20 000 so‘m

Abonent to‘lovi oyiga

1000 daqiqa

chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun (UMS va O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari tarmoqlariga hamda shahar raqamlariga)

1000

SMS
O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

126,31 so‘m

UMS abonentlariga (1000 daqiqalik limit yakunlangandan keyin)

126,31 so‘m

O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (1000 daqiqalik limit yakunlangandan keyin)

126,31 so‘m

O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (1000 daqiqalik limit yakunlangandan keyin)
O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

0 so‘m

Kiruvchi SMS-xabar

84,21 so‘m

Chiquvchi SMS-xabarlar – UMS abonentlariga (1000 ta SMS yakunlangandan keyin)

84,21 so‘m

Chiquvchi SMS-xabarlar – UMS abonentlariga (1000 ta SMS yakunlangandan keyin)

84,21 so‘m

Chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar*
Internetning 1 MB trafigi

336,83 сум

1 MB Internet-trafik uchun
TR ga o'tish «Shodlik»:

  • USSD-buyruq - *111*125#

  • SMS-yordamchi – 616125 raqamiga 1

Foydali buyruqlar:

  • *100# - balans va tarif rejasini, daqiqa, SMS va MB qoldig‘ini bilish

  • *104# - xarid qilingan SMS-to’plamlari qoldig’ini bilish

  • *102# - xarid qilingan internet-to’plamlar qoldig’ini bilish

Shartlar:

  • Ulanish narxi – 0 so‘m.
  • Tarif rejasidan faqat Toshkent shahrining yangi va amaldagi abonentlari foydalanishi mumkin.
  • Narxlash daqiqalar bo’yicha amalga oshiriladi.
  • Barcha chiquvchi qo’ng’iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo’ng’iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.
  • Internet-trafikni narxlash kvanti 1 KB.
  • TR abonent to’loviga kiritilgan daqiqa va SMS to’plamlari 1 kalendar oy muddatga taqdim etiladi. Yangi to’plam har oyning 1-sanasida amalga oshiriladi.
  • Foydalanilmagan daqiqa va SMS keyingi davrga o’tkazilmaydi.
  • «Shodlik» tarif rejasidan boshqa tarifga o’tilganda tarif rejasiga kiritilgan daqiqa va SMS bekor qilinadi.
  • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda «Aloqadaman» xizmati faollashadi, natijada abonent kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
  • Raqam 60 kalendar kuni davomida bandlangan holatda bo'lsa yoki balansi manfiy bo’lsa, kompaniya va abonent o’rtasidagi shartnoma bekor qilinishi, xizmat ko’rsatish to’xtatilishi mumkin, bunday holatda yechib olingan abonent to’lovi qaytarib berilmaydi.
  • «Shodlik» tarif rejasida “Super 0” xizmati ishlamaydi.
  • «Shodlik» tarif rejasiga quyidagi tariflardan o‘tish mumkin: Start, Mini, Terminal, UMS bilan birga, Gap bor, Veteran, Plus, 777, Maxi New, Ultra, Asosiy, Standart, Optimal, Optimal+, Qulay, Qulay+, Connect, Yorqin, Premial, Ideal, Perfect, VIP, Maxi Year, 777 Year, Ultra Year, Absolut, Absolut Year, Exclusive, Qulay Yillik, Qulay Yillik+, Yorqin Yillik, Premial Yillik, Ideal Yillik, VIP Yillik. O‘tish narxi 4210,35 so‘m.

«Shodlik» tarif rejasiga quyidagi tariflardan o‘tib bo‘lmaydi: Ajoyib, Chilla, Chilla Lite.

Tarif rejasini 1 kunda faqat 1 marta o'zgartirish mumkin.

«Shodlik» TR ning amaldagi abonentlaridan abonent to’lovini yechib olish:

  • Abonent to’lovini yechib olish har oyning 1-sanasida soat 00:00 dan keyin amalga oshiriladi.
  • «Shodlik» tarif rejasiga ulangan yoki o’tgan abonentlardan abonent to’lovini (20 000 so'm) yechib olish uchun mazkur oyning oxirgi kuni soat 23:59 dan kech bo’lmagan davrda abonentning balansi kamida 20 000 so'mni tashkil etishi kerak.

Abonent to’lovini yechib olish paytida abonent hisobida 20 000 so'mdan kam mablag’ bo’lsa, raqam qisman bandlanadi va abonent “Aloqadaman” xizmati shartlariga ko’ra kiruvchi qo’ng’iroq va SMS larni qabul qila oladi.

Bunday holatda abonent hisobini kamida 20 000 so'mga yetadigan summaga to’ldirgandan keyin abonent to’lovi bir sutka muddat ichida yechib olinadi.

Abonent hisobini 20 000 so‘m summasiga yetkuncha to’ldirgandan keyin tarifga kiritilgan daqiqa va SMS dan foydalanishi mumkin.

Masalan, 1-iyun holatiga ko’ra abonent balansida 10000 so‘m mavjud – bunday holda abonent to’lovi yechilmaydi va raqam qisman bandlanadi, 1000 daqiqa va 1000 SMS dan foydalanib bo’lmaydi. Abonent yetmayotgan summani (kamida 10 000 so‘mni) 5-iyun kuni to’laydi. Hisob kamida 20 000 so'mni tashlik qilgan zahotiyoq tarifga kiritilgan 1000 daqiqa, 1000 SMS dan foydalanish mumkin. Abonent to’lovi bir sutka davomida to’la hajmda (20 000 so'm) yechib qolinadi.

  • Abonent 1-sanada qisman bandlangan (kiruvchi qo‘ng‘iroq va SMS larni qabul qila oladigan) holatda bo’lsa va 2-sanada yoki keyinroq balansini to’ldirsa, abonent to’lovi to'laligicha (20 000 so'm) yechib qolinadi.
  • Agar abonent qisman bandlangandan (kiruvchi qo‘ng‘iroq va SMS larni qabul qila oladigan) keyin bir oy muddat otib, balansini 20 000 so'mga yetkuncha to’ldirsa, abonent to’lovini yechib olish va to’plamlarni (1000 daqiqa va 1000 SMS) belgilash faqat mazkur oy uchun, lekin to’laligicha bir oylik hajmda amalga oshiriladi.

«Shodlik» TR yangi abonentlaridan abonent to‘lovini to’lovini yechib olish:

  • Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda yoki o’tilganda abonent to’lovini yechib olish kalendar oyining qolgan kunlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
  • Abonent to’lovini yechib olish tarifga ulanilgan/o’tilgandan keyin bir sutka davomida amalga oshiriladi.
  • Ushbu tarif rejasi doirasidagi daqiqa va SMS oyning qolgan kuniga mutanosib ravishda beriladi.
  • Ushbu tarifdan boshqa tarif rejasiga o’tilganda yechib olingan abonent to’lovi qayta hisoblab va/yoki qaytarib berilmaydi.