ARTEL bilan aksiya!

Chop etish versiyasi

Artel smartfonini xarid qilib, 3 oy davomida har oy 1000 MB yoki 2000 MB ga ega bo‘lishingiz mumkin!

Artel smartfonlari xaridorlari uchun Sertifikatlar berilish muddati: 2017-yilning 20-iyulidan 20-oktabri yakunigacha.

UMS dan bonus to‘plamlarini berilish muddati: 2017-yil 20-iyuldan 30-noyabr yakunigacha. Sertifikatni amal qilish muddati 2017-yil 30-noyabr yakunigacha.

Aksiya bo‘yicha bonus MB to‘plami har oyda u faollashtirilgan sanaga mos ravishda belgilanadi.

Quyidagi smartfonlar uchun UMS dan bonuslar beriladi:

1 jadval

Smartfon modeli

UMS dan bonuslar

General Mobile

3 (uch) oy davomida har oy “Artel 1000 MB” Internet-to‘plami belgilanadi. U O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.

Artel Z5

Artel P5

3 (uch) oy davomida har oy “Artel 2000 MB” Internet-to‘plami belgilanadi. U O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.

Aksiya kimlar uchun amal qiladi?

1) Artel smartfonini xarid qilgan va UMS ga endi ulanish uchun kompaniya ofislariga murojaat etgan yangi abonentlar uchun.

Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi yangi abonentlar aksiyada ishtirok etish uchun “777”, “Maxi New”, “Ultra”, “Perfect”, “Maxi Year”, “Ultra Year”, “777 Year” tarif rejalaridan biriga ulanishlari kerak.

Qolgan viloyatlardagi abonentlar aksiyada ishtirok etish uchun “Gap bor”, “Optima 333”, “555”, 777, “Connect”, “Maxi New”, “Ultra”, “Perfect”, “Maxi Year”, “Ultra Year”, “777 Year” tarif rejalaridan biriga ulanishlari kerak.

2)  Artel smartfonini xarid qilgan UMS ning amaldagi (hozirgi) abonentlari uchun.

Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi abonentlar aksiyada ishtirok etish uchun “777”, “Maxi New”, “Ultra”, “Perfect”, “Maxi Year”, “Ultra Year”, “777 Year” tarif rejalarining biridan foydalanayotgan bo‘lishlari kerak.

Qolgan viloyatlardagi abonentlar aksiyada ishtirok etish uchun “Gap bor”, “Optima 333”, “555”, 777, “Connect”, “Maxi New”, “Ultra”, “Perfect”, “Maxi Year”, “Ultra Year”, “777 Year” tarif rejalarining biridan foydalanayotgan bo‘lishlari kerak.

Bonus belgilangandan keyin tarif rejasi yuqorida ko‘rsatilgan tariflar doirasida o‘zgartirilsa, “Artel 1000 MB” va “Artel 2000 MB” to‘plamlari saqlanib qoladi.

Bonus belgilangandan keyin tarif rejasi “Terminal”, “Besh” yoki “Baraka” tarifiga o‘zgartirilsa, bonus to‘plamlari bekor qilinadi.

Qanday qilib bonusga ega bo‘lish mumkin?

1. Artel smartfonlaridan birini xarid qilish (1 jadval);
2. Smartfon xarid qilingan joydan sertifikat va muhr bosilgan kafolat talonini olish;
3. “UMS” MChJ ning ofislaridan biriga ссылка на страницу с адресами офисов murojaat qilib, smartfon va uning qutisi, sertifikat, muhr bosilgan kafolat talonini taqdim etish;

-          Aksiya ishtirokchisi pasporti bilan kelishi shart!

4. Amaldagi tartib bo‘yicha UMS ga ulanish (tanlangan tarif rejasi haqini to‘lagan holda) yoki UMS abonenti ekanligini ma’lum qilish;
5. Raqamga UMS dan maxsus bonus – 3 oy davomida har oy belgilanadigan “Artel 1000 MB” yoki “Artel 2000 MB” Internet-to‘plamiga ega bo‘lish.    

 

“Artel 1000 MB” va “Artel 2000 MB” to‘plamlari bo‘yicha ma’lumot:

  • Trafik raqam holatidan (bandlangan yoki bandlanmaganligidan) qat’iy nazar belgilanadi. Bonusli trafikdan foydalanish uchun abonent balansi musbat (bandlanmagan) bo‘lishi kerak.

  • Bitta davrda (oyda) qolgan trafik kelasi davrga (oyga) o‘tadi.

  • Bonus belgilangandan keyin uch oy o‘tgach, to‘plamlar avtomarik tarzda bekor qilinadi va MB lardan foydalanib bo‘lmaydi.

  • Bitta abonent raqamida faqat bir turdagi to‘plam – “Artel 1000 MB” yoki “Artel 2000 MB” – yoqilishi mumkin. Ikki to‘plamni ham bitta raqamga yoqib bo‘lmaydi.

  • Agar abonent Artel bilan aksiyada ishtirok etmoqchi bo‘lib UMS ga murojaat qilsa, lekin raqamiga «Huawei Tech. Investment Tashkent» MChJ aksiyasi, “Smartfon xarid qiling hamda UMS dan bonusga ega bo‘ling” va “Bonusli smartfon” aksiyalari bo‘yicha MB lar belgilangan bo‘lsa, u Artel bilan qo‘shma aksiyada ishtirok eta olmaydi.

  • Trafik sarflanish tartibi:

  • Kunlik to‘plam -> Haftalik to‘plam -> tariff rekasi bo‘yicha to‘plam -> «Artel 1000 MB» yoki «Artel 2000 MB» bonus to‘plamlari -> OnNet to‘plamlari bo‘yicha trafik -> Boshqa turdagi to‘plamlar.

  • Aksiya bo‘yicha MB qoldig‘ini tekshirish uchun *102*0# USSD-buyrug‘i yoki 616165 raqamiga 1 ni yuborish SMS-buyrug‘idan foydalanish mumkin.

Izohlar:

- Bonusli Internet-to‘plam abonent O‘zbekiston hududida “UMS” MChJ tarmog‘ida bolgandagina amal qiladi.

- Bonus 1 (bir) marta 1 (bitta) abonent raqamiga 1 (bitta) komplekt uchun beriladi. Komplektga sertifikat, smartfon va unibg qutisi, muhr bosilgan kafolat taloni, “UMS” MChJ tarmog‘idagi abonent raqami kiritiladi.

- Jismoniy shaxs bir nechta Artel smartfonlarini xarid qilgan bo‘lsa, bitta raqamga faqat bitta qurilma uchun bonus to‘plami taqdim etiladi. ikkinchi va undan keyingi smartfon uchun bonus to‘plam faqat boshqa raqamga belgilanishi mumkin.

- Aksiya bo‘yicha taqdim etiladigan bonus to‘plam pul ko‘rinishida berilmaydi.

- Agar ishtirokchi bonus MB belgilangandan keyin aksiyada ishtirok etishdan voz kechsa, foydalanilmagan MB hajmi pul ko‘rinoshida berilmaydi.

 

Bonuslik to’plamlarni olish uchun sertifikat 2017 yil 30 noyabr yakunigacha amal qiladi.