«Yangi yil arafasida chegirmalar!» aksiyasi

Chop etish versiyasi

1. Toshkent shahrida «777 Year», «Maxi Year» yoki «Ultra Year» tarif rejalariga ulanayotgan abonentlar uchun shartlar:

  • Yuqorida ko‘rsatilgan tarif rejalariga ulanganda “Platinum” toifasidagi raqamlarga ulanish uchun 90% chegirma taqdim etiladi:

Chegirmalarni taqdim etish muddati: 2017-yil 18-dekabrdan 2018-yil 3-yanvar yakunigacha.

Toshkent shahri

Raqam toifasi

Raqamni chegirmasiz ulash narxi

Aksiya bo‘yicha beriladigan chegirma, %

Taqdim etilgan chegirma summasi*

Aksiya bo‘yicha raqamning yakuniy narxi

Platinum

42 103 500 (so‘m)

90%

37 893 150 (so‘m)

4 210 350 (so‘m)

Aksiya bo‘yicha raqamni ulash haqi ulanish kunining o‘zida to‘laligicha to‘lanadi.

Raqamlar soni cheklangan.

“Platinum” toifasidagi raqamlar yakunlanib qolsa, aksiya 03.01.2018 y.gacha yakunlanishi mumkin.

2. Butun O‘zbekiston bo‘yicha (Toshkent shahridan tashqari) «777 Year», «Maxi Year» yoki «Ultra Year» tarif rejalariga ulanayotgan abonentlar uchun shartlar:

  • Yuqorida ko‘rsatilgan tarif rejalariga ulanganda, “Super Platinum” toifasidagi raqamlarni ulash uchun 85% chegirma, “Platinum Plus” toifasidagi raqamlarni ulash uchun 88% chegirma, “Platinum ” toifasidagi raqamlarni ulash uchun 90% chegirma taqdim etiladi:

Chegirmalarni taqdim etish muddati: 2017-yil 18-dekabrdan 2018-yil 3-yanvar yakunigacha.

Butun O‘zbekiston (Toshkent shahridan tashqari)

Raqam toifasi

Raqamni chegirmasiz ulash narxi

Aksiya bo‘yicha beriladigan chegirma, %

Taqdim etilgan chegirma summasi*

Aksiya bo‘yicha raqamning yakuniy narxi

Super Platinum

210 517 500 (сум)

85%

178 939 875 (сум)

31 577 625 (сум)

Platinum Plus

105 258 750 (so‘m)

88%

92 627 700 (so‘m)

12 631 050 (so‘m)

Platinum

42 103 500 (so‘m)

92%

38 735 220 (so‘m)

3 368 280 (so‘m)

Raqamlar soni cheklangan.

“Platinum”, “Platinum Plus”, «Super Platinum» toifasidagi raqamlar yakunlanib qolsa, aksiya 03.01.2018 y.gacha yakunlanishi mumkin.

Izohlar:

  • Aksiyada «777 Year», «Maxi Year», «Ultra Year» TR ning faqat yangi abonentlari ishtirok etishlari mumkin.
  • Faqat UMS ga qarashli ofislarda ulanish mumkin.
  • Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
  • Aksiya UMS tarmog‘i ulangan yangi abonentlar uchun amal qiladi.
  • “Yangi yil arafasida chegirmalar!” aksiyasi bo‘yicha chegirmalar faqat yuqorida ko‘rsatilgan raqam toifalari uchun amal qiladi.
  • Abonent aksiya o‘tkazilayotgan muddatda belgilangan tartib bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, lekin raqam uchun to‘lovni aksiya yakunlangandan keyin to‘lasa (03.01.2018 y. dan keyin), taqdim etilgan chegirma o‘z kuchida qoladi.

Masalan, Toshkent shahrida “Ultra Year” TR ga “Platinum” toifasifagi raqam bilan 30-dekabr kuni ulangan abonent to‘lovni 2-yanvar kuni amalga oshirdi. Bu holatda 2-yanvar kuni “Platinum” raqami uchun chegirma inobatga olingan haq - 4 210 350 (so‘m) yechib qolinadi.

  • Abonent (jismoniy shaxs) 18-dekabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, lekin raqam uchun to‘lovni 18-dekabrdan keyin to‘lasa taqdim etilgan chegirma o‘z kuchida qoladi.

Masalan, Toshkent shahrida “Ultra Year” TR ga “Platinum” toifasifagi raqam bilan 30-dekabr kuni ulangan abonent to‘lovni 2-yanvar kuni amalga oshirdi. Bu holatda 2-yanvar kuni “Platinum” raqami uchun chegirma inobatga olingan haq - 4 210 350 (so‘m) yechib qolinadi.

  • «777 Year», «Maxi Year», «Ultra Year» tarif rejasidan boshqa tarif rejasiga o‘tish faqat UMS ofislarida abonentning yozma ariza asosida amalga oshiriladi.
  •  Abonent «777 Year», «Maxi Year» yoki «Ultra Year» tarif rejasidan boshqa tarif rejaga o‘tsa yoki shartnoma bekor qilinsa, abonent to‘lovi uchun yechib olingan haq qaytarib berilmaydi.