«Emotion Trading» MChJ kompaniyasining kontenti

Chop etish versiyasi
Fun Box

«Fun Box» – UMS kompaniyasining abonentlari uchun axborot-ko‘ngilochar portali. Mazkur xizmatdan foydalanish uchun 7007 qisqa raqamini tering va tovushli yordamchining aytganlarini qiling. Ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilish mutlaqo bepul.

«Fun Box» portali quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Muloqot:

  • quyidagi mezonlar bo‘yicha boshqa foydalanuvchilarning savolnomalari bilan tanishish:

jinsga doir mezon: erkak yoki ayol;

yoshga doir mezon: 20 yoshgacha, 20-30 yosh, 30 yoshdan katta.

  • o‘z savolnomangizni yaratish;

  • boshqa foydalanuvchilarning savolnomalariga tovushli xabarlar qoldirish (faqat o‘z savolnomangiz bo‘lsa), shuningdek kiruvchi xabarlarga javob berish imkoniyati.

Musiqiy pleyer:

  • servisning ma’lumotlar bazasidagi musiqiy treklarni tinglash;

  • foydalanuvchi sifatida o‘z pleylistingizni yaratish;

  • foydalanuvchi sifatida yaratilgan o‘z pleylistingizni tahrir qilish.

Latifalar:

  • latifalarning audioyozuvlarini tinglash;

  • o‘zingizga yoqqan latifalar kolleksiyasi (pleylisti)ni yaratish (eskilarini o‘chirish/yangilarini qo‘shish);

  • o‘zingizga yoqqan latifalar kolleksiyasi (pleylisti)ni tahrir qilish (eskilarini o‘chirish/yangilarini qo‘shish).

Testlar:

  • beshta asosiy toifadan testlarni tanlab olish;

  • istalgan toifadagi testlardan o‘tish;

  • test tugaganidan keyin ularning natijalarini eshitish.

Faollashtirish:
  • xizmat ilk marotaba ulanganda xizmat haqi – 0 USD. Xizmat 3 kun mobaynida bepul taqdim etiladi;
  • 4-kundan boshlab, FunBox portalidagi har bir servisdan foydalanish haqi sutkasiga 0,05 USDni tashkil etadi (QQS bilan).

O‘chirish:

“Fun Box”dagi har bir xizmat servis raqamini terish orqali kiriladigan tovushli menuning tegishli bandida o‘chirilishi mumkin.

«Fun Box» tovushli portalining ermaklar dengiziga sho‘ng‘ing! Bu yerda sizlarni yangi do‘stlar, eng yaxshi qo‘shiqlar, latifalar va qiziqarli testlar kutmoqda!

USSD-Chat

O‘z muloqot doirangizni kengaytirishni va yangi do‘stlar orttirishni istaysizmi? “USSD-Chat” servisi qiziqarli suhbatdoshlar topish va ular bilan kecha-kunduz uzluksiz muloqot qilish imkonini beradi. Bo‘sh vaqtingizga mazmun kiriting – savolnomani to‘ldiring, tanishing va 8100 qisqa raqami orqali SMSlar yuborib, barcha do‘stlaringiz bilan xat yozishing. Xizmatni ulash uchun har qanday rusumdagi telefon orqali *810# USSD-menusidan foydalaning!

Xizmatni qanday ulash mumkin?

Xizmatni ulash uchun *810# qisqa raqamini tering va chaqiruv tugmasini bosing. So‘ng obunani rasmiylashtirasiz. Keyin siz xizmatdan qaysi tilda foydalanishingizni, ya’ni o‘zbek yoki rus tilini tanlashingiz kerak bo‘ladi. Xizmat 18 yoshga to‘lgan abonentlarga taqdim etiladi.

Savolnomani qanday qilib ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

*810# - chaqiruv menusida ro‘yxatdan o‘tish jarayonini bosib o‘tasiz (jinsingiz, yoshingiz, tanishish maqsadi, yashaydigan joyingiz, qaysi jinsdagi abonentni qidirayotganingiz qayd etiladi). USSD-menuda ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin sizga 8100 raqamidan NIK (foydalanuvchi nomi) olishingiz kerakligi haqida SMS keladi.

NIK qanday olinadi?

NIK berilishi uchun “Nick: sizning nomingiz” (masalan, Nick:Alex) yozilgan bepul xabarni 8100 raqamiga yuborish lozim. Buning natijasida sizga NIK muvaffaqiyatli berilgani to‘g‘risida SMS notifikatsiya jo‘natiladi. Shundan keyin siz xizmatning boshqa foydalanuvchilari bilan muloqotga kirisha olasiz.

Xizmatni boshqarish

*810# raqami orqali kiriladigan USSD-menu yordamida xizmatni boshqarish va suhbatdoshlarni qidirish mumkin.

Servis menusida suhbatdoshlarni qidirish (tanlangan mezonlarga muvofiq), do‘stlar safiga yoki qora ro‘yxatga qo‘shish, boshqa foydalanuvchilardan shikoyat qilish, servis tilini o‘zgartirish, servisni rad etish opsiyalari bor.

Xabarlar jo‘natish

Boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish uchun 8100 qisqa raqamiga quyidagi formatda SMS-xabar yuborishingiz kerak: “Nick2, xabar matni”. Bunda Nick2 – suhbatdoshingizning nomi (masalan: Alex, salom, qalaysan?). Suhbatdoshingiz bu xabarni 8100 raqamidan quyidagi formatda oladi: “Nick1: xabar matni”. Bunda Nick1 – jo‘natuvchining nomi.

Servis buyruqlari (8100 raqamiga SMS)

Abonentni do‘stlar ro‘yxatiga qo‘shish

Abonentni “qora ro‘yxat”ga qo‘shish

Nom berish yoki joriy nomni o‘zgartirish

Boshqa abonentdan shikoyat qilish

Boshqa abonentga xabar yozish

Matn

friend=Nick, bunda Nick — Abonent nomi

block=Nick, bunda Nick — Abonent nomi

Nick: yangi nom

report=Nick, bunda Nick — Abonent nomi

Nick, xabar matni, bunda Nick — Abonent nomi

Xizmatni o‘chirish

Servisga obunani bekor qilish uchun *810# raqamini tering va “Boshqaruv” bo‘limidagi “O‘chirish” bandini tanlang yoki 8100 qisqa raqamiga STOP so‘zi yozilgan SMS yuboring.

Xizmat narxi
Faollashtirishdan keyingi 3 kun mobaynida servis BEPUL taqdim etiladi va xizmatdan foydalanishning to‘rtinchi kunidan boshlab obuna to‘lovi undiriladi. Obuna narxi kuniga atigi 0,05 sh.bni tashkil etadi.

"USSD-Chat" servisi, bu - yangi do‘stlar topish, qiziqarli odamlar bilan tanishish yoki o‘z muhabbatingizni uchratishning oddiy usuli!


Kontent-provayderning abonentlar bilan ishlash bo'limi: +998712444293.

MChJ "Emotion Trading"