«Perfect +!» aksiyasi

Chop etish versiyasi

Aksiya o‘tkazilish muddati: 08.08.2017 dan 30.09.2017 gacha.

 

1.             Toshkent shahridagi tijorat vakillari ofislarida “Perfect” tarif rejasiga ulanayotgan abonentlar uchun quyidagi toifalaridagi raqamlarga 60% chegirma beriladi:

 


Toshkent shahri

Raqam toifasi

Raqam ulashning avvalgi (chegirmasiz) narxi

 

Aksiya doirasida chegirma hajmi, %

Taqdim etilgan chegirma summasi*

Raqam ulashning hozirgi  (aksiya bo‘yicha) narxi

 

Platinum Plus

25 000 sh.b

60%

15 000 sh.b

10 000 sh.b

Platinum

10 000 sh.b

60%

6 000 sh.b

4 000 sh.b

Super gold

5 000 sh.b

60%

3 000 sh.b

2 000 sh.b


 

2.      Butun O'zbekiston bo'yicha (Toshkent shahridan tashqari) tijorat vakillari ofislarida “Perfect” tarif rejasiga ulanayotgan abonentlar uchun quyidagi toifalaridagi raqamlarga 70% chegirma beriladi:

 


Butun  O‘zbekiston bo‘yicha (Toshkent shahridan tashqari)

Raqam toifasi

Raqam ulashning avvalgi (chegirmasiz) narxi

Aksiya doirasida chegirma hajmi, %

Taqdim etilgan chegirma summasi*

Raqam ulashning hozirgi  (aksiya bo‘yicha) narxi

 

Platinum Plus

25 000 sh.b

70%

17 500 sh.b

7 500 sh.b

Platinum

10 000 sh.b

70%

7 000 sh.b

3 000 sh.b

Super gold

5 000 sh.b

70%

3 500 sh.b

1 500 sh.b

Gold

1000 sh.b

70%

700 sh.b

300 sh.b


 

Aksiya doirasida taqdim etilgan chegirma abonent kamida 365 kun davomida “Perfect” tarif rejasidan foydalansagina amal qiladi.  

Izohlar:

  • Aksiyada faqat “Perfect” TR ning yangi abonentlari ishtirok etishlari mumkin.

  • Ushbu aksiya faqat UMS ning tijorat vakillari (dilerlar) ofislarida ulangan abonentlar uchun amal qiladi.

  • Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan xolda ko’rsatilgan.

  • Hisob-kitoblar to‘lov kunidagi O‘zmarkazbank kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.

  • Xizmat UMS tarmog‘iga ulangan barcha abonentlar uchun amal qiladi.

  • “Perfect+!” aksiyasi bo‘yicha chegirmalar faqat aksiyada e’lon qilingan raqamlar toifalari uchun amal qiladi.

  • Chegirma alohida toifadagi raqamning kunlik abonent to‘loviga amal QILMAYDI.

  • Raqamalr soni cheklangan.

  • “Platinum Plus”, “Platinum”, “Super gold” yoki “Gold” toifasidagi raqamlar 30.09.2017 gacha yakunlansa, Aksiya muddatidan avval yakunlanadi.

  • Raqamning haqi (chegirmani inobatga olgan holda) abonent tomonidan to‘laligicha ulanayotganda to‘lanadi.

  • Ulangan kundan boshlab 14 kun ichida raqam haqi (aksiya bo'yicha chegirmani inobatga olgan holda) to'laligicga to'lanmagan bo'lsa, Kompaniya Abonent bilan bilan shartnomani bekor qilish va ushbu haqi to'lanmagan raqamni qayta sotuvga chiqarishga haqli.

  • Agar abonent aksiya o‘tkazilayotgan muddatda raqam xarid qilsa, lekin uning to‘lovi aksiya yakunlangandan (30.09.2017 dan) keyin, lekin 14.10.2017 gacha bo‘lgan muddatda amalga oshirilsa, chegirmalar amal qiladi.

Masalan, 30-sentabr kuni abonent Toshkent shahrida “Perfect” TR ga "Super Gold” raqami bilan ulandi, lekin raqam haqini 2-oktabr kuni to‘ladi. Bunday holatda "Super Gold” toifasidagi raqam uchun haq 2000 sh.b miqdorda (chegirma bilan) 2-oktabr kuni yechib qolinadi.

  • Agar abonent aksiya o‘tkazilayotgan muddatda raqam xarid qilsa, lekin uning to‘lovini aksiya yakunlangandan (30.09.2017 dan) keyin va hattoki 14.10.2017 dan keyin ham amalga oshirmasa, chegirmalar bekor qilinadi. Bunday holatda kompaniya abonent bilan shartnomani bekor qilishga va raqamni yana sotuvga chiqarishga haqli.

Masalan, 30-sentabr kuni abonent Toshkent shahrida “Perfect” TR ga "Super Gold” raqami bilan ulandi, lekin raqam haqi 14 oktabr holati bo‘yicha ham to‘lanmadi. Bunday holatda kompaniya abonent bilan shartnomani bekor qilishga va raqamni yana sotuvga chiqarishga haqli.

  • “Perfect” tarifidan boshqa tarifga o‘tish faqat UMS ga qarashli ofislarda abonentning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi.

  •  Agar abonent «Perfect» TR dan 35 sh.b ko‘proq abonent to‘loviga ega tarif rejasiga o‘tsa, (qancha vaqt o‘tganidan qat’iy nazar) alohida toifadagi raqam uchun aksiya bo‘yicha chegirma saqlanib qoladi. Bu holatda abonent hisob raqamidan o‘tilayotgan tarif abonent to‘lovi yechib qolinadi. Agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, tarif o‘zgartirilmaydi.

  • Agar abonent «Perfect» TR dan kamroq abonent to‘loviga ega boshqa tarif rejalariga ulangan kundan boshlab 365 kundan (to‘liq 1 yildan) SO‘NG o‘tsa,  alohida toifadagi raqam uchun aksiya bo‘yicha chegirma saqlanib qoladi. Bu holatda abonent hisob raqamidan o‘tilgan tarif rejasi uchun abonent to‘lovi + o‘tish uchun haq yechib qolinadi. Agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, tarif o‘zgartirilmaydi.

  • *Agar abonent ulangan kundan boshlab 365 kundan (to‘liq 1 yil) AVVAL «Perfect» TR dan kamroq abonent to‘loviga ega boshqa tarif rejalariga o‘tsa,  alohida toifadagi raqam uchun aksiya bo‘yicha chegirma bekor qilinadi hamda abonent belgilangan chegirma haqini to‘laligicha to‘lashi kerak. Bu holatda abonent hisob raqamidan o‘tilgan tarif rejasi uchun abonent to‘lovi + o‘tish uchun haq + alohida toifadagi raqam uchun chegirma haqi yechib qolinadi. Agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, tarif o‘zgartirilmaydi.

  • Chegirmalar aksiyada ishtirok etayotgan raqamlar taqdim etilganida amal qiladi.

  • Aksiya bo‘yicha ulanayotgan abonent “Perfect+!” aksiyasi shartlari haqida ogohlantirish blanki”ga imzo qo‘yishi kerak.