Hurmatli abonentlar!
Mobil aloqa xizmatlari sifatini oshirish maqsadida bevosita «UMS» MChJ Bosh direktoriga elektron tarzda murojaat qilishingiz mumkin.
Bunda yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega bo‘ladi.
Shu munosabat bilan Elektron murojaatlarni yuborish qoidalari bilan tanishib chiqishingizni iltimos qilamiz:
1. «UMS» MChJga doir murojaatlarni Kompaniya ko‘rib chiqadi va boshqa aloqa operatorlari faoliyatiga aralashmaydi.
2. Agar jismoniy shaxs sifatida murojaat qilayotgan bo‘lsangiz, familiyangiz, ism-sharifingizni, yashash manzilingizni va murojaatingiz mazmunini yozishingiz kerak. Yuridik shaxsning murojaatida uning to‘liq nomi, joylashuvi (pochta manzili) hamda murojaat mazmuni aniq ko‘rsatilishi kerak.
3. Murojaatnomada bog‘lanish mumkin bo‘lgan raqamni ko‘rsatish zarur. «UMS» MChJ abonenti tomonidan yo‘llangan murojaatlarni Kompaniya qabul qiladi va ko‘rib chiqadi. Agar murojaat etuvchi shaxs «UMS» MChJ abonenti bo‘lmasa, murojaatda Kompaniyaga doir aniq taklif, qoidabuzarlik yoki murojaat etuvchini Kompaniya bilan bog‘laydigan masala aniq ko‘rsatilishi kerak.
4. Agar murojaatda biron bir hujjat(lar) haqida gap ketayotgan bo‘lsa, uning (ularning) skan qilingan nusxasini ham qo‘shib yuborish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot va materiallarga ehtiyoj tug‘ilgan taqdirda «UMS» MChJ murojaat yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan ularni qo‘shimcha tarzda taqdim etishini so‘rashi mumkin.
5. Murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida murojaat qilgan shaxs yoki boshqa shaxs ishtiroki talab etilsa, ular «UMS» MChJ mas’ul xodimi tomonidan chaqirtirilishi mumkin. Agar murojaatnomani yuborgan chaqirtirilgan shaxs kelmasa, «UMS» MChJ uning ishtirokisiz murojaatnomani ko‘rib chiqish imkoniyati yo‘qligi haqida unga javob yuboradi.
6. E’tibor bering! Tuhmat, haqorat va yolg‘on ma’lumotlar yuborish taqiqlanadi.
7. Shuni ham eslatib o‘tmoqchi edikki, quyidagi sabablarga ko‘ra murojaat ko‘rib chiqilmasligi mumkin:
- murojaat mazmuni no‘tog‘ri bo‘lsa (haqoratli iboralar yoki so‘kinishlar, tahdid, mantiqqa to‘g’ri kelmaydigan takliflar va h.k. bo‘lsa);
- murojaat matnida tushunarsiz qisqartmalar yoki reklama materiallari bo‘lsa, unda aniq ma’lumot, shikoyat yoki taklif bo‘lmasa;
- murojaat mavzusi «UMS» MChJ faoliyatiga aloqador bo‘lmasa;
- murojaat etuvchining nomiga olinmagan raqam bo‘yicha ma’lumot so‘ralsa.
8. Bitta foydalanuvchi ko‘p marotaba murojaat qilgan va murojaatiga javob olgan bo‘lsa, uning qayta yuborilgan murojaati ko‘rib chiqilmaydi. Yangi holatlar yoki dalillar keltirilgan murojaatlar bundan mustasno.
9. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha shikoyatlarni taqdim etish muddati Kompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan shartnomada o‘z aksini topgan.
10. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati – ular «UMS» MChJga kelib tushgan kunidan boshlab o‘n besh kunni tashkil qiladi. Qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish talab etilgan, qo‘shimcha hujjatlar so‘ralgan hollarda ushbu muddat bir oygacha uzayishi mumkin. Ushbu talablar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqib belgilangan.
11. Murojaatni yuborish orqali anketada ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berilishiga roziligingizni tasdiqlaysiz.