Engster – til o‘rganish

Chop etish versiyasi

«Engster – til o‘rganish» – ingliz tilini o‘rganish uchun interfaol servis. Obuna bo‘lgach, abonent o‘zining ingliz tiliga oid bilimlarini tekshirishi uchun har kuni savollar va ularga javoblarning variantlarini oladi. Bunda murakkablik darajasini oshirish yoki pasaytirish, shuningdek o‘z natijalarini kuzatib borish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, mazkur servis so‘zlarning lug‘atdan olingan tarjimasini taklif qiladi.

Xizmatni boshqarish:

«Engster – til o‘rganish» xizmatini ulash uchun 4100 raqamiga har qanday SMS-xabar yuboring yoki *842# USSD-raqamini tering.

Murakkablik darajasini oshirish uchun 4100 raqamiga “+” belgisini jo‘nating.

Murakkablik darajasini pasaytirish uchun 4100 raqamiga “-” belgisini jo‘nating.

Ingliz tilidagi (lotin yozuvida) va rus tilidagi (kirill yozuvida) so‘zlarni hamda jumlalarni 4100 qisqa raqamiga jo‘nating va shu zahoti ularning tarjimasini oling!

Shuningdek, siz SMS-xabarlar o‘rniga http://engster.ums.uz web-sahifasidan foydalanishingiz mumkin. Mobil telefon orqali kirib, o‘rganishni boshlang.

Xizmatni o‘chirish uchun 4100 raqamiga «stop» yoki «стоп» so‘zini yuboring yoxud *842*0# USSD-so‘rovini jo‘nating.

Narxi

4100 raqamiga va shu raqamdan yuboriladigan SMS-xabarlar narxi – 0,00 sh.b.

Obuna to‘lovi kuniga 0,14 sh.b.

Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

Kontent-provayderning abonentlar bilan ishlash bo'limi:+998909755822

MChJ "ViaMobi"