SAFAR OLDIDAN
Xorijga safarlar chog‘ida Mobiuz mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish uchun “Light Rouming”,“Business Rouming” yoki «SMS rouming» xalqaro rouming xizmatlaridan birini faollashtirish zarur.
«Light Rouming»
Ushbu xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJ rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish, hamda raqam balansi yetarli miqdorda ijobiy bo‘lsa, abonent raqamida xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa,rouming-hamkor tomonidan taqdim etiluvchi qo‘ng‘iroqlar,SMS,ma’lumot uzatish xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. «Light Rouming» xizmatida xalqaro yo‘nalishlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar cheklangan va roumingda bo‘lganda faqat O‘zbekistondagi hamda abonent bo‘lib turgan mamlakatdagi raqamlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin. Boshqa mamlakatlarga, shu jumladan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi operatorlarning raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati mavjud emas.
Xizmatdan foydalanish imkoniyati:
Xizmatdan barcha tarif rejalaridagi (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) abonentlar – jismoniy va yuridik shaxslar, rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’iy nazar, agar hisob raqamida yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lsa, foydalanishlari mumkin. «Light Rouming» xizmatining yangi ulanishlar uchun amal qilish muddati, ulangan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.
Xizmatni ulash:
Mazkur xizmatni ulash uchun shaxsiy hisob raqamidagi balans kamida 210 517,50 so‘m (Ikki yuz o‘n ming besh yuz o‘n yetti so‘m 50 tiyin) miqdorida bo‘lishi kerak. Bu mablag‘ roumingda kelgusida qilinadigan xarajatlar uchun oldindan to‘lov hisoblanadi. Ushbu xizmatni jismoniy shaxslar uchun faollashtirishning amalga oshirilishi:
- abonent shaxsni tasdiqlovchi hujjat va shaxsiy hisobdagi yetarli miqdordagi ijobiy balans bilan shaxsan murojaat qilganda, «UMS» MChJ Xizmat ko‘rsatish markazi xodimi tomonidan.
- 31.08.2022y. dan quyidagi shartlar bajarilganda xizmatni *111*012# USSD menyusi orqali faollashtirish imkoniyati taqdim etiladi:
-
raqam ulangan sanadan 180 kundan ortiq vaqt o‘tgan;
-
shaxsiy hisobda yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lishi;
-
abonent raqamida «Xalqaro ulanish» xizmati o‘chirilgan;
- O‘zR hududidan tashqarida bo‘lgan abonent «UMS» MChJ rasmiy saytida mavjud bo‘lgan qayta aloqa shakllari yoki kompaniyaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari/messendjerlari orqali, keyinchalik xizmatni ulash shartlarini bajargan holda, shaxsan murojaat qilganda. Bunday turdagi murojaatlar ish kunlarida (Dushanda-Juma 09:00 dan 18:00 gacha) yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ushbu xizmatni yuridik shaxslarga ulash yozma ariza asosida amalga oshiriladi.
Eslatma:
«Xalqaro ulanish» va «Light Rouming» xizmatlari bir-birini istisno etuvchi xizmatlardir. Ya’ni agar ularning biri ulangan bo‘lsa, ikkinchisini ulab bo‘lmaydi. Demak, «Light Rouming» xizmatini faollashtirish uchun dastlab «Xalqaro ulanish» xizmati ulanmaganligiga ishonch hosil qilish zarur.
Agar abonentga Light rouming xizmati 30 kundan ortiq muddatga kerak bo‘lsa,11.11.2022 dan boshlab muddatni *111*012# USSD menyusi orqali 30/90/180 kunga uzaytirish mumkin. «Light Rouming» xizmatini umumiy muddati barcha uzaytirishlardan so’ng, xizmat yoqilgan kundan boshlab 360 kundan ko’p bo’lmagan muddatni tashkil etishi mumkin.
