«Welcome» aksiyasi!

Chop etish versiyasi

15.04.2017 yildan 14.06.2017 yilgacha "UMS" tarmog'iga yangi ulangan barcha abonentlar O'zbekiston bo'yicha 120 daqiqalik Bonus oladilar!

  • bonus ro'yxatdan o'tilgandan so'ng avtomatik tarzda ulanadi;

  • Daqiqalar qoldig'ini tekshirish: *103*0#;

  • bonusli daqiqalar har oyning xizmat ulangan sanasida taqdim etiladi. Masalan, agar xizmat oyning 5-sanasida ulangan bo'lsa, bonusli daqiqalar har yangi oylning 5-sanasida, xizmat o‘chirilishidan oldin beriladi;

  • Daqiqalar abonent raqamining holati (bandlangani yoki yo'qligi)dan qat'i nazar taqdim etiladi. Bonus qilib berilgan daqiqalardan foydalanish uchun abonentning raqami faol holatda bo'lishi shart;

  • bonus taqdim etilganidan keyin 3 oy o'tgach, 4-oy boshida xizmat avtomatik tarzda o'chiriladi;

  • tarif rejasi bo'yicha berilgan daqiqalar tamom bo'lgach yoki bonusli daqiqalar muddati tugagach, chiquvchi qo'ng'iroqlar belgilangan tariflar bo'yicha narxlanadi;

  • sarflanmagan bonusli daqiqalar keyingi berilganlariga qo'shilmaydi;

  • bir vaqtning o'zida tarif rejasi bo'yicha berilgan daqiqalar va bonusli daqiqalar bor bo'lganda dastlab tarif rejasidagi daqiqalar sarflanadi;

  • tarif rejasi o'zgartirilganda daqiqalar to'plamidan foydalanish shartlari o‘zgarmaydi (jismoniy shaxslar uchun tarif rejalarida);

  • bonusli daqiqalar O‘zbekiston Respublikasi bo'yicha chiquvchi qo'ng'iroqlar uchun beriladi;

  • bonusli daqiqalar abonent faqat O'zbekiston hududida, "UMS" MChJ tarmog'ida bo'lgandagina amal qiladi;

  • xalqaro chiquvchi qo'ng‘iroqlar va kontent-provayder xizmatlariga qo'ng'iroqlar ular uchun belgilngan tariflar bo'yicha narxlanadi.

Daqiqalar sarflanishi tartibi:

Tarif rejasi doirasidagi daqiqalar > “Welcome” aksiyasi doirasidagi daqiqalar.

Abonentda “Super 0” xizmati va daqiqalar to'plami ulangan hollarda daqiqalar sarflanishi tartibi:

“Super 0” xizmati (faqat tarmoq ichidagi go'ng'iroqlar uchun) > Tarif rejasi doirasidagi daqiqalar > Xarid qilingan “Daqiqalar to'plami”  > “Welcome” aksiyasi doirasidagi daqiqalar