Welcome Optima

Chop etish versiyasi

12.05.2015 yildan 30.09.2015 yilgacha (30 sentabr ham qo‘shiladi) «Optima» tarif rejasiga yangi qo‘shilgan va o‘tgan barcha abonentlarga 3 oy muddatga UMS tarmog‘i ichida 1500 daqiqalik to‘plam hamda 1500ta SMS-xabar to‘plami avtomatik tarzda qo‘shib beriladi.

To‘plamning amal qilish muddati – ulanish kunidan boshlab 3 oy mobaynida har oyda 500 daqiqa va 500ta SMS.

«Optima» tarif rejasiga yangi ulangan va o‘tgan abonentlar uchun to‘plamni qo‘shish qiymati – 0 sh.b.

«Optima» tarif rejasining amaldagi abonentlari uchun to‘plamni qo‘shish qiymati – 1 sh.b.

Shartlar:

  • to‘plam doirasida beriladigan daqiqalardan faqat UMS tarmog‘idagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun foydalanish mumkin;
  • «Welcome Optima» to‘plami boshqa to‘plamlarga qo‘shilmaydi;
  • birinchi bo‘lib «Welcome Optima» to‘plami, keyin boshqa to‘plamlar sarflanadi;
  • UMS tarmog‘i doirasida foydalaniladigan 1500 daqiqa va 1500ta SMS 3 oyga teng bo‘linadi hamda ulanish kunidan boshlab har oyda 30 kun muddatga 500 daqiqa va 500ta SMS beriladi;
  • foydalanilmagan daqiqalar va SMSlar keyingi davrga o‘tmaydi;
  • kiruvchi chaqiruvlar va SMSlar to‘plamlar hajmini kamaytirmaydi.

Qanday ulanish mumkin?

Yangi ulangan va boshqa tarif rejalaridan o‘tgan abonentlar uchun «Welcome Optima» to‘plami avtomatik tarzda faollashtiriladi.

«Optima» tarif rejasining mavjud abonentlari uchun

USSD-so‘rov – *163*1#

SMS-buyruq – 616163 raqamiga 1 raqami yuboriladi.

To‘plamlar qoldiqlarini qanday tekshirish mumkin?

USSD-buyruq – *163#

SMS-buyruq – 616163 raqamiga 3 raqami yuboriladi.

Eslatmalar.

Daqiqalar to‘plami faqat abonent O‘zbekiston hududida “UMS” MChJ tarmog‘ida bo‘lganda va faqat “UMS” MChJ abonentlariga qo‘ng‘iroq qilish uchun ishlatiladi. Boshqa chiquvchi qo‘ng‘iroqlar ular uchun belgilangan tariflar bo‘yicha narxlanadi.

SMSlar to‘plami faqat abonent O‘zbekiston hududida “UMS” MChJ tarmog‘ida bo‘lganda va faqat O‘zbekistonning uyali aloqa operatorlari abonentlariga jo‘natish uchun ishlatiladi.

Xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar, kontent-provayderlarning xizmatlari uchun SMS-so‘rovlar ular bo‘yicha belgilangan tariflarga ko‘ra narxlanadi.

Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.