«Business Rouming»
Mazkur xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJ rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish hamda nomer balansi yetarli miqdorda ijobiy bo‘lsa, ushbu raqamda xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa, rouming-hamkor tomonidan taqdim etiluvchi qo‘ng‘iroqlar, SMS, ma’lumot uzatish xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatda chiquvchi qo‘ng‘iroqlar cheklanmagan va roumingda bo‘lganda, agar balans ijobiy bo‘lsa va raqamda cheklovlar bo‘lmasa, xalqaro yo‘nalishlarda chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, shu jumladan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi operatorlarning raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?
Xizmatdan barcha tarif rejalaridagi (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) abonentlar – jismoniy va yuridik shaxslar, rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’iy nazar, agar shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lsa, foydalanishlari mumkin.
Xizmatni ulash:
Mazkur xizmatni ulash uchun shaxsiy hisob raqamidagi balans kamida 1 263 105 so‘m (Bir million ikki yuz oltmish uch ming bir yuz besh so‘m) miqdorida bo‘lishi kerak. Bu mablag‘ roumingda kelgusida qilinadigan xarajatlar uchun oldindan to‘lov hisoblanadi. Ushbu xizmat “UMS” MChJ Xizmat ko‘rsatish markazi xodimi tomonidan faollashtiriladi. Buning uchun shaxsiy hisobida yetarli mablag‘i bor bo‘lgan abonent o‘zini shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi shart. Yuridik shaxslar uchun bu xizmat ularning yozma arizasi asosida ulanadi.
Eslatma:
«Business Rouming» xizmatini ulayotganda «Xalqaro ulanish» xizmati ulanganiga ishonch hosil qilish kerak. Chunki «Xalqaro ulanish» xizmatisiz roumingda xalqaro yo‘nalishlarga qo‘ng‘iroq qilish, shu jumladan rouming-hamkor tarmog‘ida bo‘lganda O‘zbekiston raqamlariga ham chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas.
«SMS rouming»
Ushbu xalqaro rouming xizmati abonentga “UMS” MChJ rouming-hamkorlari tarmoqlarida ro‘yxatdan o‘tish, hamda raqam balansi yetarli miqdorda ijobiy bo‘lsa, abonent raqamida xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa rouming-hamkor tomonidan taqdim etiluvchi SMS uzatish xalqaro rouming xizmatidan foydalanish imkonini beradi. «SMS Rouming» xizmati ulanganda roumingda va O‘zR hududida quyidagi xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud emas:
- mobil internet;
- kiruvchi ovozli chaqiriq;
- chiquvchi ovozli chaqiriq, shu jumladan joylashuv bo‘yicha favqulloda xizmatlar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar.
Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?
Xizmatdan barcha tarif rejalaridagi (agar tarif rejasi shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) abonentlar – jismoniy va yuridik shaxslar, rouming turi Oflayn yoki Onlayn (CAMEL) ekanligidan qat’iy nazar, agar shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdordagi ijobiy balans bo‘lsa va bloklashlar/ta’qiqlar bo‘lmasa, foydalanishlari mumkin.
Xizmatni ulash:
Mazkur xizmatni jismoniy shaxslar uchun ulash quyidagi shartlarda amalga oshiriladi:
-
abonent «SMS Rouming» xizmati faol bo‘lgan holatda, aloqa xizmatlariga bo‘lgan cheklanishlar haqida ogohlantirilgan
-
shaxsiy hisobdagi ijobiy balans
-
abonent balansida taqiqlar/bloklashlarning yo‘qligi;
-
abonent raqamida «Mobil internet» o‘chirilgan;
- O‘zR hududidan tashqarida bo‘lgan abonent «UMS» MChJ rasmiy saytida mavjud bo‘lgan qayta aloqa shakllari yoki kompaniyaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari/messendjerlari orqali, keyinchalik xizmatni ulash shartlarini bajargan holda, shaxsan murojaat qilganda. Bunday turdagi murojaatlar ish vaqtida, yakka tartibda ko‘rib chiqiladi;
«SMS Rouming» xizmati abonent tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan muddatga ulanadi.
