Bayramona bahorgi aksiya!

Chop etish versiyasi

“Bayramona megabaytlar” aksiyasi 2018 yilning 1-martidan 8 marti yakunigacha davom etadi.

Aksiya haqida ma’lumot: 2018-yilning 1-martidan 8 marti yakunigacha “Bayramona 888 MB” Internet-to‘plamini yoki katta hajmdagi Internet-to‘plamni (1000 MB, 2000 MB, 3000 MB, 5000 MB, 10000 MB, 20 000 MB) xarid qilgan abonent “Bayramona megabaytlar” aksiyasi ishtirokchisiga aylanadi.

Aksiya g‘oliblarini aniqlash: 2018-yil 9-mart kuni yuqoridagi shartlarni bajargan abonentlarga tartib raqami beriladi. UMS xodimlari kompaniyaning Facebook dagi rasmiy sahifasidagi online efirda randomizer yordamida tasodifiy beshta g‘olibni aniqlaydi. Har bir g‘olibga sov‘ga – Samsung Galaxy S8 smartfoni taqdim etiladi.

Aksiya g‘oliblari kompaniyaning rasmiy www.ums.uz saytida e’lon qilinadi.

“Bayramona 888 MB” Internet-to‘plami ta’rifi:

  • Bayramona 888 MB – bu 888 MB hajmdagi Internetni o‘z ichiga olgan Intenret-to‘plam bo‘lib, oylik Internet-to‘plamlarga qo‘shiladi.

  • “Bayramona 888 MB” Internet-to‘plamining narxi – 21 051,75 so‘m (QQS bilan).

  • Aksiya yakunlangandan keyin xohlagan hajmdagi oylik Internet-to‘plam xarid qilinganda “Bayramona 888 MB” Internet-to‘plami qoldig‘i ularning hajmiga qo‘shiladi.

  • “Bayramona 888 MB” Internet-to‘plamining amal qilish muddati – 30 kun.

Trafik sarflanish tartibi:

Kunlik Internet-to‘plam -> Haftalik Internet-to‘plam -> Tarif rejasi bo‘yicha trafik -> xarid qilingan OnNet to‘plamlari -> “Bayramona 888 MB” Internet-to‘plami va oylik to‘plamlar -> Qolgan barcha to‘plamlar (promo Internet-to‘plamlar va h.k.).

  • “Bayramona 888 MB” Internet-to‘plamidan faqat musbat balansda, raqam bandlanmagan holatda foydalanish mumkin.

  • Internet-to‘plamni faollashtirish *102*888#

  • Qolgan MB larni tekshirish uchun *102# USSD-buyrug‘idan foydalanish yoki 616019 raqamiga 3 ni yuborish mumkin.

Aksiya shartlari:

  • Aksiyada ishtirok etish uchun abonent “Bayramona 888 MB” Internet-to‘plamini yoki katta hajmdagi Internet-to‘plamni (1000 MB, 2000 MB, 3000 MB, 5000 MB, 10000 MB, 20 000 MB) xarid qilishi shart.

  • Yuqoridagi shartni bajarmagan abonentlar aksiyada ishtirok eta olmaydilar va/yoki sovringa da’vogar bo‘la olmaydilar.

Aksiyada quyidagilar ishtirok eta olmaydilar:

  • Aksiya o‘tkazilayotgan davrda “UMS” MChJ xodimi bo‘lgan (fmehnat shartnomasi tuzilgan shaxslar) va ularning yaqin qarindoshlari;

  • “UMS” MChJ bilan FQH dagi shartnomasi bo‘lgan jismoniy shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;

  •  “UMS” MChJ ning tijorat vakillari, ularning xodimlari (dilerlar, ularning ichonchli vakillari, operatorlar va h.k.) hamda ularning yaqin qarindoshlari;

  • Bitta abonent faqat bitta sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.

