Safar oldidan

Xorijga safar chog‘ida mobil telefondan foydalanish uchun “Light Rouming” yoki “Business Rouming” xalqaro rouming xizmatlaridan birini faollashtirish zarur.  

«Light Rouming»

Ushbu xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJning rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish hamda balans ijobiy bo‘lgan hollarda rouming-hamkorlar taqdim etadigan qo’ng’iroqlar, SMS, ma’lumot uzatish xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatda chiquvchi qo’ng’iroqlar cheklangan va roumingda bo‘linganda O‘zbekistondagi hamda abonent turgan mamlakatdagi raqamlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin. Boshqa mamlakatlarga, jumladan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi operatorlarning raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmaydi.

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?

Rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’i nazar, agar shaxsiy hisob raqamidagi balans ijobiy bo‘lsa, barcha tarif rejalaridagi abonentlar – jismoniy va Yuridik shaxslar bu xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Xizmatni ulash

Mazkur xizmatni ulash uchun shaxsiy hisob raqamidagi balansni kamida 50 sh.b. (210517,5so'm) miqdorida to‘ldirish kerak. Bu mablag‘ roumingda kelgusida qilinadigan xarajatlar uchun oldindan to‘lov hisoblanadi. Ushbu xizmat “UMS” MChJning Xizmat ko‘rsatish markazi xodimi tomonidan faollashtiriladi. Buning uchun shaxsiy hisobvarag‘ida yetarli mablag‘i bor abonent unga shaxsan murojaat qilishi shart. Yuridik shaxslar uchun bu xizmat ularning yozma murojaati asosida ulanadi.\

ESLATMA:

«Xalqaro ulanish» va «Light Rouming» xizmatlari bir-birini istisno etuvchi xizmatlardir. Ya’ni agar ularning biri ulangan bo‘lsa, ikkinchisini ulab bo‘lmaydi. Demak, «Light Rouming» xizmatini faollashtirish uchun dastlab «Xalqaro ulanish» xizmati yoqilmaganiga ishonch hosil qilish zarur.

«Business Rouming»

Mazkur xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJning rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish hamda balans ijobiy bo‘lgan hollarda rouming-hamkorlar taqdim etadigan qo’ng’iroqlar, SMS, ma’lumot uzatish xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatda chiquvchi qo’ng’iroqlar cheklanmagan va roumingda bo‘linganda, agar balans ijobiy bo‘lsa, xalqaro yo‘nalishlarda chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, jumladan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi operatorlarning raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?

Rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’i nazar, agar shaxsiy hisob raqamidagi balans ijobiy bo‘lsa, barcha tarif rejalaridagi abonentlar – jismoniy va Yuridik shaxslar bu xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Xizmatni ulash

Mazkur xizmatni ulash uchun shaxsiy hisob raqamidagi balansni kamida 300 sh.b. (1263105 so'm) miqdorida to‘ldirish kerak. Bu mablag‘ roumingda kelgusida qilinadigan xarajatlar uchun oldindan to‘lov hisoblanadi. Ushbu xizmat “UMS” MChJning Xizmat ko‘rsatish markazi xodimi tomonidan faollashtiriladi. Buning uchun shaxsiy hisobvarag‘ida yetarli mablag‘i bor abonent unga shaxsan murojaat qilishi shart. Yuridik shaxslar uchun bu xizmat ularning yozma murojaati asosida ulanadi.

Qo‘shimcha shart

«Business Rouming» xizmatini ulayotganda «Xalqaro ulanish» xizmati ulanganiga ishonch hosil qilish kerak. Chunki «Xalqaro ulanish» xizmatisiz roumingda xalqaro yo‘nalishlarga qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmaydi.

Xizmatlarni o‘chirib qo‘yish

“Light Rouming” yoki “Business Rouming” xizmatini o‘chirish uchun “UMS” MChJning Xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilish yoki quyidagi opsiyalardan foydalanish mumkin:

USSD-kod:

Xizmatni o‘chirish uchun – *111*0120#
Holatni tekshirish uchun – *111*012#


SMS-buyruq:

Xizmatni o‘chirish uchun 616012 raqamiga 0 raqami yuboriladi.

“Light Rouming” yoki “Business Rouming” xizmatini faollashtirish qiymati – 0,00 sh.b.
“Light Rouming” yoki “Business Rouming” xizmati uchun obuna to‘lovi – 0,00 sh.b.

Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

ESLATMA:

- bitta hisobvaraqda bir vaqtning o‘zida “Light Rouming” va “Business Rouming” xizmatini ulab bo‘lmaydi. “Light Rouming” yoki “Business Rouming” xizmatini ulash uchun ulardan birini faollashtirishdan avval ulangan holda turgan boshqa xizmatni o‘chirish kerak.

- “Light Rouming” va “Business Rouming” xizmatini o‘chirish uchun bir xil USSD-buyruq yoxud SMS-buyruq yuboriladi.

Roumingda bo‘lganda

Tarmoqda qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

Odatda, rouming-hamkorning tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish telefon tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Agar tarmoqda ro‘yxatdan avtomatik tarzda o‘tilmagan bo‘lsa, u holda telefondan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq, tarmoq qo‘lda topiladi (“Tarmoqlar” yoki “Uyali tarmoqni tanlash” opsiyasi topiladi va tanlanadi hamda yangi tarmoq qidiriladi).

Raqam qanday qilib to‘g‘ri teriladi?

Rouming tarmoqlarida chiquvchi qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun abonent raqamni quyidagi xalqaro formatda terishi kerak:

+[mamlakat kodi][shahar yoki tarmoq kodi][abonent raqami]

Masalan, UMS abonentining mobil raqamiga qo‘ng‘iroq qilish uchun

+998 97 xxx xxxx teriladi.

Roumingda hisobvaraq balansini qanday tekshirish mumkin?

  • USSD-so‘rov: telefonda *100# ni tering va chaqiruv tugmasini bosing (so‘rov bepul);
  • SMS: 6111 qisqa raqamiga til kodi yozilgan SMS-xabar yuborish:

1 – o‘zbek tilining kodi;

2 – rus tilining kodi;

3 – ingliz tilining kodi.

Diqqat! Chiquvchi SMS qiymati rouming tariflari bo‘yicha to‘lanadi.

  • Internet-yordamchi.

Vaqtincha bandlash shartlari

GSM assotsiatsiyasining rouming hamkorlari tarmog‘ida  firibgarlikni oldini olish tartibi va tartiboti to‘g‘risidagi tavsiyalariga binoan, Kompaniya rouming hamkorlaridan olingan roumer abonentining roumingda o‘z hisob raqamidagi balansdan ortiq mablag’ sarflagani to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarga asoslangan holda roumer-abonenti raqamini vaqtincha bandlash huquqiga egaligini o’zida saqlab  qoladi. Vaqtincha bandlash rouming hamkorlaridan roumingda ko‘rsatilgan xizmatlarni tarifikatsiyasida qo‘llaniluvchi asosiy fayllar olingunga qadar (30 kungacha) amalda bo‘ladi.