«MEGAbaytlarni g‘amlab oling!» aksiyasi

Chop etish versiyasi

Aksiya o‘tkazilish muddati: 2017-yil 27-noyabrdan 30-noyabr yakunigacha.

Aksiya shartlariga ko‘ra, kuymaydigan Internet-to‘plamlarni eng ko‘p hajmda xarid qilgan 25 abonent huddi shuncha hajmdagi megabaytlarni bepul sovg‘a sifatida oladi. Bepul megabaytlarning amal qilish muddati 30 kun.

Shartlar:


Aksiyada faqat jismoniy shaxslar – “UMS” MChJ abonentlari ishtirok etishi mumkin.

Bonus faqat raqam balansi musbat bo‘lgan abonentlarga taqdim etiladi.

G‘oliblarni aniqlash uchun 2017-yil 27 noyabrdan 30-noyabr yakunigacha xarid qilingan megabaytlar hajmi qo‘shiladi. Bunda faqat kuymaydigan megabaytlar inobatga olinadi.

Eng ko‘p megabayt to‘plagan abonent birinchi o‘rin egasi, deb olinadi. Qolgan 24 abonent shu tartibda eng ko‘p hajmdan kamayib borishga qarab aniqlab boriladi.

Agar bir nechta abonentning xarid qilgan megabaytlari hajmi 25-o‘rinda bo‘lgan abonentniki bilan bir xil bo‘lsa, ularning barchasiga bepul megabaytlar taqdim etiladi.

Bonusli megabaytlar 2017-yil 5-dekabr kuni taqdim etiladi va ularning amal qilish muddati shu kundan boshlab 30 kunga teng bo‘ladi.

Megabaytlardan foydalanish uchun abonentda “Mobil Internet” xizmati faol bo‘lishi kerak.

Bonusli trafik abonentning balans holatidan (musbat yoki manfiyligidan)qat’iy  nazar belgilangan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi.