«Start», «Baraka» TR abonentlariga xizmat ko‘rsatishda o‘zgarishlar

Chop etish versiyasi

Hurmatli abonentlar!

Abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularni ko‘proq daqiqa, megabayt va SMS-xabarlarni o‘z ichiga olgan va qulayroq shartlarga tarif rejalariga o‘tkazish maqsadida 27.06.2019 y.dan «Start», «Baraka» tarif rejalari yopilayotganligini ma’lum qilamiz.

1. 27.06.2019 y.gacha ushbu tarif rejalaridan foydalanayotgan abonentlar o‘zlari tanlagan xohlagan tarif rejalariga o‘tib olishlari mumkin.

2. Bunday holatda kattaroq abonent to‘loviga ega tarifga o‘tish – bepul. Kichikroq abonent to‘loviga ega tarif rejasiga o‘tish pullik (tarfi rejasiga qarab 4210.35 so‘m yoki 8420,7 so‘m). Abonent o‘zi tarif rejasini o‘zgartirganda yangi o‘tgan tarif rejasi bo‘yicha daqiqa, megabayt va SMS’lar, shuningdek, abonent to‘lovi ham iyun oyining qolgan kunlariga mutanosib ravishda belgilanadi.

3. Agar ushbu tarif rejalaridan foydalanayotgan abonentlar 27.06.2019 y.gacha o‘zlari boshqa tarif rejalariga o‘tmasa, kompaniya ularni quyidagi tariflarga avtomatik ravishda o‘tkazish huquqiga ega:

Abonentlarning amaldagi tarifi

(27.06.2019 y.gacha)

Abonent to‘lovi

(so‘m oyiga)

Tarif bo‘yicha limitlar (oyiga)

Abonentlarni yangi tariflarga o‘tkazish

(27.06.2019 y.dan boshlab)

Abonent to‘lovi

(so‘m oyiga)

Tarif bo‘yicha limitlar (oyiga)

Start

12 630,00 (421/kuniga)

100 Mb

Terminal

12 000,00

300 Mb

Baraka

25 262,10 (842,07/kuniga)

600 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha va 600 SMS

Standart

25 000,00

700 daqiqa O‘zbekiston bo‘yicha,
1000 Mb va 700 SMS

Bunday holatda yangi tarif rejasi bo‘yicha daqiqa, megabayt va SMS’lar iyun oyining qolgan kunlariga mutanosib ravishda belgilanadi. Yangi tarif bo‘yicha iyunning qolgan kunlariga mutanosib ravishda abonent to‘lovi yechib qolinmaydi!

Abonentlar keyinchalik o‘zlari xohlagan tariflarga o‘tib olishlari mumkin.

batafsil>>>


Ro'yxatga qaytish