O‘zR OTM lariga kirish test natijalarini tekshirish servisi

Chop etish versiyasi

Servis O‘zbekiston Respublikasi Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda taqdim etiladi

Test imtixonlari natijalarini bilish uchun javoblar varaqasi raqamini o‘z ichiga olgan SMS-xabarni 5100 servis raqamiga yuborish kerak.

5101 raqamidan javoban kelgan SMS da quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘ladi:

  • Ma’lumot taqdim etilayotgan javoblar varaqasi raqami;

  • Oliygohning qisqacha nomi;

  • To‘plangan ball;

  • Natija bo‘yicha izoh (grant bo‘yicha o‘qishga kirdi; kontrakt asosida o‘qishga kirdi; kirish uchun yetarlicha ball to‘play olmadi va h.k.).

 

Misol:

N: 7191353, OTM: ToshDPU

BALL: 159,6 (28*2,1+24*1,1+24*3,1)

Siz TO‘LOV-KONTRAKT asosida talabalikka tavsiya etildingiz.

 

U yoki bu OTM ning o‘tish ballarini bilish uchun B harfi va javoblar varaqasi raqamini 5100 qisqa raqamiga yuborish kerak (masalan, B6001604)

5101 raqamidan javoban kelgan SMS da quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘ladi:

  • Javoblar varaqasi raqami;

  • Grant bo‘yicha o‘tish ballari;

  • Kontrakt bo‘yicha o‘tish ballari.

Misol:

N: ХХХХХХХ

Siz hujjat topshirgan yo’nalish bo’yicha o’tish bali Davlat GRANTiga - ХХХ.ХХ ball; to’lov-KONTRAKT asosida - ХХ.ХХ ball.

 

5101 raqamidan kiruvchi har bir SMS narxi - 0,75 sh.b. (3157,76 so'm) QQS bilan

5100 raqamidan kiruvchi/chiquvchi SMS-xabarlar bepul

    

Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

Hurmatli abonentlar! So‘rov yuborayotgan SMS-raqamni tekshirishingizni iltimos qilamiz. Agar abonent no‘tog‘ri raqamlarga SMS-larni yuborgan bo‘lsa, yechib olingan mablag‘lar qaytarib berilmaydi.