Mobil Portal *111#

Chop etish versiyasi

Mobil portal — bu, har qanday vaqtda mustaqil tarzda:

* O‘z balansingizni bilish

* Tarif-rejangizni o‘zgartirish, boshqa xizmatlarni ulash/bekor qilish imkoniyatidir.

Qanday foydalaniladi?

Mobil Portaldan foydalanish uchun shunchaki telefoningizda *111# tering. Sizga mеnyu ochilib, undan o‘zingiz uchun qiziqarli bo‘limni tanlab olishingiz mumkin. Keyin esa tizimda ko‘rsatilgan amallarni bajarishingiz lozim. Tizimdagi javoblar to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningiz ekranida aks etadi. SMS-xabarlardan farqli ravishda mazkur xabarlar telefon xotirasida saqlanib qolmaydi va ishini sekinlashtirmaydi.

Mobil Portal 3 bo‘limdan iborat

  • Balans;
  • Tariflar va xizmatlar;
  • Tilni tanlash.

Narxi qancha?

*111# raqamiga qo‘ng‘iroq qilish bepul. Mobil Portal mеnyusi bo‘yicha xizmatlarni ko’rib chiqish bepul. Tarif-rejasini almashtirish, Mobil Portal yordamida xizmatlarga ulanish /o‘chirish xizmat tariflarida o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Telefoningiz orqali Mobil Portalda amalgam oshirilgan har qanday amallar maxsus uskunalarda hujjatlashtiriladi va Sizning harakatlaringiz hisoblanadi.