“MILLIONLAR YAQIN!” Aksiyasi

Chop etish versiyasi

Aksiya o‘tkaziladigan vaqt: 2015 yil 10 sentabrdan 2015 yil 31 oktabr kuni oxirigacha.

Yutuqli o‘yin o‘tkaziladigan (G‘oliblar aniqlanadigan) sana: 18.11.2015 y.

Hududiy qamrov: O‘zbekiston Respublikasining barcha mintaqalari.

Yangi Abonent – 10.09.2015 yildan 31.10.2015 yilgacha bo‘lgan davrda “UMS” MChJ bilan mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risida (jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan har qanday tarif rejasi bo‘yicha) ilk marotaba shartnoma tuzgan, aksiya o‘tkazilayotgan davrda mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish hajmi 7 sh.b dan oshgan, shuningdek 31.10.2015 yildagi holatga ko‘ra shaxsiy hisobvarag‘i balansi 0,00$dan ortiq bo‘lgan jismoniy shaxs.

Faol abonent – 10.09.2015 yilgacha bo‘lgan davrda “UMS” MChJ bilan mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risida (jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan har qanday tarif rejasi bo‘yicha) shartnoma tuzgan, aksiya o‘tkazilayotgan davrda mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish hajmi   7 sh.bdan oshgan, shuningdek 31.10.2015 yildagi holatga ko‘ra shaxsiy hisobvarag‘i balansi 0,00 sh.b dan ortiq bo‘lgan jismoniy shaxs.

Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish hajmi deganda “UMS” MChJ tomonidan taqdim etilgan barcha xizmatlar uchun Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idan pul mablag‘lari chiqarib olinishi tushuniladi. Faqat quyidagilar bundan mustasno:

  • “Va’da qilingan to‘lov” xizmati uchun yechilgan mablag‘lar;
  • “Haqi qismlarga bo‘lib to‘lanadigan alohida toifadagi raqam” xizmati uchun yechilgan obuna to‘lovi;
  • alohida toifadagi raqamni tanlash xizmati uchun olingan haq.

Aksiya shartlari:

«UMS” MChJning quyidagi talablarga javob beruvchi Yangi va Faol abonentlari Aksiyada qatnashishi mumkin:

Abonent jismoniy shaxs, O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi bo‘lishi kerak;

Abonent O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim;

Abonent haqi oldindan to‘lanadigan tariflar foydalanuvchisi bo‘lishi zarur;

Abonent tuzgan shartnoma Aksiya o‘tkazilayotgan davrda qonuniy kuchga ega bo‘lishi darkor;

yutuqlar o‘ynalayotgan vaqtda Abonentning SIM-kartasi faol (bandlanmagan) bo‘lishi shart.

Yuqorida aytilgan talablarga javob bermaydigan Abonentlar Aksiyada qatnashish va/yoki Sovrinni olish huquqiga ega emas;

Quyidagi shaxslar Aksiyada qatnasha olmaydilar:

  • Aksiya o‘tkazilayotgan davrda “UMS” bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
  • “UMS” MChJ Tijorat vakillari (dilerlari, ishonchli dilerlari)ning xodimlari.

AKSIYANING YUTUQ FONDI:

Sovrin nomi

Miqdori

Pul mablag‘lari hajmi, so‘m3

Jami, so‘m

BOSh SOVRIN

1

100 000 000

100 000 000

2-SOVRIN

3

5 000 000

15 000 000

3-SOVRIN

10

1 000 000

10 000 000

Jami:

14


125 000 000

1. Bitta O‘yinda Ishtirokchi faqat bitta sovrinni yutishi mumkin.

2. Pul yutuqlari G‘olibning bankdagi hisobvarag‘iga naqdsiz o‘tkazib beriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan soliqlar hamda pul jo‘natmasi yuborilgani uchun bankning xizmat haqi ushlab qolinadi.

YUTUQLAR O‘YNALIShI TARTIBI

1. Yutuqlar o‘ynalishida qatnashish uchun quyidagi bandlarning biri bajarilishi zarur:

  • “UMS” MChJning yangi Abonenti bo‘lish – ushbu Aksiya ta’riflari va shartlariga muvofiq;
  • “UMS” MChJning faol Abonenti bo‘lish – ushbu Aksiya ta’riflari va shartlariga muvofiq.

