CLICK va UzCard

Chop etish versiyasi

«CLICK» internet-banking xizmati yordamida UMS abonentlari o‘z mobil aloqa hisoblarini to‘ldirishlari, shuningdek UZCARD online-kartalari yordamida internet-provayder va kommunal to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

«CLICK» tizimning asosiy imkoniyatlari:

  • Hech qanday komission to‘lovlarsiz uydan chiqmagan holda turli hil xizmatlar uchun to‘lov o‘tkazish;
  • Hatto raqam hisobida umuman mablag’ qolmaganda xizmatlarga to’lovni amalga ishirish:
  • Online tarzida bank hisobini va tranzaksiyalarni tekshirish mumkin;
  • Amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha SMS-xabar olish;
  • Abonent to‘lovi mavjud emas.

«CLICK» tizimini ishlatishni boshlash uchun:

  • UZCARD online plastic kartasi sohibi bo’lish lozim;
  • Xohlagan bank yoki info-shaxobchada SMS-eslatma ximatini yoqib qo’yish;
  • Telefoningizda SMS-eslatma xizmati yoqilganidan keyin o‘z online-kartangizni UZCARD-CLICK tizimiga ulash kerak, buning uchun SMS-eslatma xizmati yoqilgan mobil telefoningizdan quyidagi bepul so‘rovni jo‘natasiz: *880*0*karta raqami*karta amal muddati#. Bunda karta raqami — bu plastik karta raqami (kartada ko‘rsatilgan, uzluksiz yozilgan 16 belgidan iborat) va karta amal muddati — kartaning amal qilish muddati (kartada ko‘rsatilgan, 4 belgidan iborat).

  • Besh belgidan iborat PIN-kodni kiritish lozim, mazkur PIN-код sizning Online-kartangiz PIN-kodi/paroli emas, u shunchaki so‘rovlar yordamida hisobingizni boshqarish uchun kerak.

«CLICK» tizmini muvaffaqiyatli faollashtirib olganingizdan so‘ng, *880# qisqa raqamiga USSD-so‘rovlarni jo‘natishingiz mumkin.

Ushbu so‘rov orqali to‘lovni amalga oshirganda, siz 880 raqamidan to‘lov miqdori va to‘lovning maxsus raqami ko‘rsatilgan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan to‘lovni tasdiqlovchi SMS-xabarni olasiz. 39391 raqamidan kelgan SMS-xabar narxi 0.01 sh.b, 880 raqamidan - 0.005 sh.b. USSD-so'rovlar va "CLICK" nomidan kelgan xabarlar - bepul.

Tizim faoliyatiga oid savollar bilan siz: +998(71) 231-0-880 raqami orqali «CLICK» kompaniyasi muloqot markaziga murojaat qilishingiz mumkin. info@click.uz

Barcha narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.