«Mening yangi raqamim»

Chop etish versiyasi


Yuklab olish (mp4, 11 MБ)

«Mening yangi raqamim» xizmati UMS tarmog‘idagi o‘z raqamini almashtirgan yoki UMSga ulanishdan avval O‘zbekistondagi boshqa mobil aloqa operatorining raqamidan foydalangan abonentlarga muhim aloqa raqamlarini yo‘qotmaslik imkonini beradi.

Eski raqamga kimdir qo‘ng‘iroq qilganda «Mening yangi raqamim» xizmati yangi raqamga SMS-xabar yuborib, qo‘ng‘iroq qilgan odamning raqamini abonentga ma’lum qiladi, shuningdek qo‘ng‘iroq qilgan kishiga abonentning yangi raqamini SMS-xabar shaklida yuboradi.

Xizmatni faollashtirish uchun:

1-qadam. *111*0131# USSD-so‘rovini yuborib, UMSdagi yangi raqamda “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmatini ulang (xizmat raqam olinayotgan vaqtda ulangan bo‘ladi).

2-qadam. Quyidagi USSD-so‘rovni yuboring: *120*eski raqam#. Bunda «eski raqam» - bu, abonentning 998 XX XXX XX XX shaklidagi avvalgi raqami.

Bu xizmatdan faqat O‘zbekistonning GSM operatorlari uchun foydalanish mumkin.

So‘rovingizga javoban, xizmat Sizga quyidagi xabarlardan birini yuboradi:

  1. So‘rov to‘g‘ri yuborilgan bo‘lsa (ya’ni, “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmati ulangan va raqam to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda)

Siz ko‘rsatgan +998 XXXXXXXXX raqamiga xizmatni faollashtirish PIN-kodi yuborildi.
Na ukazanniy Vami nomer +998 XXXXXXXXX vislan PIN-kod dlya aktivatsii uslugi

  1. Agar xorijiy operatorning raqami ko‘rsatilgan bo‘lsa

So‘rov noto‘g‘ri. Faqat O‘zbekiston GSM operatorining raqamini ko‘rsatish mumkin.
Zapros ne veren. Mojno ukazivat nomer tolko GSM operatora Uzbekistana

  1. “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmati ulanmagan bo‘lsa

“Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmatini o‘rnating (*111*0131#ga qo‘ng‘iroq qiling) va so‘rovingizni takrorlang.
Ustanovite uslugu “Vam zvonili” (pozvonite *111*0131#) i povtorite Vash zapros.


Abonentning eski raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Unda endi nima qilish kerakligi, shuningdek tasdiqlash uchun PIN-kod ko‘rsatiladi.

Abonentning eski raqamiga jo‘natiladigan xabar namunasi:

Qayta yo‘naltirishni o‘rnating. **21*+998971301330#ni tering. Sizning “Aloqada” xizmati uchun PIN-kodingiz: XXXXX. Agar Siz bu SMSni yanglish olgan bo‘lsangiz, unga e’tibor bermang.
Ustanovite pereadresatsiyu. Naberite**21*+998971301330#. Vash PIN-kod uslugi “V kontakte”: XXXXX. Yesli Vi poluchili eto SMS oshibochno, proignoriruyte yego.

3-qadam. Telefonga eski raqam SIM-kartasini qo‘yib, **21*+998971301330# buyrug‘ini tering.

Abonentning eski raqamida barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni +998971301330 servis raqamiga mutlaq qayta yo‘naltirish xizmati o‘rnatiladi. Agar eski raqamning tarif rejasida qayta yo‘naltirish xizmati pulli bo‘lsa, u holda mutlaq qayta yo‘naltirish xizmati ham pulli bo‘lishi mumkin.

4-qadam. Telefonga UMSning yangi SIM-kartasini o‘rnating va *120*PIN-kod# USSD-so‘rovini yuboring. Bunda «PIN-kod» - bu, SMS-xabar tarzida abonentning eski raqamiga jo‘natilgan besh xonali raqam (kod tasodifiy raqamlardan hosil qilinadi).

Bunga javoban, xizmat quyidagi xabarlardan birini yuboradi:

  1. Agar PIN-kod to‘g‘ri bo‘lsa

“Mening yangi raqamim” xizmati faollashtirildi va 30 kun davomida amal qiladi.
Usluga “V kontakte” aktivirovana i budet deystvovat v techenie 30 dney.

  1. Agar PIN-kod noto‘g‘ri bo‘lsa

Noto‘g‘ri PIN-kod kiritilgan.
Vveden neverniy PIN- kod.


Shundan so‘ng «Aloqada» xizmati faollashadi va abonentning eski raqamiga qo‘ng‘iroq qilishganda bu haqda uning yangi raqamiga xabar keladi hamda abonentning eski raqamiga qo‘ng‘iroq qilganlarning hammasiga uning yangi raqami ko‘rsatilgan SMS-xabar boradi.

Axborot SMSlarining matnlari:

«Mening yangi raqamim» xizmati ulangan abonentga:

+998 XXXXXXXXX raqamiga +998 XXXXXXXXX raqamidan qo‘ng‘iroq qilishdi. Na nomer +998 XXXXXXXXX zvonil abonent +998 XXXXXXXXX

Qo‘ng‘iroq qilgan abonentlarga:

+998 XXXXXXXXX raqamli abonent o‘z raqamini +998 XXXXXXXXXga almashtirdi. Abonent +998XXXXXXXXX smenil nomer na +998 XXXXXXXXX

Agar istasa, abonent uning eski raqamiga qo‘ng‘iroq qiluvchilarning barchasiga uning yangi raqami ko‘rsatilgan SMS-xabar yuborilishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Buning uchun tegishli USSD-xabar yuborish kerak.

Avtomatik SMS-xabarlash:


USSD-so‘rov

Tasdiq

O‘chirish

*120*0#

+998 XXXXXXXXX raqamiga qo‘ng‘iroq qiluvchilarga SMS-xabar yuborish o‘chirilgan.
SMS-informirovaniye zvonyashih na nomer +998 XXXXXXXXX otklyucheno

Yoqish

*120*1#

+998 XXXXXXXXX raqamiga qo‘ng‘iroq qiluvchilarga SMS-xabar yuborish yoqilgan.
SMS-informirovaniye zvonyashih na nomer +998 XXXXXXXXX vklucheno


«Mening yangi raqamim» xizmatini o‘chirish:

  1. Xizmat u ulangan vaqtdan boshlab 90 kun amal qiladi. Keyin avtomatik tarzda o‘chadi. “Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” xizmati amal qilishda davom etadi. Shuningdek, agar zarurat bo‘lsa, eski raqamdagi qayta yo‘naltirish xizmati o‘chirib qo‘yilishi kerak.

  2. Abonent xizmatni quyidagi USSD-so‘rov yordamida mustaqil ravishda o‘chirishi mumkin: *120*eski raqam#, bunda «eski raqam» - bu, abonentning 998 XX XXX XX XX shaklidagi eski raqami.

Xizmat narxi.

Xizmatni ulash – 0,00 sh.b

*120# USSD raqami orqali so‘rovlar narxi – 0,00 sh.b

Eski raqamda qayta yo‘naltirish xizmatining narxi – operator tariflariga muvofiq.