Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Hisob-kitoblarning yangi tartibi joriy qilinmoqda
Hurmatli abonentlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi PF-5177-sonli farmoni bajarilishini ta’minlash maqsadida “UMS” MChJ abonentlari uchun 2017-yil 5-sentabrdan hisob-kitoblarning yangi tartibi joriy qilinayotganini ma’lum qilamiz.

Ushbu tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida “UMS” MChJ ning mobil aloqa xizmatlarini narxlash so‘mda amalga oshiriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan belgilanadigan kursidagi o‘zgarishlar inobatga olinmaydi. 

To‘lovlar milliy valyutada qabul qilinadi hamda abonentlar balanslarida shartli birlik (sh.b.) sifatida, 1 sh.b. = 4210,35 so‘m hisobidan kelib chiqib, ifoda etiladi.

Aloqa xizmatlari narxlari bo‘yicha tegishli o‘zgarishlar hamda mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgarishlar kompaniyaning www.ums.uz saytida tez orada joylashtiriladi.

Ro'yxatga qaytish