«EIGHT GROUP» MChJ kompaniyasining kontenti

Chop etish versiyasi

Servis nomi

Servis ta’rifi

Servis raqami

Narxi

(QQS bilan)

Torg.com (OLX.uz) saytida elektron hamyonni to‘ldirish

Reklama bonuslariga ega bo‘lish uchun torg kalit so‘zini jo‘nating va bo‘sh joy qoldirib, o‘z ID-kodingizni 4161 raqamiga yuboring. Kodni OLX.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali olish mumkin.

4161

1,20 sh.b

ZOR.uz saytida SMS-xizmat

www.zor.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan abonentlar saytdagi o‘z e’lonlarini boshqarishlari mumkin. O‘z e’loningizni boshqa e’lonlar ro‘yxatining tepasiga ko‘tarish uchun TOP kalit so‘zi yozilgan va bo‘sh joy qoldirib, e’lon raqami ko‘rsatilgan SMS-xabar jo‘nating. O‘z e’loningizni alohida ko‘rinishda chiqarish uchun MARK kalit so‘zi yozilgan va bo‘shliq qoldirib, e’lon raqami ko‘rsatilgan SMS-xabar yuboring. Har qanday xizmatni faollashtirganingizdan keyin uch kun mobaynida Siz e’lon yuzasidan yuborilgan xabarlar soni hamda uni necha marta ochib ko‘rishgani to‘g‘risida kuniga ikki marta axborot olasiz.

4161

1,20 sh.b

ZOR.uz saytida mukofotlash

4161 qisqa raqamiga PR kalit so‘zi va e’lon raqami yozilgan SMS-xabar yuborilganda Sizning e’loningizga rang beriladi hamda ikki kun muddatga “Premium e’lonlar” ro‘yxatiga o‘tkaziladi. Xizmatni faollashtirganingizdan keyin uch kun mobaynida Siz e’lon yuzasidan yuborilgan xabarlar soni hamda uni necha marta ochib ko‘rishgani to‘g‘risida kuniga ikki marta axborot olasiz.

4161

1,20 sh.b

Fifa.uz

FIFA.uz servisi yordamida Siz www.fifa.uz manzilidagi onlayn o‘yinda transferlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha o‘yin pullari olishingiz mumkin. O‘yin pullarining 50 birligini olish uchun Siz 4446 qisqa raqamiga "Foydalanuvchi_f ID" yozilgan SMS-xabar yuborishingiz zarur. Bunda foydalanuvchining ID – bu, www.fifa.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining noyob identifikatsiya raqami.

4446

1,19 sh.b

Futbol yangiliklariga obuna

Siz futbol yangiliklari tarqatiladigan xizmatga obuna bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun 4447 raqamiga EURO kalit so‘zini yuborishingiz kerak. Obunani bekor qilish uchun 4447 raqamiga STOP so‘zi va bo‘sh joydan keyin kalit so‘zni yozib yuboring. Xabarlar 4169 raqamidan keladi.

4447, 4169

Obuna - 0,00 sh.b. Obuna davrida 1 (bitta) kiruvchi SMS narxi – 0,06 sh.b

Championat.uz

PRO-akkauntni rasmiylashtirish uchun foydalanuvchi o‘z telefon raqamini shaxsiy kabinetdagi maxsus maydonga kiritishi kerak. Shundan keyin unga 4447 bepul raqamidan PRO-akkauntni faollashtirish uchun zarur 4 xonali kod yuboriladi. Bu kodni tegishli maydonga kiritib, uni tasdiqlagach, abonentga 4162 qisqa raqamidan “Tabirklaymiz, Sizning PRO-akkauntingiz muvaffaqiyatli faollashtirildi!” mazmunida xabar keladi. Bu esa PRO-akkaunt 10 (o‘n) kun muddatga muvaffaqiyatli faollashtirilganini bildiradi. Shu muddat tugaganidan keyin, PRO-akkauntning muddati avtomatik tarzda uzaytiriladi va bu holat toki foydalanuvchining o‘zi uni o‘chirish istagini bildirmagunicha davom etadi. PRO–akkauntni o‘chirish uchun ham saytdagi shaxsiy kabinetga kiriladi. PRO–akkaunt 10 (o‘n) kun muddatga faollashtiriladi va u foydalanuvchilarga video bo‘limiga kirish imkonini beradi.

4447, 4162

Obuna bo‘lish - 0,00 sh.b. Obuna davrida 1ta (bitta) kiruvchi SMS-xabar narxi – 0,99 sh.b

Aleziya.com

Aleziya.com saytiga birinchi marotaba kirgan abonent o‘z telefon raqamini tegishli maydonga kiritib, ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ko‘rsatilgan telefon raqamiga 4447 raqamidan to‘rt xonali raqamdan iborat kod keladi. Uni kod yoziladigan maydonga kiritish kerak bo‘ladi. Sayt Tas-ix hududida ochilgan. Shundan so‘ng abonentga har kuni 4169 raqamidan kanaldagi qiziqarli ko‘rsatuvlar to‘g‘risida xabarlar kela boshlaydi.

4447, 4169

Obuna narxi - 0,00 sh.b. Obuna davrida 1ta (bitta) kiruvchi SMS-xabar narxi – 0.06 sh.b

Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

Hurmatli abonentlar! So‘rov yuborilayotgan SMS-raqamni diqqat bilan tekshirishingizni so‘raymiz. Agar abonent SMS-xizmatlarga ulanish uchun noto‘g‘ri raqamni terib so‘rov yuborsa, noto‘g‘ri SMS-xabarlar uchun to‘langan pul mablag‘lari qaytarilmaydi.

Kontent-provayderning abonentlar bilan ishlash bo'limi: +998711508228. Sayt: www.eight.uz

MChJ "Eight Group"