Chempionlar ligasi finalida sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang va iPhone 7 ni yutib oling

Chop etish versiyasi

UMS mobil aloqa operatori UZREPORT TV telekanali bilan hamkorlikda futbol muxlislari uchun “Sevimli jamoangni qo'llab-quvvatla” aksiyasini e'lon qiladi. Aksiya UEFA Chempionlar ligasining Italiyaning “Yuventus” va Ispaniyaning “Real” jamoalari o'rtasida 2017-yilning 3-iyun kuni bo'lib o'tadigan final o'yiniga bag'ishlanadi.

Aksiya doirasida UMS mobil operatorining har bir abonenti 2580 raqamiga SMS xabarni yuborib, o'z jamoasini qo'llab-quvvatlashi mumkin. Eng faol ishtirokchi esa aksiyaning sovrini - iPhone 7 zamonaviy smartfonini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ovoz berish jarayoni, ya'ni muxlislar qaysi jamoani ko'proq qo'llab-quvvatlagani to'g'risidagi ma'lumot o'yin kuni sharhlovchi tomonidan uchrashuv oldidan, taymlar o'rtasida va o'yindan so'ng e'lon qilinadi.

Aksiya g'olibi 5-iyunda uzreport.uz saytida, UZREPORT TV ning (https://www.facebook.com/uzreport.tv/) va UMS ning (https://www.facebook.com/UniversalMobileSystems.uz/) Facebook dagi rasmiy sahifalarida, UZREPORT TV ning (https://t.me/UzReport) va UMS ning (https://t.me/UMSuzb) rasmiy Telegram- kanallarida hamda UZREPORT TV telekanalida e'lon qilinadi.

Qanday qilib ishtirokchiga aylanish mumkin?

Ishtirokchiga aylanish uchun abonent 2580 raqamiga final o'yinida o'zi muxlislik qiladigan jamoa kodi bilan to'lovli SMS xabarini yuborishi kerak bo'ladi.

«Real Madrid» jamoasi uchun kod - «1»

«Yuventus» jamoasi uchun kod – «2»

SMS xabari yuborilganidan keyin abonentning mobil telefoniga «Ovozingiz qabul qilindi» matnli javob xabari keladi.

Ballarni hisoblash:

1 SMS xabar ishtirokchi shaxsiy reytingiga 1 ball va sevimli jamoasi foydasiga 1 ta virtual gol beradi.

Agar ishtirokchi xabarni noto'g'ri kod bilan yuborsa («1» ham, «2» ham emas), u holda ball faqat uning shaxsiy reytingiga yozilib, bunda sevimli jamoasi foydasiga gol hisoblanmaydi.

Shaxsiy reytingni kuzatib borish:

Abonent shaxsiy reytingini bilish uchun 2580 raqamiga «Ball» so'zi bilan to'lovli SMS xabarini yuborishi kerak. Javob xabarida to'plangan ballar to'g'risida ma'lumot ko'rsatilgan bo'ladi. Shaxsiy reyting haqidagi har bir so'rov uchun ishtirokchi qo'shimcha ball oladi.

G'oliblarni aniqlash:

27-maydan 4-iyun yakunigacha davom etadigan aksiya natijalari bo'yicha hammadan ko'p ball to'plagan abonent aksiya g'olibi bo'ladi.

2580 raqamiga 1 ta chiqish SMS xabarining narxi – 0,15 sh.b.

Narxlar barcha soliqlar bilan ko'rsatilgan.

Hurmatli abonentlar! So'rov yuborilayotgan SMS raqamini diqqat bilan tekshirishingizni so'raymiz. Agar abonent SMS xabarni noto'g'ri raqamga yuborsa, noto'g'ri SMS xabarlar uchun pul mablag'lari qaytarilmaydi.

[Oferta fayli]