy shaxs hisoblanuvchi abonentlarga taqdim etiladi;
  • boshqa abonentning hisobvarag‘iga faqat 1 sh.b, 2 sh.b, 3 sh.b, 4 sh.b, 5 sh.b o‘tkazish mumkin.
  • olingan jo‘natmalarning eng katta miqdori kuniga 20 sh.bni tashkil qiladi;
  • jo‘natma o‘tkazilganidan keyin uni yuborgan abonent hisobvarag‘ida qoladigan mablag‘ 2 sh.bdan kam bo‘lmasligi kerak;
  • pul yuboruvchilar uchun jo‘natmalarning eng katta miqdori kuniga 20ni sh.b tashkil qiladi;

 *111*0151# USSD-so‘rovini yuborish orqali pul jo‘natishni taqiqlab qo‘yish mumkin.

Xizmatni u rad etilganidan keyin qayta ulash:

  • «Internet-yordamchi» orqali;
  • Kompaniya ofislarida;
  • 0890 raqami orqali.
  • Bitta summani jo‘natish narxi – 0,04 sh.b (jo‘natmani yuboruvchidan olinadi).

    Hisobvaraqqa pul tashlashni so‘rash – 0,02 sh.b.

    Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.