UMS ning «Mobil TV» xizmati: yoqish bo'yicha 9 ta qadam

Chop etish versiyasi

1) O'z mobil qurilmangizdan ilovalar do'koni - Play Market (Android uchun) yoki AppStore (iOS uchun) kiring. Qidirish tugmasi orqali Allplay ilovasini toping, uni tanlab, qurilmangizga o'rnating.


2) Ilovani ochib, kerakli xizmatni tanlang. Misol tariqasida Allmovies.uz servisini tanladik.


3) Eng avvalo, tizimdan ro'yxatdan o'tish yoki mavjud akkauntga kirish kerak. Buning uchun chap yuqori burchakdagi uchta chiziqli belgini bosing.


4) Ilovaning menyusi ochiladi. Ro'yxatning yuqori qismidagi "Войти" tugmasini tanlang.


5) Agar Allplay servisida akkauntingiz mavjud bo'lsa, e-mail va parolingizni kiriting. Agar yangi foydalanuvchi bo'lsangiz, "Google akkaunt orqali kirish", "Facebook orqali kirish" yoki "Регистрация" tugmalaridan foydalanishingiz mumkin.

                  

 

Deylik, eng qulay variantlardan birini - "Google akkaunt orqali kirish" yoki "Facebook orqali kirish" ni tanladingiz. Tizim sizni avtomatik tarzda foydalanuvchi sifatida ro'yxatga oladi.

                  

 

6) Menyudagi ro'yxatdan "UMS Мобильное ТВ" yozuvini tanlang. Raqamingizni akkauntingizga bog'lash uchun UMS raqamingizni ko'rsating, SMS orqali kelgan kodni kiriting.


7) Tabriklaymiz! Raqamingizni akkauntga muvaffaqiyatli bog'ladingiz!

E'tibor bering, hali maxsus obunangiz mavjud emas, ya'ni "Mobil TV" xizmati hali yoqilmagan.


8) Ohirgi qadam qoldi! Ilova orqali nima ko'rmoqchiligingizga qarab bitta yoki bir nechta obunani rasmiylashtirishingiz mumkin.

Har bir servisga obuna muddatini - 1, 7 yoki 30 kun qilib belgilash mumkin. Bu judayam qulay!


Masalan, televizion kanallarni (mahalliy va horijiy) 7 kun davomida ko'rmoqchisiz. Buning uchun tegishli bandni va obuna muddatini tanlab, "Купить подписку за ... сум" tugmasini bosing. Turli xil servislarga va turli xil muddatlarga obuna bo'lishingiz mumkin!

Obuna jarayoni yakunlanishi uchun bir necha daqiqa kutib turing.


9) Ura! UMS ning "Mobil TV" xizmati yoqildi! Tanlagan servisingizdan foydalaning va ushbu ma'lumotni boshqalar bilan ulashing!

YODDA TUTING: mobil Internet trafigi faqat yuqorida ko'rsatilgan amallarni oshirgandan keyin narxlanmaydi! Agar tizimda shunchaki ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin UMS raqamingizni akkauntga bog'lamasangiz yoki maxsus obunani rasmiylashtirmasangiz foydalanilgan Internet uchun haq olinadi/MB sarflanadi!