OLX.UZ bilan aksiya

Chop etish versiyasi

2017 yilning 1 iyuldan 31 avgustgacha OLX.UZ servisiga BEPUL (Internet-trafikni sarflamasdan) kiring!

Shuningdek, saytda ro‘yxatdan o‘ting, e’lonlar joylashtiring va UMSdan megabaytlarga ega bo‘ling!

UMSdan bonus qanday olish mumkin?*

  1. Aksiya davomida OLX.UZ saytida e’lonlarni joylashtirish kerak (e’lonlar tekshiruvdan o‘tishi shart).
  2. Bir hafta davomida uchtadan ko‘proq e’lon joylashtirgan abonentga kelasi hafta davomida (dushanbadan yakshanbagacha bo‘lgan muddatda) megabaytlar belgilanadi. Haftasiga 500 MBgacha belgilanishi mumkin:
  • 3tadan 5tagacha e’lon uchun – 50 MB
  • 6tadan 8tagacha e’lon uchun – 100 MB
  • 9tadan 11tagacha e’lon uchun – 150 MB
  • 12tadan 14tagacha e’lon uchun – 200 MB
  • 15tadan 17tagacha e’lon uchun – 250 MB
  • 18tadan 20tagacha e’lon uchun – 300 MB
  • 21tadan 23tagacha e’lon uchun – 350 MB
  • 24tadan 26tagacha e’lon uchun – 400 MB
  • 27tadan 29tagacha e’lon uchun – 450 MB
  • 30ta va undan ko‘proq e’lon uchun – 500 MB

*Faqat jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.

«OLX 50 MB» Internet-to‘plamidan foydalanish shartlari:

  • Internet-to‘plamlardan foydalanish uchun dastlab «Mobil Internet» xizmatini faollashtirish zarur (agar avval o‘chirilgan bo‘lsa);
  • Kiritilgan trafikning tegishli hajmi, abonent bu davrda vaqtincha bandlangan muddatdan qat’i nazar, to‘plam faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun ichida ishlatilishi mumkin;
  • Belgilangan barcha to‘plamlar hajmi qo‘shiladi, ulardan foydalanish muddati esa, oxirgi sotib olingan to‘plam tugaydigan muddatgacha uzaytiriladi va u belgilangan vaqtdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi;
  • Qo‘shilgan trafik tamom bo‘lganda yoki to‘plam muddati tugagandan keyin trafik belgilangan tariflarga muvofiq narxlana boshlaydi;
  • Agar bir vaqtning o‘zida ham tarif rejasi doirasida berilgan, lekin foydalanilmagan megabaytlar, ham foydalanilmagan Internet-to‘plam bor bo‘lsa, oldin tarif rejasining megabaytlari sarflanadi;
  • Xizmat ko‘rsatish rejasi o‘zgarganda to‘plamlarni berish shartlari o‘zgarmaydi;
  • Abonentda bittadan ko‘proq turdagi to‘plam mavjud bo‘lsa, ular quyidagi tartibda sarflanadi:

Kunlik to‘plam - > Haftalik to‘plam - > Tarif rejasi doirasida to‘plam - > Oylik to‘plam - > “OLX 50 MB” to‘plami;

  • To‘plamlar abonent faqat O‘zbekiston hududida «UMS» MChJning tarmog‘ida bo‘lgan vaqtda amal qiladi.

Diqqat! «Begona» (mobil qurilmaga keyinchalik o`rnatilgan) mobil brauzerlardan (masalan Opera Mini, Chrome va h.k.) foydalanilganda, mobil operator bepul trafik taqdim etilishini kafolatlamaydi.

Diqqat! OLX.uz servisidan foydalanayotgan paytda smartfonda oʻrnatilgan ilovalar (messenjerlar, ob-havo, yangiliklar va h.k.) pullik trafik orqali fon rejimida ishlayotgan bo‘lishi, shuningdek ilovalar doʻkoni (Google Play, AppStore) va turli akkauntlarning (Google, Facebook,Telegram va h.k.) bilan avtomatik sinxronlanish amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkin. Mazkur trafik uchun toʻlov mobil operator tomonidan oʻrnatilgan narxlarga muvofiq alohida yechib qolinadi.