Yangi yil xushomadi!

Chop etish versiyasi

Aksiya faqat “UMS” MChJning yangi abonentlari – jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.

Toshkent shahrida joylashgan quyidagi UMS sotuvlar va xizmat ko’rsatish ofislaridan biriga murojaat qilgan va “777”, “Maxi New”, “Ultra”, “Maxi Year”, “Ultra Year”, “Absolut Year” tariflaridan biriga ulangan abonent Yangi yil sovg´asi – UMS logotipi tushirilgan ko’ylak-pologa ega bo´ladi.

Toshkent shahrida aksiya o´tkazilayotgan joylar:

1. Toshkent shahridagi sotuvlar va xizmat ko´rsatish ofisi: Shayxontoxur tumani, Qoratosh ko´chasi, 5 “A” uy (“Samarqand Darvoza” SKK birinchi qavati);

2. Toshkent shahridagi sotuvlar va xizmat ko´rsatish ofisi: Yunusobod tumani, 11 daha, A. Donish ko’chasi, “B” (“Megaplanet” SKK birinchi qavati, 7 do’kon);

Aksiyada ishtirok etish uchun abonent amaldagi tartib bo’yicha “UMS” MChJ bilan “Mobil aloqa xizmatlarini ko´rsatish” shartnomasini tuzishi kerak (tanlangan tarif rejasining boshlang´ich komplekti narxini to’lash).

“777”, “Maxi New”, “Ultra”, “Maxi Year”, “Ultra Year”, “Absolut Year” tariflaridan biriga ulangan abonent “Yangi yil xushomadi!” aksiyasi bo´yicha Yangi yil sovg´asi – UMS logotipi tushirilgan polo-maykaga ega bo´ladi.

Sovg’alar taqdim etilish muddati – 2016 yil 31 dekabr yakunigacha.

MUHIM: Ulanish va sovg´aga ega bo´lishi uchun abonentning yonida pasporti bo´lishi kerak.

Izohlar:

  • “Yangi yil xushomadi!” aksiyasining amal qilish muddati – 2016 yil 31 dekabr yakunigacha;
  • Yangi yil sovg´asi pul ko’rinishida berilmaydi;
  • Aksiya faqat Toshkent shahrida va yuqorida belgilangan joylarda amal qiladi;
  • Yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar bo´yicha abonent UMSning Bosh ofisiga (Toshkent shahri, A.Temur shox ko’chasi, 24 manzili bo´yicha) murojaat qilishi va pasport bilan birga kelishi zarur.