SIM-kartani almashtirish

Chop etish versiyasi

SIM-kartani almashtirish xizmati narxi (03.08.2018 y.dan) – 4210,35 so‘m. Yangi SIM-karta bilan yana aloqada bo‘lasiz!

SIM-kartani almashtirish uchun kompaniya ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qiling.

Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini imzolagan abonent bevosita murojaat qilgandagina uning SIM-kartasi almashtirib berilishi mumkin.

Agar abonent yuridik shaxs bo‘lsa, SIM-karta rasmiy xat asosida almashtirib beriladi.

Agar abonent nomidan uning qonuniy vakili murojaat qilsa, SIM-karta ishonch bildiruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda berilgan muayyan huquqlar va xatti-harakatlar ta’riflangan ishonchnoma asosida almashtiriladi. Bunday hollarda ishonchli vakil ishonchnomaning asl nusxasi bilan birga o‘z pasportini ham taqdim etishi kerak.

Izohlar:

  • Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

  • SIM-kartani almashtirish narxi (4210,35 so‘m) yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mo‘ljallangan tarif rejalari, jismoniy shaxslar uchun yillik tarif rejalari hamda “Absolut”, “Veteran”, “UMS bilan birga” tarif rejalaridan tashqari barcha tariflar uchun haqiqiy.

  • Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mo‘ljallangan tarif rejalari, jismoniy shaxslar uchun yillik tarif rejalari hamda “Absolut”, “Veteran”, “UMS bilan birga” tarif rejalari abonentlariga SIM-kartalar bepul almashtirilib beriladi.