2. “UMS” MChJning ma’lumotlar bazasida Aksiya ishtirokchilarining barcha abonent raqamlari ro‘yxatga olinadi va keyinchalik ular orasida yutuqlar o‘ynaladi. Ro‘yxatga olishda Abonent “UMS” MChJ bilan shartnoma tuzgan sana, u mobil aloqa xizmatlaridan qay darajada foydalanayotgani (Yangi va Faol Abonent ta’riflariga qarang), shuningdek Abonentning shaxsiy hisobvarag‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.

3. O‘yin quyidagi tarzda o‘tkaziladi:

ishtirokchilarni saralash algoritmiga muvofiq (yuqoridagi Aksiya ta’riflari va shartlariga qarang) Yutuqlar fondi o‘yinida qatnashadigan Aksiya ishtirokchilarining elektron bazasi shakllantiriladi;

“UMS” MChJ shu bazaga kirgan har bir Abonentga SMS-xabar yuborib, quyidagilar haqida xabardor qilish majburiyatini oladi:

  • Abonent o‘yinda qatnashishi;
  • O‘yin o‘tkaziladigan aniq vaqt;
  • Markaziy televideniyening O‘yin jarayoni namoyish qilinadigan kanali nomi.

SOVRINLARNI O‘YNASh

1.Yutuq egalari 2015 yil 18 noyabr kuni soat 13:15da “Yoshlar” telekanali orqali jonli efirda aniqlanadi. 

2. G‘oliblarni aniqlash uchun “UMS” MChJ 3 (uch) kishidan iborat komissiya tuzadi. Bundan maqsad:

  • Sovrinlar o‘ynalishi jarayoni shaffofligiga rioya etilishini monitoring qilish;
  • Aksiya G‘oliblari – pulli sovrinlar egalarini aniqlash;
  • Yutuqlar o‘ynalishi natijalari bo‘yicha tegishli Bayonnomani imzolash yo‘li bilan O‘yin natijalarini tasdiqlash.

3. Kompaniya abonent raqamlari O‘yin natijasida yutuqli deb topilgan Aksiya ishtirokchilarini O‘yin o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida qo‘ng‘iroq qilish yoki SMS-xabar yuborish yo‘li bilan ular sovrin yutganlari to‘g‘risida xabardor qilish majburiyatini oladi.

4. O‘yin natijalari u o‘tkazilgan sanadan boshlab 5 (besh) ish kuni mobaynida Kompaniyaning www.ums.uz saytida joylashtiriladi. Bu xabarda Aksiya g‘oliblarining abonent raqamlari (faqat Operator kodi va raqamning beshta soni), shuningdek bu abonent raqamlari mansub bo‘lgan mintaqalar nomi ko‘rsatiladi.

AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASh ALGORITMI

5.Oldindan (yutuqlar o‘ynaladigan kunga qadar) Aksiyaning har bir Ishtirokchisiga SMS-xabar keladi. Unda Abonent 100 mln. so‘m, 5 mln. so‘m yoki 1 mln. so‘mlik yutuq chiqadigan O‘yin ishtirokchisi ekanligi, shuningdek Sovrinlar o‘ynalishi namoyish etiladigan telekanal nomi hamda Sovrinlar o‘ynaladigan vaqt ma’lum qilinadi.

6. O‘yin o‘tkaziladigan kuni maxsus tayyorlangan studiyada katta baraban hozirlab qo‘yiladi. Baraban ichiga kuponlar solinadi. Har bir kuponda Ishtirokchining abonent raqami ko‘rsatiladi (bitta kupon – bitta raqam). Barabandagi kuponlar miqdori Aksiya Ishtirokchilari soniga teng bo‘ladi.

7. Boshlovchi Komissiya a’zolarining har birini sahnaga alohida-alohida taklif qiladi va ular o‘n to‘rt nafar g‘olibni – pulli sovrinlar egalarini aniqlaydilar (“Aksiyaning yutuq fondi” bo‘limiga qarang).

8. Komissiyaning birinchi a’zosi baraban aylantirilgach, birma-bir 10 (o‘n)ta kuponni chiqarib oladi. Shu tariqa o‘n nafar G‘olib – “3-sovrin” egalari aniqlanadi.

Kuponda qayd etilgan har bir abonent raqami Komissiyaning boshqa a’zolariga ko‘rsatiladi, shuningdek “UMS” texnik xodimiga ma’lum qilinadi. U ishtirokchilarning ma’lumot bazasidan raqamni topadi. Identifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan abonent raqami yutuqli deb e’tirof etiladi va televizor ekranida aks ettiriladi. Aksiya G‘oliblarining shaxsiy raqamlari hammaga oshkor qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ekranda abonent raqamlarining ikkita soni ko‘rsatilmaydi. Butun raqamning faqat beshta soni – raqamning oxirgi to‘rt xonasi hamda abonent raqamidagi dastlabki uchta sonning biri (faqat noyob son) ochiladi.

