20.03.2015 yildan 10.04.2015 yilgacha (10 aprel kuni ham) kompaniyaning o‘z ofislarida va tijorat vakillarining ofislarida «Start», «Optima» va «MAXI» tarif rejalariga yangi ulangan barcha abonentlarga 30 kun muddatga 200ta xabarni o‘z ichiga oluvchi SMS-to‘plam avtomatik tarzda qo‘shib beriladi.

To‘plamning amal qilish muddati – bir marta, qo‘shilgan kundan boshlab 30 kun.

«200ta SMS» to‘plamini qo‘shish qiymati – 0.00  sh.b.

Shartlar.

«200ta SMS» to‘plami doirasida taqdim etiladigan SMS-xabarlar O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari abonentlariga yuborilishi mumkin.

«200ta SMS» to‘plami boshqa SMS-to‘plamlarga qo‘shilmaydi.

«200ta SMS» to‘plami boshqa barcha to‘plamlarga nisbatan eng yuqori ustuvorlikka ega bo‘lib, birinchi navbatda sarflanadi.

To‘plamlar qoldiqlarini qanday tekshirish mumkin?

USSD-buyruq – *161#

SMS- buyruq – 616161 raqamiga 3 raqami yuboriladi.

Eslatmalar.

To‘plam faqat abonent O‘zbekiston hududida, «UMS» MChJ tarmog‘ida bo‘lganida yuborilishi mumkin bo‘lib, faqat O‘zbekistonning uyali aloqa operatorlari abonentlariga jo‘natish uchun mo‘ljallangan.

Chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar, kontent-provayderlarning xizmatlari uchun SMS-so‘rovlar ular yuzasidan belgilangan tariflar bo‘yicha narxlanadi.

«UMS» tarmog‘iga ilgari ulangan abonentlar «200ta SMS» to‘plamidan foydalana olmaydilar.