6315525 so'm

Abonent to‘lovi (yiliga bir marta)

0 so'm

O'zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar

0 so'm

Mobil internet

0 so'm

SMS-xabarlar
O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

0 so'm

UMS abonеntlariga

0 so'm

O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga va shahar telefon raqamlariga
O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

0 so'm

Kiruvchi SMS-xabar

0 so'm

UMS tarmog‘idagi abonentlarga chiquvchi SMS-xabarlar**

0 so'm

O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari tarmog‘idagi abonentlarga chiquvchi SMS-xabarlar**

631.55 so'm

Chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar**
Internetning 1 MB trafigi

0 so'm

1 MB intеrnеt-trafik**
Shartlar: O'tish shartlari:

- Tarif rejasini oyning ohirgi kuni soat 23:30gacha o'zgartirish tavsiya qilinadi;

- Boshqa tarif rejasiga o'tilganda, uning abonent to'lovi kelasi eng yaqin kunda soat 00:00dan keyin yechiladi.


MUHIM! Boshqa tarif rejasiga o'tilgan paytda avvalgi tarif rejasiga kiritilgan daqiqa/SMS/MBlarning qoldiqlari kuyib ketadi.

Shartlar:

- Ushbu tarif rejaga ulanish faqat UMSga qarashli ofislarda amalga oshiriladi.

- Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

- Hisob-kitoblar to‘lov kunidagi O’zR MB kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.

- Narxlash daqiqalar bo‘yicha olib boriladi.

- Qo‘ng‘iroqlar davomiyligi katta raqam tomon yiriklashtirib hisoblanadi.

- Ulanish paytida 6315525 so'mga teng yoki undan ko’proq boshlang’ich to’lov mavjudligini operator nazorat qilishi shart.

- Boshqa tariflardan «Absolut Year» tarif rejasiga o’tish uchun balansda kamida 6315525 so'm bo’lishi shart.

- Ushbu tarif rejasidagi abonent to’lovi yiliga bir marta to’laligicha yechib olinadi

- Faqatgina ijobiy balansda mobil aloqa xizmatlari to’la hajmda taqdim etiladi.

- Ushbu tarif rejasiga ulangandan keyin abonent 12 oy davomida boshqa tarifga o‘tganda yoki u bilan shartnoma bekor qilinganda, yechib olingan abonent to’lovi qaytarilmaydi.

- “Absolut Year” tarif rejasida alohida toifadagi raqam xizmatini ulash uchun abonent to‘lovi - 0 so'm.

**Kalendar oy mobaynida foydalangan trafigingiz hajmi 30000 MBga yetganda Internet tarmog‘ining tezligi keyingi oyning 1-kuniga qadar soniyasiga 128 kilobaytgacha chegaralab qo‘yiladi.

** 1 (bir) kalendar oy mobaynida umumiy (chiquvchi) qo’ng’iroqlarning vaqti 20 000 daqiqadan yoki/va chiquvchi SMS-xabarlar soni 20 000tadan ortsa, Operator o’zi uchun qulay va mos ravishda (shu jumladan, SMS orqali) Abonentga Operatorning bosh ofisiga kelib, aloqa Xizmatlaridan foydalanish holati bo’yicha tushuntirish berishi zarurligi haqida xabar berishga haqli.

- Videoqo‘ng‘iroqlar orqali UMS abonentlari bilan bog‘lanish mumkin. Boshqa mobil operatorlarning abonentlariga videoqo‘ng‘iroq amalga oshirish imkoniyati bor-yo‘qligini operatorlardan so‘rab bilish kerak.

- «Absolut Year» tarif rejasidan boshqa tarifga o’tish faqat UMSga qarashli ofislarda abonentdan olingan tegishli yozma ariza asosida (abonentning hisobida o’sha o’tmoqchi bo’gan tarifning abonent to’loviga + unga o’tish uchun to’lovga yetarlicha mablag’ bo’lganda) amalga oshiriladi.

- Raqam 60 kalendar kuni davomida bandlangan holatda bo'lsa yoki balansi manfiy bo’lsa, kompaniya va abonent o’rtasidagi shartnoma bekor qilinishi, xizmat ko’rsatish to’xtatilishi mumkin, bunday holatda yechib olingan abonent to’lovi qaytarib berilmaydi.

- Xalqaro SMS-xabarlar ushbu sahifada ko‘rsatilgan xorijiy aloqa operatorlarining abonentlariga kafolatli yetkaziladi.

- Xalqaro qo‘ng‘iroqlar tariflari

*Eslatma:

Abonent Absolut Year tarif rejasida Aloqa Xizmatlaridan tijorat maqsadlarida, qat’iy belgilangan tarmoqlarga, Internet telefoniyaga kirish uchun shluzlarda foydalanmaslik majburiyatini oladi. Abonentning «UMS» MChJga zarar yetkazishga, boshqa shakllarda huquqni suiste’mol qilishga, shuningdek Xizmatlardan ularda ko‘zlangan maqsadlarga zid ravishda foydalanishga qaratilgan xatti-harakatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar Operatorda abonent aloqa xizmatlaridan vijdonan foydalanayotgani xususida shubha uyg‘onsa, Operator abonentdan aloqa Xizmatlaridan foydalanish tafsilotlari haqida tushuntirish xati talab qilish huquqiga ega. Bunda tegishli abonent operator unga xabar yuborganidan keyin 3 (uch) kalendar kun ichida Operatorning bosh ofisiga tashrif buyurib, aloqa xizmatlaridan foydalanish tafsilotlari haqida Operatorga tushuntirish xati yozib berishi kerak. Agar Operator xabar yuborgan sanadan boshlab 3 (uch) kalendar kun ichida:

- abonent aloqa xizmatidan foydalanish tafsilotlari yuzasidan izoh berish uchun Operatorning bosh ofisiga kelmasa;
- abonent aloqa xizmatidan foydalanish tafsilotlari yuzasidan tushuntirish xati yozishdan bosh tortsa;
- Operatorning o‘z fikriga ko‘ra, abonentning izohi ishonchli, yetarli yoki uzrli bo‘lmaganda
Operator aloqa xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatish va keyin shartnomani bekor qilish yoki abonentni (Operatorning xohishiga ko‘ra) boshqa Tarif rejasiga o‘tkazish huquqiga ega.

Tarif rejasi to‘g‘risidagi batafsilroq ma’lumot bilan siz kompaniya ofislarida tanishishingiz mumkin. Shartnoma bekor qilinganda SIM-karta tarmoqqa ulangani uchun to‘langan haq, joriy davr uchun obuna to‘lovi abonentga qaytarilmaydi. Operator pulli toifadagi abonent raqamlari orasidan raqam tanlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat haqini qoplamaydi.

1Ushbu tarif rejasiga ulanish chog’ida «Alohida toifadagi raqamlarga super chegirmalar!!» aksiyasi doirasida «Gold» toifasidagi raqamga 50% yoki «Silver» toifasidagi raqamga 100% chegirmaga ega bo’lish mumkin.