«UMS» MChJ tarmog’ining qoplash hududida ovozli aloqa/mobil internet xizmatlaridan foydalanish zarur bo‘lganda , abonent «SMS rouming» xizmatini USSD buyruq yordamida mustaqil ravishda o‘chirishi yoki xizmatni o‘chirishning, quyida keltirib o‘tilgan, boshqa mavjud uslublarida foydalanishi kerak.
Ushbu xizmatni yuridik shaxslarga ulash yozma ariza asosida amalga oshiriladi.
Xizmatni o‘chirish:
Ushbu xizmatni o‘chirish uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalanish mumkin:
- USSD menyusi orqali: *111*012# ;
- 616012 raqamiga 0 SMS xabarini yuborish
- Internet-yordamichi orqali;
- Qo‘ng‘iroqlar-markaziga qo’ng’roq qilib
- abonent shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan «UMS» MChJ Xizmat ko’rsatish markaziga shaxsan murojaat qilganda.
Xizmatning holatini tekshirish:
Ushbu xizmat holatini tekshirish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
- USSD menyusi orqali: *111*012#;
- 616012 raqamiga 3 SMS xabarini yuborib
- Internet-yordamichi orqali;
- Qo‘ng‘iroqlar-markaziga qo’ng’roq qilib
Eslatma:
«Mobil internet» va «SMS Rouming» xizmatlari bir-birini istisno etuvchi xizmatlardir, Ya’ni agar bu xizmatlardan biri ulangan bo‘lsa, «SMS Rouming» xizmatini ulab bo‘lmaydi. Demak, «SMS Rouming» xizmatini faollashtirish uchun dastlab «Mobil internet» xizmati o‘chirilganligiga ishonch hosil qilish zarur.
Xizmatlarni holatini tekshirish va o‘chirish
“Business Rouming” xizmatida avtomatik ravishda o‘chish sharti mavjud emas. O‘zbekistonga qaytganda, qo‘shni mamlakatlardagi rouming-hamkorlar tarmoqlariga avtomatik ravishda ulanish ehtimoli yuqori bo‘lgan, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh bo‘lgan hududlarida bo‘lgan paytda, kutilmagan xarajatlar yuzaga kelishining oldini olish uchun rouming xizmatlarini o‘chirish tavsiya etiladi. “Light Rouming”, “Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatlarining holatini tekshirish yoki o‘chirish uchun “UMS” MChJ Xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilish yoki quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
USSD menyusi orqali: *111*012#;
SMS-buyruq:
Xizmatni o‘chirish uchun 616012 raqamiga 0 raqami yuboriladi.
Holatini tekshirish uchun 616012 raqamiga 3 raqami yuboriladi.
Narxi
“Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatini faollashtirish qiymati – 0,00 so‘m.
“Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmati uchun abonent to‘lovi – 0,00 so‘m.
Ovozli aloqa, SMS va mobil internet xizmatlarining roumingdagi tariflari bilan «Xalqaro rouming xizmati narxlari» sahifasida tanishib chiqish mumkin.
Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
Eslatma:
-
Bitta hisobvaraqda bir vaqtning o‘zida “Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatlarini ulash imkoniyati mavjud emas. “Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatini ulash uchun ulardan birini faollashtirishdan avval, ulangan holda turgan boshqa xizmatni o‘chirish kerak.
-
“Light Rouming”,“Business Rouming” yoki “SMS rouming” xizmatlarini o‘chirish uchun bir xil USSD-buyruq yoki SMS-buyruq yuboriladi.
ROUMINGDA MOBIL INTERNET (GPRS/3G/LTE) XIZMATLARI
Roumingda mobil internet xizmatlaridan foydalanish uchun raqamingizda «Mobil internet» xizmati ulanganligi va qurilmangizda APN sozlamalari to‘g‘ri kiritilganiga ishonch hosil qilish kerak. APN avtomatik ravishda sozlash bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi havola bo‘yicha olish mumkin. Agar Sizning qurilma avtomatik sozlamalarni qo‘llab-quvvatlamasa, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Aloqa markaziga murojaat qilish kerak.Rouming-hamkorlarning tarmoqlarida 4G/LTE xizmatidan foydalanish uchun 4G LTE tarmog‘iga kirish xizmatini ulash kerak.
