«Plyusda bo‘ling!» aksiyasi

Chop etish versiyasi

23.05.2018 y.dan 31.12.2018 y.gacha «Asosiy», «Standart», «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Premial», «Ideal», «VIP» tarif rejalarida bo‘lgan barcha abonentlar «Plyusda bo‘ling!» aksiyasida ishtirok etishlari mumkin.

Aksiya shartlari:

Aksiyada ishtirok etish uchun abonent bonus taqdim etilish muddatlari ko‘rsatilgan SMS-xabarnomani olishi, shu kundan boshlab esa raqam balansini musbat (bandlanmagan) holda saqlab kelishi, ya’ni abonent to‘lovi va boshqa davriy to‘lovlarni vaqtida to‘lashi kerak.

«Plyusda bo‘ling!» aksiyasi uch xil bonusga ega to‘rtta bosqichdan iborat.

1-bosqich

2-bosqich

3- va 4-bosqichlar

300 MB bonus

500 MB bonus

700 MB bonus


Har bir bosqich abonent SMS-xabarnoma olgan kundan boshlab 30 kun davom etadi.

Barcha abonentlar 1-bosqichdan ishtirokni boshlaydilar va shaqrtlarni bajargan holda ikkinchi va keyingi bosqichlarga o‘tishadi.

Agar abonent to‘rtinchi bosqichni muvaffaqiyatli yakunlab, 700 MB ni qo‘lga kiritgandan keyin ham raqam balansini musbat (bandlanmagan) holda ushlab tursa, u har oy 700 MB ga ega bo‘laveradi.

Raqam balansi manfiy (bandlangan) holatga kelsa, abonent aksiyani boshidan, ya’ni birinchi bosqichdan boshlaydi.

Har bir bonus 30 kun amal qiladi va avvalgi muddatdagi bonuslar bilan qo‘shilib bormaydi.

Bonuslardan foydalanish shartlari:

  • Abonent raqami balansi 30 kun ichida biror marta manfiy holatga kelmasa (bandlanmasa)gina unga bonus belgilanishi mumkin.
  • Bonus trafigidan faqat musbat balansda (bandlanmagan holatda) foydalanish mumkin.
  • Bonus MB yakunlangandan keyin yoki to‘plam muddati tugagandan keyin trafik belgilangan narxlar bo‘yicha narxlanadi.
  • Bir vaqtning o‘zida tarif rejasi bo‘yicha MB va bonus MB mavjud bo‘lsa, birinchi bo‘lib tarif rejasi trafigi sarflanadi.
  • Aksiyada faqat yuqorida ko‘rsatilgan tarif rejalari ishtirok etadi, abonent ulardan boshqa (aksiyada ishtirok etmayotgan) tarif rejasiga o‘tib ketsa, bonus bekor qilinadi va MB kuyib ketadi.
  • Bonus to‘plamlardan faqat O‘zbekiston hududida, «UMS» MChJ tarmog‘ida foydalanish mumkin.