SOVRINLARNI OLISH TARTIBI, MUDDATI, JOYI VA SHARTLARI

  1. Sovrinni faqat “UMS” MChJ bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzgan jismoniy shaxs – aksiya G‘olibi qo‘lga kiritishi mumkin.
  2. Aksiya g‘oliblari g‘oliblar aniqlangan va natijalar e‘lon qilingan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kuni davomida Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi manzili bo‘yicha kompaniyaning bosh ofisiga murojaat qilishlari kerak.
  3. Aksiya g‘oliblari faqat Toshkent shahridagi bosh ofisning abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilib, sovrinni olishlari mumkin.
  4. G‘olib sovrinni olish uchun belgilangan muddatda “UMS” MChJ bosh ofisiga murojaat qilmasa, “UMS” MChJ unga sovrinni berishdan bosh tortishi mumkin. Sovrin “UMS” MChJ da qoladi hamda qayta o‘ynalmaydi.
  5. Sovrinni olish uchun aksiya g‘olibi abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga shaxsan o‘zi murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
    • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asl nushasi;
    • STIR;
    • ИНПС;
    • abonent va “UMS” MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
    • sovrin qiymati O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 186 moddasiga ko‘ra jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan yillik umumiy daromadlar bo‘yicha taqdim etadigan deklarasiyasi asosida soliq organlari tomonidan soliqqa tortilishidan abonent xabardor ekanligi haqida ariza.

  6. Sovrin olayotganda abonent abonentning shaxsiy ma’lumotlari va sovrin haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan barcha hujjatlarni imzolashi shart .
  7. Aksiya g‘olibi kerakli hujjatlarni taqdim etishdan yoki ularga imzo qo‘yishdan bosh tortsa, bu harakatlar sovrin olishdan bosh tortish, deb baholanadi.
  8. Aksiya g‘olibi Toshkent shahrida yashamasa, “UMS” MChJ uni Toshkent shahriga kelish va u yerda turish harajatlarini qoplamaydi.
  9. Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talab va shartlarni bajarmagan g‘olibga “UMS” MChJ sovrinni berishdan bosh tortishga haqli.
  10. “UMS” MChJ sovrinlar qiymati bo‘yicha soliqlarni to‘lashni o‘z zimmasiga olmaydi.
  11. “UMS” MChJ quyidagilar uchun javobgar emas:
    • g‘olib yoki uchinchi shaxslar aybi bilan sovrinlarni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar vaqtida yoki umuman taqdim etilmaganiga;
    • g‘oliblar sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talab va shartlarni umuman yoki vaqtida bajarmaganligi uchun;
    • g‘oliblar sovrinlarni olish uchun murojaat qilmaganligi uoki ulardan voz kechganligi uchun.

Izohlar:

  • Sovrindorlar “UMS” MChJ iltimosiga ko‘ra intervyu berishlari, reklama maqsadlarida foto va videosyomkalarda ishtirok etishlari mumkin. Ular bu reklama mahsulotlarini kompaniya OAV da va ijtimoiy taqmoqlarda joylashtirishiga, shuningdek, sovrinlarni olish uchun shaxsiy ma’lumotlarini kompaniyaga taqdim etishga ruxsat berishadi.
  • Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlarda ishtirok uchun g‘oliblarga kompaniya tomonidan qo‘shimcha haq to‘lanmaydi. Ushbu tadbirlar o‘tkazilishi natijasida yaratilgan materiallar uchun huquqlar (“UMS” MChJ va g‘olib o‘rtasida yozma ravishda o‘zga shartlarni o‘z ichiga olgan kelishuv bo‘lmasa) “UMS” MChJ ga tegishli bo‘ladi.
  • Aksiya ishtirokchilari aksiyada ishtirok etish va sovrinlarni olish bilan bog‘liq barcha harakatlarni ushbu hujjatda belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.
  • “UMS” MChJ aksiyaning sovrinlar o‘yinini ushbu hujjatda belgilangan shartlar va muddatlar bo‘yicha o‘tkazishi shart.
  • “UMS” MChJ aksiya ishtirokchisi haqidagi ma’lumotni boshqa shaxslarga berish huquqiga ega emas (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar hamda aksiyaning shartlari bilan bog‘liq hollar bundan mustasno).
  • “UMS” MChJ aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar olib borishi yoki boshqa aloqalar qilmaslik huquqiga ega (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar hamda aksiyaning shartlari bilan bog‘liq hollar bundan mustasno).
  • Ishtirokchi aksiyada ishtirok etar ekan, aksiyaning tavsiflari, muddatlari, shartlari va izohlari, sovrinlarni olish tartibi bilan tanish ekanligini tasdiqlaydi.
  • “UMS” MChJ aksiya shartlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Aksiya shartlarida o‘zgarishlar bo‘lsa, “UMS” MChJ bu haqidagi ma’lumotni www.ums.uz saytida joylashtirish majburiyatini oladi.
  • Aksiya o‘tkazilishi to‘xtatilsa, “UMS” MChJ bu haqidagi ma’lumotni www.ums.uz saytida joylashtirish majburiyatini oladi.