«Abituriyentga megabaytlar» aksiyasi

Chop etish versiyasi

Aksiya o‘tkazilayotgan muddat: 2018-yilning 19-iyunidan 2018-yilning 31-iyul yakunigacha 

Aksiya o‘tkazilayotgan muddatda «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Premial», «Ideal», «VIP» tarif rejalaridan biriga ulangan abituriyentlarga quyidagi internet-to‘plamlar 100% chegirma bilan taqdim etiladi:

Tarif rejasi nomi

To‘plam nomi

To‘plam hajmi

To‘plamni 100% chegirma bilan taqdim etish muddati

Optimal





«Abituriyent 1500 MB»





1500 MB








6 (olti) oy davomida

Optimal+

Qulay

Qulay+

Premial


«Abituriyent 2000 MB»


2000 MB

Ideal

VIP

«Abituriyent 3000 MB»

3000 MB

  • «Abituriyent 1500 MB», «Abituriyent 2000 MB», «Abituriyent 3000 MB» to‘plamlarini 100% chegirma bilan «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Premial», «Ideal», «VIP» tarif rejalariga ulaganda olti oy davomida tarif rejasini o‘zgartirib bo‘lmaydi.

  • Aksiya bo‘yicha to‘plamlarni ulash uchun abonent quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: pasportning asl nusxasini, oliygohga o‘qishga topshirganlikni tasdiqlovchi ro‘yxatdan o‘tganlik varaqasi yoki 2017, 2018-yillarda lisey yoki kollejni tamomlaganlik haqida diplom.

  • “Abituriyentga megabaytlar” aksiyasi bo‘yicha 100% chegirma bilan to‘plamlarni ulash faqat “UMS” MChJ ga qarashli ofislarda amalga oshiriladi. 

Aksiya bo‘yicha birinchi to‘plam abonentga qaysi kuni belgilangan bo‘lsa, qolgan to‘plamlar ham kelasi oylarning shu kunlarida belgilanadi.

Masalan, abonentga 1500 MB to‘plami 20-iyun kuni belgilandi, keyingi to‘plamlar kelasi oylarning 20-sanasida (yana besh marta)belgilanadi.

Aksiya amal qiladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.

To‘plamlar bo‘yicha ma’lumot: 

  • «Abituriyent 1500 MB», «Abituriyent 2000 MB», «Abituriyent 3000 MB» to‘plamlarini 100% chegirma bilan «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Premial», «Ideal», «VIP» tarif rejalarida ulash mumkin.

  • Trafik raqam holatidan (bandlangan yoki bandlanmaganidan) qat’iy nazar belgilanadi. MB dan faqat musbat balansda foydalanish mumkin.

  • Birinchi davrdan qolgan foydalanilmagan trafik kelasi davrlarga o‘tmaydi.

  • «Abituriyent 1500 MB», «Abituriyent 2000 MB», «Abituriyent 3000 MB» to‘plamlari belgilangan kundan boshlab olti oy o‘tganidan keyin to‘plamlar avtomatik tarzda bekor qilinadi va ulardan foydalanib bo‘lmaydi. Foydalanilmay qolgan trafik kuqyib ketadi.

  • Bitta abonent raqamiga faqat bitta to‘plam - «Abituriyent 1500 MB», «Abituriyent 2000 MB» yoki «Abituriyent 3000 MB» ni ulash mumkin. Raqamga bittadan ko‘proq to‘plam ulab bo‘lmaydi.

  • Agar abonent raqamida «Abituriyent 1500 MB», «Abituriyent 2000 MB» yoki «Abituriyent 3000 MB» to‘plamlaridan biri ulangan bo‘lsa, boshqa aksiyalar bo‘yicha MB ulab bo‘lmaydi.

 Trafik sarflanish tartibi:

  • Kunlik to‘plam -> Haftalik to‘plam -> Tarif rejasi bo‘yicha to‘plam -> Xarid qilingan OnNet to‘plamlar trafigi -> Qolgan barcha to‘plamlar (xarid qilingan bir martalik to‘plamlar, promo internet-to‘plamlar va boshqalari) -> «Abituriyent 1500 MB», «Abituriyent 2000 MB», «Abituriyent 3000 MB» to‘plamlari.

  •  MB holati va qoldig‘ini bilish uchun *102*0# USSD-buyrug‘idan foydalanish yoki 616165 raqamiga 6 ni SMS-xabar tarzida yuborish mumkin.

 Izohlar

  • Aksiya bo‘yicha to‘plamlar O‘zbekiston hududida “UMS” MChJ tarmog‘ida amal qiladi.

  • Aksiya bo‘yicha bonus to‘plamlar pul ko‘rinishida berilmaydi.

  • Aksiya ishtirokchisi to‘plamning amal qilish muddati yakunlangunga qadar undan voz kechsa, foydalanilmagan MB hajmi pul ko‘rinishida berilmaydi.