Hukumat aloqasi

Chop etish versiyasi

Hukumat mobil aloqa tizimi 2018-yilning 18-aprelida qabul qilingan PQ-3673-sonli “Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, 2018-yilning 21-noyabrida qabul qilingan PQ-4022-sonli “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori va 2018-yilning 13-dekabrida qabul qilingan PF-5598-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida joriy qilingan. Hukumat mobil aloqasini joriy qilish bo‘yicha mas’ul organ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.

Maxsus hukumat mobil aloqasi foydalanuvchilarning maxfiyligi, tezkorligi, xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ularga telefon ko‘ng‘iroqlari, yuborilayotgan va olinayotgan ma’lumotlarni himoyalovchi, abonentlarning shaxsiy ma’lumotlarini ochiqlanishidan saqlovchi yagona platformada xizmat ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, telekommunikatsiya xizmatlariga sarflanadigan budjet mablag‘larining tejalishi ta’minlanadi.

Hukumat mobil aloqasini joriy qilish va PF-5598-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni 7 bandini bajarish maqsadida «Universal Mobile Systems» MChJ tomonidan davlat xizmatchilarini hukumat mobil aloqasiga ulash uchun uchta imtiyozli tarif rejalari tayyorlandi. Ularni ishlab chiqishda davlat organlari xizmatchilarining qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va mobil Internetdan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olindi. Davlat xizmatchilari «Xizmat 1», «Xizmat 2», «Xizmat 3» tarif rejalariga ulanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumat mobil aloqasi tizimi, shuningdek, maxsus messenjerdan foydalanishni nazarda tutadi. U tezkor aloqaning idoralararo timizi bo‘lib, messenjerda barcha idoralarning tuzilmaviy joylashuvi shakllangandan so‘ng tashkilot profili yaratilishi natijasida qo‘shimcha xizmat sifatida taqdim etiladi.

PF-5598-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra, hukumat mobil aloqasi tizimi davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun o‘z xizmat vazifalarini bajarishda foydalanilishi majburiy hisoblanadi.

Davlat xizmatchilari uchun tarif rejalariga ulanish tartibi:

Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish uchun davlat muassasasi vakili “UMS” MChJning Xizmat ko‘rsatish markazlaridagi muhim mijozlar bilan ishlash bo‘yicha xodimlariga murojaat qiladi hamda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

123FIShni ko‘rsatgan xolda xodimlar sonini (ishchilarning aniq sonidan kelib chiqqan holda);

123 Davlat muassasasining geografik joylashuvini.

Davlat muassasalari vakillari bilan ishlash bo‘yicha “UMS” MChJning mas’ul xodimlari:

1. Toshkent shahri – Dusmanov Baxrom, tel: +99897 7080513, Gofurjonov Dilshod, tel: +99897 3330730

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Murzanazarov Ajiniyaz, tel: +99897 2207577

3. Andijon viloyati – Bakirov Kudrat, tel: +99897 9977737

4. Buxoro viloyati – Xazratkulov Jaxongir, tel: +99897 3030409

5. Jizzax viloyati – Eyubova Dilnoza, tel: +99897 2952100

6. Navoiy viloyati – Tursunov Nodirjon, tel: +99897 3205557

7. Namangan viloyati – Boboyeva Muslima, tel: +99897 2527772

8. Samarqand viloyati – Sadiyev Fozil, tel: +99897 9127797

9. Sirdaryo viloyati – Alibayeva Lola, tel: +99897 2778878

10. Surxondaryo viloyati – Esenov Ilxom, tel: +99897 5522272

11. Toshkent viloyati – Sharipov Azizxo'ja, tel: +99897 2747177

12. Xorazm viloyati – Masharipov Nazarbek, tel: +99897 4573004

13. Farg‘ona viloyati – Axunov Farxod, tel: +99897 5957277

14. Qashqadaryo viloyati – Shakirov Jamshid, tel: +99897 2005552

Davlat xizmatchilari uchun “Xizmat 1”, “Xizmat 2”, “Xizmat 3” tarif rejalari

Tarif rejasi

Har oyda taqdim etiladi

Yillik abonent to‘lovi, so‘m

Daq.

MB

SMS

Xizmat 1

500

4 000

500

420 000

Xizmat 2

1 500

12 000

1 500

840 000

Tarif rejasi

Har oyda taqdim etiladi

Oylik abonent to‘lovi, so‘m

Daq.

MB

SMS

Xizmat 3

Unlimited

40 000

4 000

200 000