Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Abonentlar diqqatiga!

Hurmatli abonentlar! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 y.dagi PQ-3454-sonli Qaroriga mufoviq O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari foydalanayotgan har bir abonent raqami uchun belgilangan summaning miqdori 2018 yilning 1-yanvaridan ikki baravar (4000 so‘mgacha) oshirildi.

Abonentlar manfaatlarini o‘ylagan holda hamda mobil aloqa xizmatlari narxlari oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida UMS kompaniyasi tarif rejalari hamda xizmatlar uchun narxlarni o‘zgartirishni rejalashtirmayotganini ma’lum qiladi.

Hozirda UMS kompaniyasi tomonidan yangi tarif rejalari ishlab chiqilayotgan bo‘lib, ular abonentlarning ovozli suhbat hamda Internet-trafikka bo‘lgan talab va ehtiyojlarini maksimal tarzda qamrab oladi. 

Shu bilan birga, abonentlar o‘rtasida keng ommalashmagan tarif rejalari («Besh», «Baraka», «Terminal» va «Mini») ni optimallash maqsadida fevral oyining ikkinchi yarmida  ular uchun “Super 0” xizmatini o‘chirish rejalashtirilgan. Ushbu tarif rejalarida bu xizmat o‘rniga tarmoq ichida daqiqalar bonus sifatida berila boshlaydi. Bu o‘zgarishlar boshqa tarif rejalariga taaluqli bo‘lmaydi.

Ro'yxatga qaytish