1 sh.b. = 4210,35 so'm
Talablarga
mos aloqa operatori

«Аllplay» mobil televideniyesi!

Sevimli ko‘rsatuv, film va seriallaringizni Allplay ilovasi orqali Internet-trafik sarflamasdan tomosha qiling!

Allplay – bu mobil qurilmalar uchun ilova bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi resurslarni oladi:

Online TV – 60 dan ziyod kanalni o‘z ichiga oluvchi raqamli televideniye!

Player.uz – film va seriallarning yirik bazasini o‘z ichiga olgan video portal!

Allmovies.uz – HD sifatidagi (horijiy) serial va filmlarni ko‘rish imkoniyatini beruvchi video portal!

UMS ning “Mobil TV” xizmatini faollashtirgandan keyin Allplay ilovasi orqali sarflanayotgan trafik narxlanmaydi va mavjud Internet-to‘plamlarga ta’sir qilmaydi!

Xizmat narxi:

1 kunga - 2 sh.b. (8420,7 so'm)

7 kunga - 7 sh.b. (29472,45 so'm)

30 kunga – 20 sh.b. (84207 so'm)

Xizmatni ulash uchun:

Аllplay portalida ro‘yxatdan o‘tish/portaldagi mavjud profilingizga kirishingiz kerak.

1) Menyudan “UMS: mobil TV” opsiyasini tanlang;

2) Raqamingizni Allplay ilovasidagi akkauntga kiriting;

3) Raqamingizga Allplay dan tekshiruv kodi keladi;

4) Ushbu kodni ilovaga kiritkaningizdan keyin bir kun, yetti kun yoki o‘ttiz kunga obuna bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi.

5) Xizmatni faollashtiring va 1/7/30 kun davomida Allplay resurslaridan foydalanishingiz mumkin.

6) Xizmatdan qayta foydalanish uchun (1/7/30 kundan keyin) obunani yana faollashtirish kerak bo‘ladi.

7) Buning uchun menyudan “UMS: mobil TV” opsiyasiga kirib, obunani qayta xarid qilish lozim.

Allplay ilovasini quyidagi havolalar orqali ko‘chirib olish mumkin:

iOS uchunhttps://allplay.uz/ios

Android uchun: https://allplay.uz/android

Shartlar:

  • “Mobil TV” xizmati ishlashi uchun “Mobil Internet” xizmati yoqilgan bo‘lishi kerak.

  • Abonent balansida yetarlicha mablag’ (kamida 2,01 sh.b./7,01 sh.b./20,01 sh.b.) bo‘lgandagina xizmatni faollashtirish mumkin.

  • Obuna 1/7/30 kun davomida, abonent bandlangan/bandlanmaganligidan qat’iy nazar amal qiladi.

  • Xizmatdan faqat baldlanmagan holatda foydalanish mumkin.

  • Xizmat obunani faollashtirgan raqam uchungina amal qiladi.

  • Xizmat faqat mobil ilova uchun amal qiladi, portallarning web-ko‘rinishidan (allplay.uz, player.uz. allmovies.uz) foydalanish Internet-trafikni sarflaydi.