Shuningdek, ekranda abonent raqamlari mansub bo‘lgan mintaqalar nomi aks etadi.

9. So‘ng boshlovchi Komissiyaning ikkinchi a’zosini taklif qiladi. U uch nafar G‘olib – “2-sovrin” egalarini aniqlaydi (“Aksiyaning yutuq fondi” bo‘limiga qarang). Bunda ham 3-sovrin egalari aniqlangandagi kabi bosqichlar bosib o‘tiladi.

10. Keyin boshlovchi Komissiyaning uchinchi a’zosini taklif qiladi. U bitta G‘olib – “Bosh sovrin” egasini aniqlaydi (“Aksiyaning yutuq fondi” bo‘limiga qarang). Bunda ham 2 va 3-sovrin egalari aniqlangandagi kabi bosqichlar bosib o‘tiladi.

Boshlovchi jonli efirda kuponda ko‘rsatilgan telefon orqali G‘olib – “Bosh sovrin” egasi bilan bog‘lanadi. G‘olib bilan bog‘lanish uchun kuponda ko‘rsatilgan abonent raqami bo‘yicha ko‘pi bilan 2 (ikki) marta qo‘ng‘iroq qilishga urinib ko‘riladi4.

Aksiya G‘oliblarini tabriklash marosimi “UMS” MChJ tomonidan qo‘shimcha ravishda belgilanadigan joyda bo‘lib o‘tadi. Marosim o‘tkaziladigan joy, sana hamda vaqt Aksiya Ishtirokchilariga www.ums.uz saytida axborot joylashtirish yo‘li bilan qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

SOVRINLARNI OLISh TARTIBI, MUDDATI, JOYI VA ShARTLARI

Sovrinlarni rasmiylashtirish va berish muddatlari:

  • O‘yin G‘oliblari yutuqni rasmiylashtirish uchun zarur barcha hujjatlarni (ushbu bo‘limning 3-bandiga qarang) O‘yin o‘tkazilgan kundan boshlab 20 (yigirma) ish kuni ichida taqdim etishlari shart;
  • “UMS” MChJ yutuq hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 20 (yigirma) ish kuni ichida Aksiya G‘olibiga pul mablag‘larini ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan miqdorda to‘lash majburiyatini oladi.

1. Sovrinni olishga faqat “UMS” MChJ bilan shartnoma imzolagan, O‘yinda g‘olib chiqqan jismoniy shaxs da’vogar bo‘lishi mumkin.

2. Yutuq O‘zbekiston Respublikasining istalgan bankida O‘yin G‘oliblari nomiga ochilgan bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Yutuq summasidan O‘zR Soliq kodeksining “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolish” degan 185-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslar daromadidan soliq ushlab qolinadi.

“UMS” MChJ soliq agenti sifatida, sovrin yutib olgan har bir ishtirokchiga to‘lanadigan summalardan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda soliqlar va yig‘imlarni ushlab qoladi hamda to‘laydi.

O‘yin G‘olibining yutug‘i summasi o‘tkazilayotganda bu pul mablag‘laridan quyidagilar ushlab qolinadi5:

  • jismoniy shaxslar daromadidan soliq;
  • “UMS” MChJga xizmat ko‘rsatuvchi bankdan G‘olibga xizmat ko‘rsatuvchi bankka pul mablag‘larini o‘tkazish protsedurasida ko‘zda tutilgan vositachilik haqi;

3. “UMS” MChJ soliqlar va yig‘imlarni Aksiya yutuq fondida ko‘zda tutilmagan o‘z resurslari hisobidan to‘lash majburiyatini olmaydi.

4. G‘oliblar faqat Toshkent shahridagi “UMS” MChJning abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilib, o‘z sovrinlarini olishlari mumkin.

Agar G‘olib belgilangan muddatda pul mablag‘ini (sovrin toifasida ko‘zda tutilgan mablag‘ni) olish uchun abonentlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilmasa, “UMS” MChJ sovrinni bermasligi mumkin. Bunda pulli yutuq summasi “UMS” MChJ ixtiyorida qoladi.

“UMS” MChJ ushbu pul summasini qaytadan o‘yinga qo‘yish huquqiga ega (11-bandga qarang).

