Bir martalik AntiAON

Chop etish versiyasi

«Bir martalik AntiAON» xizmati sizga chaqirilayotgan abonentga o‘z raqamingizni ko‘rsatmaslik imkonini beradi. Ushbu servis bir marta taqdim etiladi va buning uchun uni maxsus ulash shart emas.

Qanday foydalanish mumkin?

«Bir martalik AntiAON» xizmatidan foydalanish uchun chaqirilayotgan abonent raqamini terayotganingizda raqam oldiga «#» belgisini qo‘yishingiz kifoya.

Masalan: #99897*******

Xizmat narxi:

  • raqamni yashirgan holda bir marta qo‘ng‘iroq qilish narxi 0,05 sh.b;
  • so‘zlashuv tarif rejasiga muvofiq tariflanadi;
  • agar abonent raqamida «AntiAON» xizmati oldin ulab qo‘yilgan bo‘lsa, lekin abonent «Bir martalik AntiAON» xizmati yordamida qo‘ng‘iroq qilsa, u holda «Bir martalik AntiAON» xizmatining narxi ushlab qolinadi.

Eslatmalar:

Servis xalqaro roumingda taqdim etilmaydi.
Boshqa tarmoqlar, jumladan umumiy foydalanishdagi shahar tarmog‘i abonentlariga qo‘ng‘iroq qilinganda raqam aniqlanmasligi kafolatlanmaydi.