Haftalik internet-to’plamlar

Chop etish versiyasi

Abonentlarga quyidagi to`plamlar taqdim etiladi:

Nomi

Amal qilish muddati

Hajmi (MB)

Narxi 

Ulanish uchun USSD-buyruq

Haftalik Internet-to`plam 100

7 sutka

100

8 000 so'm

*105*100#

Haftalik Internet-to`plam 200

7 sutka

200

12 000 so'm

*105*200#

Haftalik Internet-to`plam 300

7 sutka

300

16 000 so'm    

*105*300#

To`plam holatini tekshirish: *105#

Shartlar:


Haftalik Internet-to`plamlarni faollashtirish uchun “Mobil Internet” xizmati yoqilgan bo`lishi shart.

To`plamga kiritilgan trafik hajmi to`plam faollashtirilgan kundan boshlab (abonent raqami bandlangan/bandlanmagankligidan qat’iy nazar) 7 kalendar kuni davomida amal qiladi.

Internet-to`plamni yoqish uchun abonent hisobida yetarlicha mablag` bo`lishi, ya’ni to`plam faollashtirilgandan keyin abonent hisobida kamida 42,10 so'm bo`lishi shart.

Bir necha to`plamlarni xarid qilish oralig`idagi vaqt kamida 10 daqiqani tashkil etishi kerak.

Xarid qilingan barcha to`plamlarning hajmi qo`shiladi, foydalanish muddati esa ohirgi xarid qilingan to`plam muddatigicha uzaytiriladi va 7 kunni tashkil etadi.

Belgilangan trafik yakunlanganidan so`ng yoki to`plam muddati tugaganidan keyin trafik belgilangan tariflar bo`yicha narxlanadi.

Abonentda bir vaqtning o`zida tarif rejasi bo`yicha belgilangan to`plam va haftalik Internet-to`plam mavjud bo`lsa, birinchi bo`lib haftalik Internet-to`plam trafigi sarflanadi.

Abonentda bittadan ziyod turdagi internet-to’plam mavjud bo’lsa, ular quyidagi navbat bilan sarflanadi:
sutkalik Internet-to‘plam -> Haftalik internet-to’plamlar -> TR doirasidagi to’plam -> «OnNet» mobil interneti -> Oylik internet-to’plamlar

00:00dan 8:00gacha bo’lgan davrda internet-to’plamlar qo’yidagi navbat bilan sarflanadi:
Tungi internet-to’plamlar -> sutkalik Internet-to‘plam -> Haftalik internet-to’plamlar -> TR doirasidagi to’plam -> «OnNet» mobil interneti -> Oylik internet-to’plamlar

Barcha narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko`rsatilgan.

Tarif rejasi o`zgartirilganda to`plamlarni taqdim etilish shartlari o`zgarmaydi.

Abonent O`zbekiston hududida, “UMS” MChJ tarmog`ida bo`lgandagina to`plamlar amal qiladi.