Billing tizimini yangilash ishlari

Chop etish versiyasi

Hurmatli abonentlar!

UMS mobil operatori billing tizimini yangilash ishlarini olib bormoqda. Natijada, yangidan-yangi xizmat va imkoniyatlarni sizga taqdim etishimiz mumkin bo‘ladi.

Shu munosabat bilan 5 noyabr soat 00:00 dan 10 noyabr soat 08:00 gacha kompaniyaning billing tizimida profilaktika ishlari olib boriladi.

Bu kunlar davomida ovozli trafik va ma’lumotlar uzatish xizmatlarini narxlashda vaqtinchalik kechikishlar (offline narxlash) kuzatilishi mumkin. Shuningdek, hisobni to‘ldirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tizimlari (USSD-buyruqlar: hisobni tekshirish, xizmatlarni ulash va o‘chirish, tarif rejalarini o‘zgartirish), 0890 raqami orqali qo‘ng‘iroqlarga ishlov berish tizimlari ishida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.


Ro'yxatga qaytish