Raqam egasini o‘zgartirish

Chop etish versiyasi

Xizmat narxi – 21 051,75 so‘m (raqamning yangi ega to‘laydi).

Alohida toifadagi raqam egasi o‘zgartirilayotganda raqamning yangi egasi qiyudagi to‘lovlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi:

1-jadval

Toshkent sh.

Qayta rasmiylashtirilayotgan raqam toifasi

To‘lov foizi

Qayta rasmiylashtirish narxi

Super Platinum

100%

210 517 500 so‘m

Platinum Plus

105 258 750 so‘m 

Platinum

42 103 500 so‘m 

Super Gold

21 051 750 so‘m 

Gold

4 210 350 so‘m 

Silver

2 105 175 so‘m 

Bronze

421 035 so‘m 

Steel

210 517,50 so‘m  


 

2-jadval

Toshkent sh. dan tashqari qolgan barcha viloyatlar

Qayta rasmiylashtirilayotgan raqam toifasi

To‘lov foizi

50% chegirma hisobga olinganda qayta rasmiylashtirish narxi

Super Platinum

50%

105 258 750 so‘m

Platinum Plus

52 629 375 so‘m 

Platinum

21 051 750 so‘m 

Super Gold

10 525 875 so‘m 

Gold

2 105 175 so‘m 

Silver

1 052 587,50 so‘m 

Bronze

210 517,50 so‘m 

Steel

105 258,75 so‘m 


- Agar VIP tarif rejasida bo‘lgan Steel Light. Steel yoki Bronze toifasidagi raqam egasi o‘zgarayotgan bo‘lsa, raqam uchun haq olinmaydi (100% chegirma beriladi).

- Agar Steel Light, Steel, Bronze, Silver Light, Silver yoki Gold toifasidagi raqam egasi o‘zgarayotgan bo‘lsa va raqamning yangi egasi yillik tarifni tanlagan bo'lsa, raqam haqi “Chiroyli raqamlarga super chegirmalar” aksiyasi bo‘yicha chegirmaga ega bo‘ladi.

- Agar Steel Light, Steel, Bronze, Silver Light, Silver yoki Gold toifasidagi raqam egasi o‘zgarayotgan bo‘lsa va raqamning yangi egasi abonent to'lovi 42 000 so'mdan 631552,5 so'mgacha bo'lgan tarifni tanlagan bo'lsa, raqam haqi "Qulsy chegirmalar" aksiyasi bo‘yicha chegirmaga ega bo‘ladi.

Shartlar:

  • Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
  • Raqamni qayta rasmiylashtirish uchun raqam egasi va yangi abonent o‘z pasportlarining asl nusxasi bilan UMS ga qarashli ofislardan biriga murojaat qilishlari kerak.
  • Raqam egasini o‘zgartirish arizasi Kompaniya tomonidan 7 kalendar kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
  • Xizmat narxi (21 051,75 so‘m) yangi abonent tomonidan to‘lanadi. Ushbu summa uning balansidan yechib qolinadi.

Agar xizmat narxi abonent tomonidan 7 kun davomida to‘lanmasa, Kompaniya abonent bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga va raqamni sotuvga chiqarib yuborishga haqli

  • Agar alohida toifadagi raqam egasi o‘zgarayotgan bo‘lsa, uning yangi egasi “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati bo‘yicha haq va alohida toifadagi raqam haqini (1 va 2 jadvallarda ko‘rsatilgan) to‘laydi.
  • Agar alohida toifadagi raqam avval chegirmalar bilan yoki aksiyalar davomida ulangan bo‘lsa, uning yangi egasi “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati bo‘yicha haq va alohida toifadagi raqam haqini (1 va 2 jadvallarda ko‘rsatilgan) to‘laydi. Bunday holatda raqamning yangi egasiga aksiyalar shartlari amal qilmaydi. “Chiroyli raqamlarga super chegirmalar” aksiyasi bundan mustasno.
  • Agar alohida toifadagi raqam hozirda bo‘layotgan aksiyalar davomida ulangan va uning egasi o‘zgarayotgan bo‘lsa, uning yangi egasi “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati bo‘yicha haq va alohida toifadagi raqam haqini (1 va 2 jadvallarda ko‘rsatilgan) to‘laydi. Bunday holatda raqamning yangi egasiga aksiyalar shartlari amal qilmaydi. “Chiroyli raqamlarga super chegirmalar” aksiyasi bundan mustasno.
  • “Raqam egasini o‘zgartirish” xizmati quyidagi holatlarda taqdim ETILMAYDI:
  • Agar raqamning avvalgi egasi raqam haqini to‘laligicha to‘lamagan bo‘lsa (“Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash” xizmati bo‘yicha);
  • Egasi o‘zgarayotgan raqam balansi manfiy bo‘lsa;
  • Raqamni tutgan va tutmoqchi bo‘lgan abonentlarning nomiga olingan boshqa raqamlar balanslari manfiy bo‘lsa;
  • Egasi o‘zgarayotgan raqam yoki uning egasiga olingan boshqa raqamlar GSM-shlyuzlarda ishlatilayotgan bo‘lsa;
  • Agar raqamni tutgan yoki tutmoqchi bo‘lgan abonent O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa.