4G LTE Toshkent shahrining har bir qismida va Samarqand shahrida! 

UMS Interneti ortiqcha harajatsiz 4G LTE tezligida!

O’ta yuqori tezlik yordamida xohlagan joyingizda bilimingizni oshiring, hissiyotlaringiz bilan bo’lishing, faolroq suhbatlashing!

70 Mbit/sgacha tezlik nafaqat katta hajmdagi fayllarni ko’chirib olishga, balki HD-sifatdagi seriallarni hech qanday uzilishlarsiz onlayn ko’rishga imkoniyat yaratadi.

Tezlashing va hech qanday ortiqcha mablag’ to’lamang!

Tez internetga ega bo’lish uchun ko’p pul sarflash shart emas. UMS 4 avlod interneti – 4G LTEni 3G narxida taklif etadi!

UMS bilan birgalikda o’zingizga qulay tarzda internetdan foydalaning!

4G LTE 4G-modulga ega barcha zamonaviy qurilmalarda: smartfonlar, planshetlar, routerlar, modemlarda ishlaydi.

4G LTE tarmog’idan foydalanish uchun qurilmangizni barcha tarmoqlar – 2G /3G / 4G LTEda ishlay olishini sozlang (universal rejimga o’tkazing).

Shartlar

4G LTE tarmog’iga kirish xizmati «UMS» MChJ ning Toshkent va Samarqand shaharlaridagi abonentlari uchun LTE tarmog’i ishlash doirasida taqdim etiladi. 

Xizmat taqdim etilishi

Jismoniy va yuridik shaxslar. Toshkent va Samarqand sh. abonentlari. 

Xizmatni yoqish usullari:

USSD - *222*1#
SMS – 1 soni 616222 raqamiga

Xizmatni o’chirish usullari:

USSD - *222*0#
SMS – 0 soni 616222 raqamiga

Xizmat holatini tekshirish:

USSD - *222#
SMS – 3 soni 616222 raqamiga

Shuningdek, xizmatni boshqarish uchun Internet-yordamchi, 0890 ovozli yordamchi, *111# mobil portalidan foydalanish hamda UMS ofislariga murojaat qilish mumkin.

Yuridik shaxslar uchun ushbu xizmatni boshqarish yozma ariza asosida amalga oshiriladi.

Xizmatga ulanish narxi – 0,00 sh.b.

4G LTE tarmog’ida internet optsiyalarining ishlashi

2G va 3G tarmoqlarida ishlaydigan ma’lumotlar almashinuvining barcha xizmatlari (“Tungi DRIVE”dan tashqari) narxi o’zgarmagan holda 4G (LTE) tarmog’ida ham ishlaydi.

*«Tungi DRIVE» va «4G LTE tarmog’iga kirish» xizmatlari bir-birini inkor etuvchi bo’lib, bir vaqtning o’zida faqat bitta xizmat ishlashi mumkin.

Agar abonent majburiy bandlash holatida bo'lsa va/yoki ma'lumotlar uzatish xizmatidan 30 kundan ko'proq muddat davomida foydalanmasa, "UMS" MChJ ushbu xizmatni o'chirib qo'yishga haqli. 

Eng ko’p beriladigan savollar

4G o’zi nima?

4G (inglizchadan “fourth generation” – “to’rtinchi avlod”) – mobil aloqa avlodi. To’rtinchi avlodga quyidagi tezliklarda ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi texnologiyalar kiradi: 100 Mbit/s – harakatlanuvchi abonentlar uchun, 1 Gbit/s – statsionar abonentlar uchun.

UMS tarmog’ida 4G qaysi chastotalarda ishlaydi?

UMSning 4G (LTE) tarmog’i 880 MHz, FDD, Band 20da ishlaydi.

Tezligi qanaqa?

UMSning 4G (LTE) tarmog’ida ma’lumotlar almashinuvining maksimal tezligi – 70 Mbit/s

4G tarmog’ida internetdan foydalanish qancha turadi?

UMSning 4G tarmog’idagi xizmatlar narxlari 2G yoki 3G tarmoqlaridan foydalanish kabi bir xil. Bir xil narxga yuqoriroq tezlikka ega bo’lasiz.

4G tarmog’ida qo’ng’iroqlarni qabul qilish mumkinmi?

Yo’q. 4G (LTE) tarmog’i faqat ma’lumotlar almashinuvi uchun ishlatiladi. Qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va SMS-xabarlaridan foydalanish avtomatik ravishda 3G yoki 2G tarmog’ini ishlatadi.

4G tarmog’i qamrovi xaritasi bormi?

UMSdan 4G tarmog’i Toshkent shahrining hamma joyida ishlaydi. 4G (LTE) tarmog’ining qamrov xaritasi bilan batafsil maxsus sahifada tanishish mumkin.

2016-2017 yillarda 4G tarmog’ini rivojlantirish rejalari qanaqa?

2016 yil yakunigacha Toshkent shahridagi tarmoqni yahshilash bo’yicha ishlar amalga oshiriladi. 2017 yilda 4G (LTE) O’zbekistonning bir qator boshqa shaharlarida ishga tushadi.

4G standartida ishlay oladigan telefonlar ro’yxati bormi?

LTE 800 MHz, FDD, Band 20ni qo’llab-quvvatlovchi barcha moslamalar UMS tarmog’ida ishlaydi. O’z telefoningiz modelini bu yerdan topishingiz mumkin.

Men *222*1# yuborib, xizmatni yoqdim. LTE (yoki 4G) belgisi telefonda yonmayapti.
  1. Telefoningiz LTE tarmog’ida, kerakli chastotada – 800 MHz, FDD, Band 20da ishlay olishiga ishonch hosil qiling. Yoki uni sozlamalardan toping.
  2. Operatsion tizim yoki apparat turiga qarab telefon sozlamalarida “Faqat LTE” yoki “2G/3G/4G (LTE) universal rejimi”ni tanlang.
  3. Telefoningizning o’zini yoki “Parvoz rejimi”ni o’chirib yoqing.

Agar belgi shunda ham yonmagan bo’lsa, bu holat apparatingiz tarmoqning kerakli diapazonida ishlay olmasligidan, ya’ni mintaqamizda ishlashga moslashmaganidan dalolat beradi.