Roumingda bo‘lganda
Tarmoqda qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkin?
Odatda, rouming-hamkorning tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish telefon tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Agar tarmoqda ro‘yxatdan avtomatik tarzda o‘tilmagan bo‘lsa, u holda telefondan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq, tarmoq qo‘lda topilishini o‘rnatish (“Tarmoqlar” yoki “Uyali tarmoqni tanlash” opsiyasi topiladi va tanlanadi hamda yangi tarmoq qidiriladi) va bu yerdagi ro‘yxatga muvofiq rouming hamkorning tarmog‘ini tanlash kerak bo‘ladi.
Raqam qanday qilib to‘g‘ri teriladi?
Rouming-hamkorlar tarmoqlarida chiquvchi qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun abonent raqamini quyidagi xalqaro formatda terishi kerak:
+[mamlakat kodi][shahar yoki tarmoq kodi][abonent raqami]
yoki
00 [mamlakat kodi][shahar yoki tarmoq kodi][abonent raqami]
Masalan, Mobiuz abonentining mobil raqamiga qo‘ng‘iroq qilish uchun
+998 97 xxx xxxx yoki 00998 97 xxx xxxx teriladi.
Roumingda hisobvaraq balansini qanday tekshirish mumkin?
USSD-so‘rov: telefonda *100# tering va chaqiruv tugmasini bosing (so‘rov bepul);
SMS: 6111 qisqa raqamiga til kodi yozilgan SMS-xabar yuborish
1 – O‘zbek tilining kodi;
2 – Rus tilining kodi;
3 – Ingliz tilining kodi.
Diqqat! Chiquvchi SMS qiymati rouming tariflari bo‘yicha to‘lanadi.
- Internet-yordamchi
VAQTINCHA BANDLASH SHARTLARI
GSM assotsiatsiyasining rouming hamkorlari tarmog‘ida firibgarlikni oldini olish tartibi va tartiboti to‘g‘risidagi tavsiyalariga binoan, Kompaniya rouming hamkorlaridan olingan roumer abonentining roumingda o‘z hisob raqamidagi balansdan ortiq mablag‘ sarflagani to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarga asoslangan holda roumer-abonenti raqamini vaqtincha bandlash huquqiga egaligini o‘zida saqlab qoladi. Vaqtincha bandlash rouming hamkorlaridan roumingda ko‘rsatilgan xizmatlarni tarifikatsiyasida qo‘llaniluvchi asosiy () fayllar olingunga qadar (30 kungacha) amalda bo‘ladi.
ROUMINGDA QO‘LLAB-QUVVATLASH
Hurmatli abonentlar!
Agar Sizda roumingda bo‘lgan paytda rouming xizmatlari bilan bog‘liq qandaydir texnik qiyinchiliklar yoki muammolar vujudga kelgan bo‘lsa, Siz mana bu havola bo‘yicha qayta aloqa shakli bo‘yicha yoki Rouming veb-sahifasi sarlavhasining ro‘parasida, yuqori o‘ng tarafdagi «Biz bilan bog‘lanish» tugmasini bosib, mutaxassislarimiz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin. Murojaat qilganda, Telegram, WhatsApp v.h.k (iltimos aniqlashtiring) mavjud bo‘lgan raqamni va/yoki mutaxassislarimiz Mobiuz raqamingiz bilan roumingda vujudga kelgan muammolar/qiyinchiliklarni hal qilish uchun aloqaga chiqishlari mumkin bo‘lgan elektron pochta manzilini ko‘rsatishingizni so‘raymiz. So‘rovlaringiz ish kunlarida (Dushanba-Juma 09:00 dan 18:00 gacha) ko‘rib chiqiladi.