«Super 0» xizmati bilan UMS tarmog‘I ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bepul!**

Xizmat «Asosiy», «Standart», «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Premial», «Optima 333», «555», «777», «Maxi New», «777 Year», «Maxi Year» tarif rejalarining yangi va amaldagi abonentlari, shuningdek, «Maxi», «Optima», «Super Optima» tarif rejalarining amaldagi abonentlari uchun amal qiladi.

Xizmatni faollashtirish narxi – 4210.35 so‘m (faqat bir marotaba yechiladi).

Xizmatning oylik abonent to‘lovi – 0 so‘m!

Xizmatning amal qilish muddati cheklanmagan.

Xizmatni boshqarish uchun *166# USSD-so’rovni amalga oshiring. Uning yordamida:

  • Xizmatni yoqish
  • Xizmatni o’chirish
  • Xizmat holatini tekshirishingiz mumkin.

Yoki 616166 qisqa raqamiga SMS-xabar orqali 1 ni – xizmatni yoqish uchun, 2 ni – xizmatni o’chirish uchun yoki 0 ni – holatni tekshirish uchun yuboring.

Yuridik shaxslar uchun xizmat shartlari

Izohlar:

**«Super 0» xizmati yoqilganda UMS tarmog‘i ichida chiquvchi qo’ng’iroqlar uchun bir kalendar oy muddatga 15000 daqiqalik to’plam ishga tushadi. Daqiqalar to'plami har oyda xizmat yoqilgan kunga mos ravishda taqdim etiladi.

Ulangan kundan boshlab bir kalendar oyidan kamroq muddat davomida 15000 daqiqalik limit sarflangan bo’lsa, UMS tarmog’iga chiquvchi qo’ngiroqlarni narxlash tarif rejasi shartlariga ko’ra amalga oshiriladi. Kalendar oy yakunlangandan keyin abonentga yangi muddatga yana 15000 daqiqa beriladi va har oyda shunday tartib amal qiladi.

«Super 0» xizmati endi ulanayotgan bo‘lsa:

Agar abonent avval «Super 0» xizmatini yoqmagan bo‘lsa, xizmatni yoqqanidan so‘ng undan 4210.35 so‘m (faollashtirish uchun haq) yechib qolinadi.

Xizmatning oylik abonent to‘lovi uchun hisobdan mablag‘ yechilmaydi («Super 0» xizmatning abonent to’lovi - 0 so‘m).

«Super 0» xizmati avvaldan yoqilgan bo’lsa:

«Optima 333», «555» TR dagi abonentlarida «Super 0» xizmati yoqilgan holatda, 20.06.2017 dan xizmat uchun abonent to’lovi yechilmaydi («Super 0» xizmatning abonent to’lovi - 0 so‘m).

«Super 0» xizmati faollashtirilgan holatda «Asosiy», «Standart», «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Premial», «Optima 333», «555», «777», «Maxi New», «777 Year», «Maxi Year» TR ga o’tilganda (ushbu holatda xizmat saqlanadi, ya’ni xizmatni takror faollashatirish zarur emas).

23.03.2018 y. dan xizmatni «Gap bor!», «Terminal», «Besh», «Baraka», «Mini» tariflarida ulab bo‘lmaydi.

  • Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan;
  • Xizmat amal qilish muddati cheklanmagan;
  • «Super 0» xizmati yoqilganda «Konferens-aloqa» xizmati ishlamaydi;
  • «Super 0» xizmati doirasida berilgan 15000 daqiqalik to’plam keyingi davrga o’tkazilmaydi;
  • Xizmatni xohlagancha o’chirib yoqish mumkin;
  • Xizmatga ulangandan keyin abonent hisobida kamida 42.10 so‘m qolgandagina xizmat yoqilishi mumkin;
  • Bir vaqtning «Super 0» xizmati, tarif rejasi va daqiqalar to‘plami bo‘yicha belgilangan UMS tarmog’iga chiquvchi daqiqalar o’zida mavjud bo’lsa, birinchi bo’lib «Super 0» xizmatida, keyin tarif rejasi daqiqalari, undan keyin daqiqalar to‘plami sarflanadi;
  • «Super 0» xizmati doirasida berilgan daqiqalar to’plami O’zbekiston Respublikasi hududida UMS mobil operatori tarmog’iga chiquvchi qo’ng’iroqlar uchun mo’ljallangan;
  • «Asosiy», «Standart», «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Premial», «Optima 333», «555», «777», «Maxi New», «777 Year», «Maxi Year» TR doirasida tarif o’zgartirilganda «Super 0» xizmati faolligicha qoladi. Xizmat doirasida berilgan daqiqalar to’plami saqlanib qoladi;
  • «Asosiy», «Standart», «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Premial», «Optima 333», «555», «777», «Maxi New», «777 Year», «Maxi Year» TR boshqa tarif rejalariga o’tilganda, «Super 0» xizmati o’chadi.