2015 yil 1 maydan 2015 yil 31 iyul oxirigacha «Maxi» tarif rejasiga yangi qoshilgan va boshqa tarifdan otgan barcha abonentlarga 5 oy muddatga avtomatik tarzda UMS tarmog‘i ichida so‘zlashish uchun 5000 daqiqa hamda 5000 SMS-xabar jo‘natish imkoniyati beriladi.

To‘plamning amal qilish muddati – ulanilgan kundan boshlab 5 oy mobaynida har oyda 1000 daqiqa va 1000ta SMS.

«Maxi» tarif rejasiga yangi ulangan va boshqa tarifdan o‘tganlar uchun to‘plamni qo‘shib berish qiymati - 0  sh.b.

«Maxi» tarif rejasining amaldagi abonentlari mazkur to‘plamni 1  sh.b evaziga olishlari mumkin.

Shartlar:

  • to‘plam doirasida beriladigan daqiqalardan faqat UMS tarmog‘i doirasidagi chiqish qo‘ng‘iroqlari uchun foydalanish mumkin;
  • «Welcome Maxi» to‘plami boshqa to‘plamlar bilan qo‘shilmaydi;
  • «Welcome Maxi» to‘plami birinchi sarflanadi, keyin boshqa to‘plamlarga navbat keladi;
  • to‘plamga kiritilgan UMS tarmog‘i ichidagi 5000 daqiqa va 5000ta SMS 5 oyga teng ulushlarda taqsimlanadi hamda ulanish kunidan e’tiboran har oyda 30 kun muddatga – oyiga 1000 daqiqa va 1000ta SMSdan beriladi;
  • «Welcome Maxi» to‘plami sotib olinganda, to‘plamga kiritilgan daqiqalar va SMSlar oyda qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda hisoblanadi;
  • foydalanilmagan daqiqalar va SMSlar keyingi davrga o‘tkazilmaydi;
  • kiruvchi qo‘ng‘iroq va SMSlar to‘plamni kamaytirmaydi.

Qanday ulanish mumkin?

Yangi abonentlar va boshqa tarif rejalaridan o‘tgan abonentlar uchun «Welcome Maxi» to‘plami avtomatik tarzda faollashtiriladi.

«Maxi» tarif rejasining mavjud abonentlari uchun:

USSD-so‘rov – *162*1#

SMS-buyruq – 616162 raqamiga 1 raqamini yuborish.

To‘plamlar qoldiqlarini qanday tekshirish mumkin?

USSD-buyruq – *162#

SMS-buyruq – 616162 raqamiga 3 raqami yuboriladi.

Eslatmalar.

Daqiqalar to‘plami faqat abonent O‘zbekiston hududida, “UMS” MChJ tarmog‘ida bo‘lgan vaqtda, “UMS” MChJ tarmog‘i abonentlariga qo‘ng‘iroq qilish uchun amalda bo‘ladi. Boshqa chiquvchi qo‘ng‘iroqlar ular uchun belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.

SMSlar to‘plami abonent O‘zbekiston hududida, “UMS” MChJ tarmog‘ida bo‘lgan vaqtda va faqat O‘zbekiston uyali aloqa operatorlarining abonentlariga yuborish uchun amalda bo‘ladi. Xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar, kontent-provayderlarning xizmatlariga SMS-so‘rovlar ular uchun belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.

Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.