«Abituriyent» aksiyasi

Chop etish versiyasi

30.06.2017 dan 31.08.2017 gacha UMS ning "Optima 333”, “555”, “Baraka”, “777”, “Maxi New”, “Ultra”, “Maxi Year”, “Ultra Year”, “Absolut Year”, “Absolut” tarif rejalariga ulangan abonentlar «Abituriyent» aksiyasi ishtirokchisiga aylanadi hamda kompaniya brend belgilari tushirilgan polo-ko‘ylakka ega bo‘lishadi.

 

Aksiyada ishtirok etish uchun abonent UMS ga qarashli sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislariga (shu jumladan mini-ofislarga) murojaat etishi hamda tegishli tartib bo‘yicha kompaniya bilan “Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish” shartnomasini tuzishi kerak (bunga tarif rejasining boshlang‘ich to‘lovini amalga oshirish ham kiradi).

 

Yuqorida ko‘rsatilgan tarif rejalariga ulanib, ko‘ylak-poloni qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan davr – 2017-yil 30-iyundan 31-avgust yakunigacha.

  

Aksiyada faqat yangi raqam olayotgan abonentlar – jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

MUHIM: Kompaniyaga ulanish va aksiyada ishtirok etish uchun abonentning pasporti bo‘lishi shart. Polo-ko‘ylak ulangan har bir yangi raqam uchun beriladi.

Izohlar:

  • Aksiyaning amal qilish muddati - 2017-yil 30-iyundan 31-avgust yakunigacha;

  • Sovg‘a pul ko‘rinishida berilmaydi;

  •  Munozarali vaziyatlar yuzaga kelganda, abonent pasportini olgan holda UMS ning bosh ofisiga (Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 24) murojaat etishi kerak.