5. O‘yin G‘olibi sovrinni olishdan avval “UMS” MChJning Toshkent shahridagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga shaxsan murojaat qilib, quyidagilarni taqdim etishi zarur:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (asl nusxa);
  • STIR (INN);
  • jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvarag‘i (INPS);
  • Abonent (O‘yin G‘olibi) bilan “UMS” MChJ o‘rtasida tuzilgan abonent shartnomasi;
  • G‘olib bilan unga xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
  • bank hisobvarag‘i rekvizitlari;
  • G‘olibning bank hisobvarag‘iga pul summasi o‘tkazilishiga rozilik to‘g‘risida tilxat.
  • G‘olib “UMS” MChJ yoki uning Tijorat vakili bilan mehnat munosabatlarida (diler, ishonchli diler) emasligi, shuningdek yaqin qarindoshlari “UMS” MChJning xodimi emasligi to‘g‘risida tilxat;

6. “UMS” MChJ quyidagi hollarda G‘olibning yutug‘ini bekor qilish huquqiga ega:

  • G‘olib Aksiyada qatnashish shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda;
  • ushbu Bo‘limning 5-bandida qayd etilgan zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortilganda/taqdim etilmaganda;
  • ushbu Bo‘limning 5-bandida qayd etilgan zarur hujjatlarda yolg‘on ma’lumotlar berilgani aniqlanganda.

Yutuq natijalari bekor qilingan taqdirda “UMS” MChJ mazkur yutuqda ko‘zda tutilgan sovrinni qayta o‘yinga qo‘yish huquqiga ega (11-bandga qarang).

7. «UMS” MChJ pul summasini naqd shaklda to‘lash majburiyatini olmaydi.

8. Agar Aksiya G‘olibi Toshkent shahrida yashamaydigan bo‘lsa, “UMS” MChJ G‘olibning Toshkent shahriga kelishi bilan bog‘liq biron-bir xarajatini (Toshkent shahriga kelish-ketish, mehmonxonaga joylashish, ovqatlanish va boshqa xarajatlarni) to‘lash majburiyatini olmaydi.

Aksiya G‘oliblari har qanday sababga ko‘ra pul yutug‘ini (sovrin toifasida ko‘zda tutilgan yutuqni) olmasa yoki olishni rad etsa, talab qilib olinmagan sovrinlar “UMS” MChJning mulki bo‘lib qoladi.

“UMS” MChJ mazkur sovrinlarni qayta o‘yinga qo‘yish huquqiga ega (11-bandga qarang).

9. G‘olib Sovrinlarni olish tartibida ko‘zda tutilgan barcha talablar va shartlarni bajarmagan taqdirda, “UMS” MChJ G‘olibga Sovrin berilishini rad etish huquqiga ega.

10. «UMS” MChJ quyidagilar uchun javob bermaydi:

  • ishtirokchilar www.ums.uz saytida joylashtirilgan g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishish imkoniga ega emasliklari;
  • Sovrinlarni olish uchun zarur ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning o‘z aybi bilan yoki Ishtirokchi va/yoki “UMS” MChJning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra olinmasligi/kechikib olinishi;
  • Aksiya ishtirokchilari Sovrinlarni olish tartibida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarmasliklari (kechikib bajarishlari);
  • Aksiya g‘oliblari Sovrinlarni talab qilmaganlarida yoki rad etganlarida ularni olmasliklari;
  • Uchinchi shaxslarning aybi bilan va/yoki fors-major vaziyatlar sababli sovrinlarni G‘oliblarga topshirish borasidagi majburiyatlarni bajarib bo‘lmasligi.

11. “UMS” MChJ takroriy O‘yin o‘tkazish (4, 6 va 8-bandlarda ko‘zda tutilgan hollarda) muddatlarini mustaqil belgilash huquqiga ega. “UMS” MChJ takroriy O‘yinning barcha tafsilotlari va natijalarini www.ums.uz saytida e’lon qilish majburiyatini oladi.

ESLATMALAR

1. Sovrinni yutgan ishtirokchilar “UMS” MChJning iltimosiga ko‘ra reklama maqsadida intervyu berish, foto va videotasvirga tushish majburiyatini oladilar, intervyudan, g‘olib tasvirlangan foto va videomateriallardan ommaviy axborot vositalarida foydalanishga, shuningdek sovrinlarni berish uchun “UMS” MChJdagi shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishiga rozilik beradilar.

2. Yuqorida aytilgan tadbirlarda qatnashganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaydi, yuqoridagi tadbirlar natijasida olingan materiallarga doir huquqlar “UMS” MChJga tegishli bo‘ladi, faqat Ishtirokchi bilan “UMS” MChJ o‘rtasida yozma ravishda boshqa shartlar kelishilgan holatlar bundan mustasno.

3. Aksiya Ishtirokchilari Aksiyada qatnashish va sovrinlarni olish bilan bog‘liq barcha harakatlarni ushbu Hujjatda belgilangan muddatlarda amalga oshirishlari shart.

4. “UMS” MChJ Aksiya bo‘yicha Yutuqlar o‘yinini o‘tkazish hamda O‘yin g‘oliblariga sovrinlarni berish ishlarini ushbu Hujjatda ko‘zda tutilgan muddatlarda bajarishi shart.

5. “UMS” MChJ Aksiya ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berishga haqli emas. Faqat O‘yinni o‘tkazish Protsedurasida va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida boshqacha yo‘l tutish ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.

6. “UMS” MChJ Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa tarzda aloqada bo‘lmaslik huquqiga ega. Faqat ushbu Hujjatda va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.

7. Aksiyada qatnashadigan Ishtirokchi Aksiya Ta’riflari, Muddatlari, Shartlari va Eslatmalari, shuningdek sovrinlarni olish Tartibi bilan to‘liq tanishganligi va ularga roziligini tasdiqlaydi.

8. “UMS” MChJ Aksiya qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega. Aksiya shartlari o‘zgargan taqdirda “UMS” MChJ tegishli axborotni www.ums.uz rasmiy saytida joylashtirish majburiyatini oladi.

Aksiyani o‘tkazish to‘xtatilgan taqdirda “UMS” MChJ o‘zining www.ums.uz rasmiy saytida tegishli xabarni joylashtirish majburiyatini oladi.

AKSIYA IShTIROKChILARINI UNING ShARTLARI TO‘G‘RISIDA XABARLASh TARTIBI

1. Aksiyaning batafsil shartlari “UMS” MChJning www.ums.uz rasmiy saytida e’lon qilinadi. Aksiya G‘oliblari to‘g‘risidagi axborot O‘yin o‘tkazilganidan keyin 5 (besh) ish kuni ichida joylashtiriladi.

2. O‘yin namoyish qilinadigan telekanal va vaqt “UMS” MChJ tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. O‘yin namoyish qilinadigan telekanal va vaqt to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularni www.ums.uz saytida joylashtirish, shuningdek SMS-xabarlar yuborish yo‘li bilan Ishtirokchilarga oldindan yetkaziladi. “UMS” MChJ Aksiya o‘tkazilayotganda telekanalni almashtirish huquqiga ega.

3. “UMS” MChJ Abonentlari Aksiya haqidagi axborotni 0890 telefoni orqali ham olishlari mumkin.

4. Abonentlarga Aksiya shartlari to‘g‘risidagi axborot “UMS” MChJ abonentlariga xizmat ko‘rsatish markazlarida, sotuv ofislarida, shuningdek “UMS” MChJ tijorat vakillarining punktlarida taqdim etiladi.

5. Aksiyaning shartlari to‘g‘risidagi axborot, yuqorida aytilganlariga qo‘shimcha ravishda, “UMS” MChJning qarori bilan tegishli ma’lumotlarni bosma ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, televideniye, radio orqali, Kompaniyaning rasmiy sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlarda va/yoki boshqa ommaviy axborot kanallari orqali berish yo‘li bilan e’lon qilinishi mumkin.


1 Aksiya o‘tkazilayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank belgilagan AQSh dollari kursi bo‘yicha so‘m (O‘zRning milliy valutasi)da.

2 Aksiya o‘tkazilayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank belgilagan AQSh dollari kursi bo‘yicha so‘m (O‘zRning milliy valutasi)da.

3 Umumiy summasi 100 000 000 (yuz million) so‘m, 5 000 000 (besh million) so‘m yoki 1 000 000 (bir million) so‘mni tashkil etuvchi O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasidagi pul mablag‘lari.

4 Mabodo, biron-bir sababga ko‘ra Aksiya G‘olibi bilan jonli efirda bog‘lanishning imkoni bo‘lmasa, “UMS” MChJ O‘yin natijalariga ko‘ra abonent raqamlari yutib chiqqan Aksiya ishtirokchilariga Yutuqlar o‘ynalgan vaqtdan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida telefon orqali yoki SMS-xabar yuborish yo‘li bilan ularga yutuq chiqqanini xabar qilish majburiyatini oladi.

5 Ushlanmalar pul operatsiyasi bajarilayotgan vaqtda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.